К содержанию
РецензированоRU2026

“ЁШ ВЕРТЕРНИНГ ИЗТИРОБЛАРИ”СЕНТИМЕНТАЛ РОМАНИ КОМПОЗИЦИЯСИДА МАКТУБНИНГ ЎРНИ

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Munira Niyazova (in-academy.uz/index.php/si) · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat (in-academy.uz/index.php/si)

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

A typological study of the work of any writer requires the researcher to know in what literary environment he belongs to, territorial and national affiliation. At the moment, the study of the issue of the mutual typological influence of Eastern and Western literature also leads to the need for a historical approach to the object of study. Already, literature is the art of words. In addition to being a word art, it also acts as a cultural-historical bridge between the peoples of the world. In this article, reflecting on the traditions of the eastern and Western sentimental prose, it aims to identify typological similarities between them. Keyword: tradition, artistic thinking, typological similarity, type of romantic thinking, ideal, fantasy, emotion, non-realistic, sentimental hero. 104 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Akademik Izzat Sultonning “Adabiyot nazariyasi” kitobida badiiy tafakkurning tarixan ikki tipi ajratilishi haqida so‘z boradi: “Demak, qadim zamonlardan boshlab insoniyatning badiiy tafakkurida ikki xil yo‘l mavjuddir: ba’zi yozuvchilarning ijodida hayotni muallifning o‘z orzusiga yaqinlashtirib (Belinskiy ta’biri bilan aytganda, “ideallashtirib”) tasvirlash hukmron bo‘lsa, ba’zi yozuvchilar hayotni “aslida qanday bo‘lsa, shunday” tasvirlashga harakat etadilar. Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur – “romantik tafakkur tipi”, ikkinchi xil tafakkur – “realistik tafakkur tipi” deb ataladi”, deb yozadi bu haqda olim [Султон И.,1980;356]. Professor D.Quronov ham bu borada I.Sulton fikrlariga yaqin fikrga keladi. N.G.Pospelovning hayotni badiiy aks ettirishning realistik va norealistik prinsiplari mavjudligi haqidagi fikrlarini keltirib, uni to‘la ma’qullaydi. Ammo uningcha, realistik prinsipga baqamti turadigan norealistik prinsipni N.Pospelov tavsiya etganidek “normativ prinsip” tarzida atash to‘g‘ri emas: “Nima bo‘lganda ham, - deb yozadi bu haqda olim, - bizga tushunchaning mohiyatiga muvofiq ravishda badiiy aks ettirishning norealistik prinsipi deb atalgani ma’qul ko‘rinadi. Sababi, avvalo, aks ettirilayotgan voqelikning ideal asosida qayta ishlanishi, ya’ni “normativlik” momenti har qanday asarda bor; ikkinchidan, “realistik”ning ziddini anglatuvchi “norealistik” atamasi tushuncha mohiyatiga aniqroq ishora qiladi”[Қуронов Д.,2021;183] (ta’kid muallifga qarashli, N.M.). D.Quronovning G.N.Pospelov qarashlari asosida ilgari surgan ushbu xulosasi I.Sulton xulosalari bilan deyarli bir xil ma’noni anglatadi. Ularning har ikkalasi badiiy tafakkur tarixida mavjud poetik talqinlarning barchasi ikki prinsipga jamlanishini, ularning biri borligicha (realistik), ikkinchisi ideal, xayolot va hissiyotlar asosida (norealistik yoki romantik) ekanligini ta’kidlaydilar. D.Quronov qator rus va o‘zbek olimlarining ijodiy metod va adabiy yo‘nalishlarga doir fikr-qarashlarini umumlashtirib shunday xulosani ilgari suradi: “Xullas, adabiy jarayonda yuqorida ko‘rib o‘tilgan hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari, ijodiy metod va uslub tushunchalari umumiylik-xususiylik munosabati asosida hamisha o‘zaro mustahkam aloqada yashaydi. Bu silsilada eng umumiy tushuncha – badiiy aks ettirish prinsipi qalam ahlini hayot materiali (olam)ni asliga monand aks ettirish yo o‘zida u haqda anglay olganlarini ifodalaydigan badiiy model yaratishga yo‘naltiradi. Ushbu amalni ijodiy metod konkretlashtiradi – hayot materialidan nimani tasvirlash, uning qaysi jihatlarini urg‘ulagan holda umumlashtirish hamda qanday baholashni belgilaydi. Nihoyat, uslub mazkur ikkisini qamrab olgan holda ularning har bir badiiy asar, har bir ijodkor, har bir davr yo har bir yo‘nalish doirasida o‘ziga xos tarzda tatbiq etilishi va betakror badiiy shaklda voqelanishini ta’minlaydi” [Қуронов Д.,2021;183] (ta’kidlar muallifga qarashli, N.M.). Bundan kelib chiqadiki, ijodiy metod, adabiy yo‘nalish va oqimlarning tarixiy taraqqiyot yo‘li xarakterlar (ya’ni inson), voqelik (ya’ni syujet), aks ettirish usuli (badiiy aks ettirish)ning qaysi prinsip asosida shakllangani va amal qilayotganiga qarab belgilanadi. Bunday prinsiplar juda ko‘p va o‘zaro juz’iy farqlanishlarga ega bo‘lishiga qaramasdan jamlama holatida ikki xil “badiiy tafakkur tipi” (I.Sulton) yoki “badiiy aks ettirishning ikki xil prinsipi” (D.Quronov)ni namoyon etadi. Ularni “realistik va norealistik”, “realistik va romantik”, “ratsional va irratsional” tarzida nomlash mumkin. Sentimentalizm norealistik, irratsional yoki romantik tafakkur tipi bo‘lib hisoblanib, tarixiy jarayonda uning ham Sharq, ham G‘arb badiiy tafakkuri muhitida izchil kuzatishimiz mumkin. 105 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si G‘arb adabiyoti singari Sharq adabiyotida sentimentallik tarixiy asosga ega. Qator folklor asarlaridagi qahramonning sentimental holatini ifodalovchi epizodlar, obraz tiplari, detal va psixologik talqinlar mavjud. Bunday xususiyatni biz Sharq adabiyotining ilk yozma namanalarida ham uchratishimiz

Доказательный фрагмент

«A typological study of the work of any writer requires the researcher to know in what literary environment he belongs to, territorial and national affiliation.»

Образец извлечения

Демо-превью

A typological study of the work of any writer requires the researcher to know in what literary environment he belongs to, territorial and national affiliation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
кундаликлар, роман-мактуб, элегия, мактублар композицияси, масофадан мулоқот қилиш
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники