К содержанию
РецензированоUZ2020

JAHON IQTISODIYOTI: ASOSIY TUSHUNCHALAR, SUBYEKTLAR VA MUNOSABATLAR

SUBYEKTLAR VA MUNOSABATLAR · Eshqulov Bahodir Karimberdi o‘g‘li

Академические исследования в современной науке · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada XXI asr boshlaridagi jahon iqtisodiyotining mohiyati, umumiy xususiyatlari, asosiy subyektlari va munosabatlari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy jahon xo‘jaligi tushunchasi va uning asosiy subyektlari tahlil qilinib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning turli shakllari mohiyati, ularning globallashuv sharoitida kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi va yaxlitligi ochib berilgan. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlil qilinib, ularning 2020-yilgacha bo‘lgan prognoz baholari ko‘rib chiqilgan. Xulosa sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik quyi tizimlarga ega zamonaviy jahon xo‘jaligi modeli taqdim etilgan. Kalit so‘zlar: jahon iqtisodiyoti, jahon xo‘jaligi, milliy iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, XVJ, BMT, Jahon banki, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, milliy hisoblar tizimi, YAIM. Jahon iqtisodiyoti — ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tarixan tarkib topgan, xalqaro mehnat taqsimoti tizimi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘langan alohida xo‘jalik tarmoqlarining yig‘indisi hisoblanib, o‘z taraqqiyotida bir necha davrni bosib o‘tgan. Ishlab chiqarishning sanoatgacha bo‘lgan bosqichi — XVII asrning oxiri. Jahon iqtisodiyoti xalqaro savdoning paydo bo‘lishi bilan ishlab chiqarishning sanoatgacha bo‘lgan bosqichida paydo bo‘lgan va XVII asrning oxirigacha shakllangan. XIX asr oxiri – XX asr boshlari. Aynan shu davrda yirik mashinasozlik sanoati asosida jahon iqtisodiyoti tizimining shakllanishi yakunlangan. XX asrning 20-yillari oxiri – 80-yillarning o‘rtalari. Birinchi jahon urushidan keyin jahon iqtisodiyoti tizimida sifat o‘zgarishlari jarayoni boshlanib, mustamlakachilik tizimining qulashi bilan yakunlangan. Jahon iqtisodiyoti ikki asosiy tizimga — sotsialistik va kapitalistik tizimga bo‘linib, tashqi iqtisodiy qaramlikdan ozod bo‘lgan ko‘plab mustamlaka mamlakatlari bilan to‘la boshlagan. Bu davrda bozor iqtisodiyoti ijtimoiy xo‘jalik yuritish yo‘nalishida sezilarli darajada o‘zgargan. Makrodarajada davlat tomonidan tartibga solish bilan bozor vositalari bir-biri bilan chambarchas bog‘lana boshlagan. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati ishlab chiqarishdagi integratsiya jarayonlarining kuchayishi, ularning turli mamlakatlarda tovarlar va 39 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference butlovchi buyumlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy-iqtisodiy shakllarining rivojlanishidir . Jahon iqtisodiyotini keng va tor ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Keng ta’rifga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti — bu dunyodagi barcha milliy iqtisodiyotlarni o‘z ichiga olgan tizim, tor ma’noda esa bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslarni yetkazib beruvchi qismlari kiradigan tizimdir. “Jahon iqtisodiyoti” tushunchasidan “xalqaro iqtisodiyot” tushunchasini farqlash lozim, chunki “xalqaro iqtisodiyot” tushunchasida jahon iqtisodiyotining o‘zi emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nazarda tutiladi. “Jahon iqtisodiyoti” tushunchasining sinonimlari esa “jahon xo‘jaligi”, hamda “butunjahon xo‘jaligi” hisoblanadi . Jahon iqtisodiyotini uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), transmilliy banklar (TMB), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan, mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim . Oxirgi o‘n yilliklarda TMKlar darajasi ko‘tarildi va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar global iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga aylanishdi va ular hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to‘g‘ri kelmoqda. TMKlarning aksariyat qismi o‘z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashiga qaramasdan, globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblashadi. Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun manfaatli hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo‘jalik subyektlari sanaladi. Shu bilan birga, TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot manfaatlari bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan, globallashuv jarayonining chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va jahon xo‘jaligining boshqa subyektlariga ta’siri ortib bormoqda. Transmilliy banklar (TMB) hozirgi davrga kelib katta moliyaviy salohiyatga va bank xizmat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XXI asr boshlaridagi jahon iqtisodiyotining mohiyati, umumiy xususiyatlari, asosiy subyektlari va munosabatlari ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XXI asr boshlaridagi jahon iqtisodiyotining mohiyati, umumiy xususiyatlari, asosiy subyektlari va munosabatlari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
XVJ, Jahon banki, jahon iqtisodiyoti, transmilliy korporatsiyalar, milliy iqtisodiyot, BMT, milliy hisoblar tizimi, jahon xo‘jaligi, YAIM., xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники