Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI TOPONIMLARIDA ZIYORATGOH NOMLARNING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI (TERMIZ VA VINCHESTER SHAHARLARINING OBYEKTLARI NOMLARI MISOLIDA)
NOMLARNING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI · NOMLARI MISOLIDA) · Shoyimova Komila O’rol qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, the development trend of toponymy, toponym and place definition, classification, structure, naming laws and historical characteristics of existing place names in the city of Termiz and the Winchester area, object names, neighborhood and street names of the historical toponyms of the city of Termiz and the city of Winchester, toponyms related to institutions and other places, historical characteristics of the formation of place names in the city of Termiz and Winchester, names of streets, toponyms related to various institutions and the differences of many objects of the cities are highlighted emphasis is given. Key words: Termiz, Winchester toponym, history, development, place, city, territory, street, toponym, name, gate, geographical object. Аннотация: В данной статье рассмотрены тенденции развития топонимии, топонимов и топоопределений, классификация, структура, закономерности наименования и историческая характеристика существующих топонимов в городе Термез и районе Винчестера, названий объектов, названий кварталов и улиц исторического топонимы города Термез и города Винчестер, топонимы, относящиеся к учреждениям и другим местам, исторические особенности формирования топонимов в городах Термез и Винчестер, названия улиц, топонимы, относящиеся к 99 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference различным учреждениям и различия многих выделены объекты городов, сделан акцент. Ключевые слова: Термез, топоним Винчестер, история, развитие, место, город, территория, улица, топоним, название, ворота, географический объект. Jahon tilshunosligida onomastika, xususan, toponimikaning tadqiqot obyekti sifatida toponimlar ham muhim tarixiy, milliy-madaniy, ijtimoiy axborot tashuvchi lingvistik birliklar sifatida o‘rganilmoqda. Toponimlarning o‘rganilishi til tizimi taraqqiyoti va takomilini, ularga aloqador hudud dialekti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, tabiati va boshqa imkoniyatlarini tadqiq qilish nuqtayi nazardan ham ilmiy-nazariy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Onomastika masalalari dunyodagi turli soha olimlari tomonidan ilmiy nazariy va amaliy asoslarda tadqiq etish ancha vaqtlardan buyon davom etib kelmoqda. Bugungi kunga kelib toponimik birliklarning barcha tiplarini yaxlit bir tizim sifatida tarixiy-etimologik, leksik-semantik, struktur-tipologik, nominatsion- motivatsion, sotsiolingvistik, antroposentrik jihatdan o‘rganish muhim hisoblanadi. Dunyo tilshunosligida toponimlarning oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim kabi tarkibiy qismlarini lingvistik paradigmalar asosida o‘rganish xalqning ijtimoiy hayotini, milliy, etnik, madaniy tarixini, shu xalq tilining tarixiy taraqqiyotini yoritishda ahamiyatlidir. Toponimlar muayyan tilda xalq tomonidan yaratiladi va o‘sha davrning ijtimoiy hayoti haqida axborot beradi. Toponimlar xalqning o‘tmishi, urf-odatlari, boshidan kechirgan turli xil ijtimoiy-siyosiy, etnomadaniy jarayonlarni o‘zida saqlovchi lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Ana shu ma’noda toponimlar tilning tarixiy, lisoniy boyligi, xalq ma’naviyatining ajralmas merosidir. Zero, “Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlarga qoldirish, davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir”[1;13-b]. Keyingi yillarda respublikamiz toponimlarini lug‘atini yaratish bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi. Shu kunga qadar yaratilgan toponimik lug‘atlarning aksariyati ma’lum hududga tegishli joy nomlarini etimologik izohini ko‘rsatishga qaratilgan. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Toponimlar tarixini yoritish orqali biror hududning o‘tmishdagi tabiiy sharoiti, siyosiy holati, etnik jarayonlari, iqtisodiy mavqei, xalqaro aloqalari, aholining ijtimoiy va madaniy hayoti kabilar haqida ma’lumot olish mumkin. Zero, “toponimlar – bu yerning tili”, ularda ma’lum hududning tarixi aks etadi.[2;24-b] Bu o‘z navbatida tarixni mukammallashtirish imkonini berish 100 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bilan birga, unga aniqliklar kiritadi, har bir viloyat, shahar, qishloqlar tarixining o‘z o‘rni bor va uni manbalarga tayanib o‘rganish zarurati tug‘ildi. Biz onomastika, xususan tarixiy onomastika haqida ularning ilmiy tadqiqot ishlariga tayanib ish tutamiz. Shu bilan birga, ta'kidlash lozimki, har qanday holda ham qanday tasnifning foydali va o’rinli ekanini til materialining o’zi belgilaydi. Shu sababli har qanday atoqli ot guruhlarining barchasi uchun bir xil, doimiy tasniflar bo’lishi qiyin. Tadqiqot metadologiyasi: Ushbu maqolaning tadqiqot usulida qadimiy bino obyektlarini o’rganish, asrash, yoshlarimizni boy merosimiz bilan tanishtirish, tariximiz va jahon tarixini yana ham mustahkam o’rganishlari uchun amaliy va nazariy soha sifatida tadbiq etildi. Tahlil va natijalar Atoqli otlar tasnifida quyidagi usullar tilshunos olimlar jamoasi tomonidan ma’qullangan: 1. Atoqli otlarni nom qanday obyekt (subyekt ham)ni ifodalashiga ko’ra tasniflash. Bugungi kunda onomastik tadqiqotlarda ko’p qo’l
Доказательный фрагмент
«In this article, the development trend of toponymy, toponym and place definition, classification, structure, naming laws and historical characteristics of existing place names in the city of Termiz and the Winchester…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the development trend of toponymy, toponym and place definition, classification, structure, naming laws and historical characteristics of existing place names in the city of Termiz and the Winchester… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Termiz, Winchester toponym, history, development, place, city, shahar, toponim, ko‘cha, rivojlanish, nom, tarix, geografik obyekt., darvoza, joy, Vinchester toponim, hudud
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026