К содержанию
РецензированоRU2026

ZAMONAVIY XALQARO JURNALISTIKA TENDENSIYALARI

Nafisa Tursunova · ТЕНДЕНЦИИ СОВРЕМЕННОЙ МЕЖДУНАРОДНОЙ · Нафиса Турсунова

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются тенденции, проблемы и задачи современной международной журналистики, степень актуальности, значимости на сегодняшний день. Ключевые слова: журналистика, тренд, информатизация, мультимедиа, этика Rivojlanayotgan va rivojlangan har qanday davlat bugun axborotga va uning almashinuviga alohida jarayon sifatida qaramoqda. Chunki, XXI asr o‘z o‘rnida “Axborot asri” hisoblanadi. Ya’ni, axborotlashuv, axborot muxofazasi, uning almashinuviga e’tibor zamon talabidir. Ommaviy axborot vositalari mohiyatan keng ommaning mafkurasi, qiziqishlari, talab va istaklari bilan hisoblashadi, ularga moslashadi, o‘z faoliyatlari yo‘nalishlarini belgilashda ana shu omillardan kelib chiqadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, «Hozir jurnalistlar ro‘y-rost gapiryapti. Hamma kamchiliklarni ochib beryapti, oldingidek taqiqlar yo‘q. Mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan mavzular yo‘q. Albatta jurnalistlarning ham saviyasi baland bo‘lishi kerak. Odamlarimizning ongini o‘zgartirish uchun jurnalistlarning roli cheksiz bo‘ladi. Jurnalistika universitetini ochdik. Oshkoralikni ta’minlash uchun professional jurnalistlarni tayyorlaymiz» deya ta’kidlaganlaridek, bugun jurnalistika va jurnalistlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilgan. Ommaviy axborot vositalari insonning hayoti davomida unga hamroh bo`ladi, kishilar onggiga har tomonlama kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan inson 71 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference shaxsining shakllanishi ko‘p jihatdan OAV qanday g‘oyalarni qay yo‘sinda tarqatishiga bog‘liq bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar faoliyatining jiddiy milliy xususiyatlariga qaramay, jurnalistika rivojlanishining umumiy, global tendensiyalari mavjud. Jurnallar, gazetalar ishlab chiqarishdagi so‘nggi yutuqlar, radio va televideniye faoliyati, texnologik, axborot-kommunikatsiya jarayonlarini kompyuterlashtirish bizga yangi axborot jamiyatiga kirayotganimizni juda yuqori ehtimollik bilan tasdiqlashga imkon beradi. Ushbu hodisa, birinchi navbatda, aloqa texnologiyasi va elektronikadagi so‘nggi yutuqlar bilan bog‘liq. Tomoshabinlar, tinglovchilar va o‘quvchilarga deyarli bir zumda ma’lumot yetkazish millionlab odamlarni guvohlar va voqealar ishtirokchilariga aylantirishga imkon beradi. Bundan tashqari, biz minglab kilometr uzoqlikda sodir bo‘layotgan voqealarning beixtiyor ishtirokchisiga aylanamiz. Hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalarining doimiy rivojlanishi va takomillashtirilishi tufayli jurnalistika sohasida yangi muammolar paydo bo'lmoqda. Xalqaro jurnalistning kasbi eng obro‘li va talab qilinadigan kasblardan biridir. Bugungi kunda bu kasb juda o‘zgarib bormoqda, chunki biz dunyoni qiziqishlarimiz ob’ektivi orqali idrok eta boshlayapmiz. Ishonch bilan aytish mumkinki, agar an’anaviy jurnalistika eng yuqori mahorat bo‘lsa, unda xalqaro jurnalistika san’atdir. Zamonaviy jurnalistika, xususan xalqaro jurnalistika axborot texnologiyalari va globalizatsiya jarayonlari ta’sirida tez o‘zgarib bormoqda. Bugungi kunda, xalqaro jurnalistika nafaqat ma’lumot tarqatish vositasi, balki ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishning muhim omiliga aylangan. Zamonaviy xalqaro jurnalistika global axborot muhitida muhim rol o‘ynamoqda. Internet va raqamli texnologiyalarning taraqqiyoti bilan birga, jurnalistikada yangi tendensiyalar paydo bo‘lmoqda. Raqamli texnologiyalar jurnalistikani tubdan o‘zgartirdi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil qurilmalar orqali axborot tarqatish jarayonlari tezlashdi. Jurnalistlar va axborot agentliklari o‘z materiallarini onlayn formatda tarqatishni afzal ko‘rmoqda. Ushbu tendensiya nafaqat yangiliklarni tez yetkazish imkonini beradi, balki auditoriyaga ham bevosita murojaat qilish imkoniyatini yaratadi. Ijtimoiy tarmoqlar jahon axborot maydonida katta rol o‘ynay boshladi. Twitter, Facebook, Instagram kabi platformalar orqali tezkor axborot tarqatish va foydalanuvchilar bilan bevosita aloqada bo‘lish imkoniyati yaratildi. Biroq, bu 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference jarayonning salbiy tomonlari ham bor: yolg‘on va noaniq axborot tarqalishi, “fake news” muammosi va ijtimoiy tarmoqlarda axborotni manipulyatsiya qilish holatlari ko‘paymoqda. Zamonaviy jurnalistika ko‘plab multimedia elementlarini o‘z ichiga oladi, masalan, video, audio va infografikalar. Interaktiv materiallar foydalanuvchilarga yanada qiziqarli va samarali tajriba taqdim etadi. Bunday yondashuv axborotning qabul qilinishini yaxshilaydi va auditoriya bilan aloqani kuchaytiradi. Hozirda zamonaviy xalqaro jurnalistika global muammolar, masalan, iqlim o‘zgarishi, pandemiyalar, migratsiya va inson huquqlari kabi mavzularga e’tibor qaratmoqda. Jurnalistlar bu muammolarni yoritishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, turli mamlakatlardan mutaxassislar va ekspertlar bilan fikr almashish imkoniyatlaridan foydalanmoqdalar. Zamonaviy jurnalistikada etika va mas’uliyat masalalari muhim ah

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются тенденции, проблемы и задачи современной международной журналистики, степень актуальности, значимости на сегодняшний день.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются тенденции, проблемы и задачи современной международной журналистики, степень актуальности, значимости на сегодняшний день. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
журналистика, тренд, информатизация, axborotlashuv, jurnalistika, tendensiya, multimedia, etika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники