Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SULAYMON BOQIRG’ONIYNING O’RNI
Marjona Bozorova · Norkulova Shaxnoza Tulkinovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article talks about the life and creative path of Sulеyman Bakirgani, a major representative of Sufism literature, the study of Bakirgani's work, his wisdom that teaches lessons about religion and mysticism, love and morality, as well as the "Book of Bakirgani". The role of S. Bakirghani in the history of Uzbek literature and mysticism is discussed. Key words and phrases: Suleуman Bakyrgani, Ahmаd Yasawi, Alisher Navoi, “treatise of Hakim Ota”, sheikh-poet, Kul Suleiman, Hakim Suleiman, Hakim Ota, Sufi poems, The “Book of Bakyrgan”, The Quran and mystical ideas. Turkiy xalqlar orasida Hakim ota nomi bilan shuhrat qozongan Sulaymon Boqirg’oniy Xorazmning Boqirg’on qishlog’ida dunyoga kelgan. Sulaymon Boqirg’oniy tasavvufning yirik namoyondasi bo’lish bilan birga hassos shoir hamdir. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi. Tug’ilgan yili haqida aniq ma’lumotlar yetib kelmagan. Ustozi Ahmad Yassaviydan 20 yil keyin vafot etgan degan ma’lumotlar yetib kelgan. Yassaviy maktabining eng zabardast va mashhur namoyondasi bo’lgan bu buyuk vatandoshimiz tariqatda ham, she’riyatda ham Yassaviy an’anlarinining munosib izdoshi bo’lgan. U Yassaviyning uchinchi xalifasi… Boqirg’oniyning din 1 64 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ va tasavvuf, ishq va axloqdan saboq beruvchi hikmatlari Turkiston xalqlari orasida keng tarqalib, sevib o’qilgan. Hayoti haqidagi ma’lumotlar turli rivoyatlar bilan aralashib ketgan. Sulaymon Boqirg’oniy tarjimai holiga oid ma’lumotlar juda oz bo’lib, Alisher Navoiyning “Nasoyim-ul muhabbat”, Ali Safiyning “Rashahot”, Mufti Zinda Alining “Samorot ul-mashoyih” tazkiralari, shuningdek, noma’lum mualliflar tomonidan yozilgan va XIX asrda til o’zgarishlariga uchrab bizgacha yetib kelgan “Hakim ota risolasi” shayx-shoir to’g’risida bir qator ma’lumotlar beradi1. Keltirilishicha, Sulaymon Boqirg’oniy Ahmad Yassaviyga murid (shogird) bo’lgan, pirining e’tiborini qozongan, she’rlari Yassaviyning mashhur hikmatlariga har jihatdan ham mazmunan, ham badiiy uslubi bilan hamohang. Sulaymon Boqirg’oniy Yassaviydan farqli o’laroq, o’zbek she’riyatini yangi janrlar, xususan, epik she’riyat bilan to’ldirgan va kengaytirgan. Binobarin, u she’riyatda hikoya uslubida qissachilik shaklida ham dadil qalam tebratgan. Undan ancha boy va badiiy jihatdan yetuk adabiy meros qolgan. Falsafiy fikr-mushohadalar, pand- nasihat ham shayx-shoir hikmatlarining qat-qatiga singib ketgan. Ali Safiyning “Rashahot” asarida keltirilishicha, Sulaymon Boqirg’oniy: “Turk mashoyihlarining ulug’laridan tururlar va hikmatlarekim, olar turkiy tili bila darveshlarning muomalalarida aytibdurlar, Turkistonda ma’ruf (ma’lum taniqli) va mashhurdur. Va favoidi anfoslarining (so’zlar) jumlasida bu masalkim, xalq ehtiromida va vaqt ig’tinom (g’animat hisoblash)ida oytubdurlar: Har kim ko’rsang, Xizr bil, Har tun ko’rsang, Qadr bil”2. “Samarot ul-mashoyix”ning guvohlik berishicha: “Xakim ota qaddasalloxu sirraxu botin va zohir ilmlaridan ham xabardor edilar. U kishidan shariatga oid o’ttiz ming, tariqatga oid o’ttiz ming va haqqiqatga oid o’ttiz ming hikmati paydo bo`lgan”. “Hakim ota risolasi”da ham Sulaymon Boqirg’oniy haqida ko’plab keltirilgan rivoyatga ko’ra, ul zot, kichikliklarida o’z tengqurlari bilan maktabga qatnar, bolalar Qur’onni bo’yinlariga osib olsalar, u kishi boshlariga ko’tarib borar, saboq tugagach, ustozlariga yuzlarini qilib, orqalari bilan yurib ketar ekanlar. Bu hodisaga guvoh bo’lgan Xo’ja Ahmad Yassaviyning bolaga mehrlari tovlanib ketadi: -Ey o’g’lim, bor ustozingdan ruhsat so’rab kel, agar ijozat bersa, biz senga Qur’onni o’rgataylik, - deb marhamat qiladilar. Sulaymonning ustozi ham ota-onasi ham bajonidil uni Xo’ja Ahmad Yassaviy qo’liga topshiradilar. Yosh Sulaymon qisqa muddatda Qur’onni yodlab, boshqa ilmlarni ham o’zlashtiradi. O’n besh yoshida ustoziga murid (shogird) tushib tasavvuf yo’liga kiradi. Sulaymon tariqatda ham tezda yuksak maqomlarga erishadi. Bir kuni unga hazrati Xizr yo’liqib, uning xatti- harakatlaridan mamnunligini izhor etadi ma’no sirlarini bayon qilishga kirish fursati yetganidan xabar beradi. Ana shu ruhiy muloqotdan keyin Sulaymon hikmat ayta boshlaydi. Manoqiblarning guvohlik berishicha, u aytgan birinchi hikmat “tariqat sultoni”, “yo’ldan ozganlarni to’g’ri yo’lga solgan”, “och odamlarni safarda to’ydirgan”, “oshiqlar, ojizlar, mushkul ahvolda qolganlarga rahnamolik qilgan” “mangulik suvini izlab topgan va unda ichib, abadiy hayotga erishgan” Xizr alayhissalom haqida edi. 1 Ahmad Yassaviy Sulaymon Boqirg’oniy “HIKMATLAR” (Nashrga tayyorlovchi E. Ochilov) Toshkent – “O’zbekiston” – 2013. 229-b. 2Fariddin Ali Safiy. “Rashohot” (Nashrga tayyorlovchilar M.Hasaniy,B.Umurzoq). --Toshkent, 2003. 17-b. 1 65 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kim erbuki bilgusiz, orig’ qulga ayg’usiz, Xaqbin o’zga bilgusiz,
Доказательный фрагмент
«The article talks about the life and creative path of Sulеyman Bakirgani, a major representative of Sufism literature, the study of Bakirgani's work, his wisdom that teaches lessons about religion and mysticism, love…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article talks about the life and creative path of Sulеyman Bakirgani, a major representative of Sufism literature, the study of Bakirgani's work, his wisdom that teaches lessons about religion and mysticism, love… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Suleуman Bakyrgani, Ahmаd Yasawi, Alisher Navoi, “treatise of, Hakim ota, Alisher Navoiy, so’fiyona she’rlar, “Hakim ota risolasi”, Qur’oniy va tasavvufiy g‘oyalar., “Boqirg’on kitobi”, Sulaymon Boqirg’oniy, Shayx shoir, Ahmad Yassaviy, Hakim Sulaymon, Qul Sulaymon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026