Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
OʻZBEKISTONDAGI QOʻRIQXONALAR VA ULARDA TARQALGAN UMURTQALI HAYVON TURLARI
HAYVON TURLARI · Nizomova Bashoratxon · Xolmatova Sarvinoz
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This thesis provides information about nature reserves in Uzbekistan and the species of animals distributed in them, as well as about endangered animals in Uzbekistan. Key words: Reserve, "Red book", eagle, echkemar, badger, fish. Qoʻriqxona- bu quruqlik yuzasidagi joy yoki suv havzasi. Qo`riqxonalarda barcha tabiat ko`rki o'simliklar, hayvonlar va tuproq toʻliq va umrbod xoʻjalik yurituvidan chiqarib olinadi va davlat muhofazasi ostida bo'ladi. Qo`riqxonalarda yo`qolib borayotgan, turlari kamayib ketayotgan hayvon, o`simlik turlari saqlanadi. Qoʻriqxonalarda faqat ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Ayrim qo'riqxonalar biosferaga oid deb e'lon qilingan. Ularda har bir tabiiy hududlar uchun o'ziga xos bo'lgan biogeotsenozlar saqlanadi.[2].Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Baday -toʻqay davlat qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol biosfera qoʻriqxonasi, Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi.[1] Hisor davlat qo'riqxonasi. Qoʻriqxona hududida 250 dan ortiq turdagi umurtqali hayvonlarni uchratish mumkin. Bu yerda O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchihayvonlardan Tyanshan qo'ng'ir ayig'i, O'rta Osiyo qunduzi, qor qoploni, Turkiston silovsini, kichik taqaburun va katta taqaburun koʻrshapalaklari, qushlardan boltayutar, burgut, qora laylak va lochin uchraydi.[1] Zomin davlat qo'riqxonasi. Qoʻriqxonaning hayvonot dunyosi xilma-xil bo'lib, Turkiston agamasi, qumloq va tuproq yerlarda chipor ilon, sariq ilon, cho'l kaltakesagi, dehqon chumchuqlar, qorayaloq, archa boltatumshug'i, Turkiston ukkisi, kaklik va Turkiston maynasi, vahima qush, jiblajibon, yirtqich qushlardan tasqara va boltayutarlar uchraydi. 40 Qizilqum davlat qo'riqxonasi. Qoʻriqxona hayvonot olamiga juda boy. Bu yerda Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi"ga kiritilgan, sutemizuvchilardan Buxoro bug'usi va jayron, qushlardan churrak, yo'rg'a tuvaloq, suv burguti, baliqlardan Amudaryo katta kurakburuni uchraydi. Surxon davlat qo'riqxonasi. Bu qo`riqxonaning hayvonot olami xilma-xil: Buxoro qoʻyi, jayron, Turkiston silovsini, echkemar, kapcha ilon, Turkiston oq laylagi, qora laylak, burgut, boltayutar, tasqara, ilonburgut va mallabosh lochinlar Xalqaro va O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga kiritilgan. Zarafshon dasht-toʻqay qo'riqxonasi. Qoʻriqxonada yuzdan ziyod hayvon turlari ro'yxatga olingan va muhofaza etiladi. Qoʻriqxonada oddiy to'qay tovush- qoni, boʻrsiq, karaganka, chiyabo'ri, toʻqay mushugi, jayra ko'paytiriladi. Kitob davlat qo'riqxonasi. Kitob davlat qo'riqxonasi Zarafshon tog' tizmasining janubi g'arbiy qismida joylashgan. Qoʻriqxonada noyob paleontologik topilmalar muhofaza qilinadi. O'zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan burgut, boltayutar va boshqa hayvonlar qo'riqxona faunasini tashkil etadi. Chotqol tog'-o'rmon biosfera qo'riqxonasi. Chotqol qo'riqxonasida Markaziy Osiyo tog ekotizimlarining faqatgina shu hududda uchraydigan endemik va kamyob oʻsimlik hamda hayvon turlari muhofaza qilinadi. Ushbu qo'riqxonada tog' qoʻyi, yovvoyi cho'chqa (qobon), Turkiston silovsini, ko'k sug'ur, jayra, gornostay, relikt yumronqoziq, qor barsi (irbis) kabi hayvonlar muhofaza qilinadi. Har bir inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdonan yondashishi zarur.Chunki bee`tibor qaralsa hayvon va o`simlik turlari yo`qolib ketadi. Men o`zimning tengdoshlarimga va amaliyotdagi maktab o`quvchilariga ham hayvon turlari, ularning yashash muhitlari va yo`qolib borayotgan hayvonlar haqida ma`lumot berib boryapman. Tabiatni saqlash va yo`qolib borayotgan hayvonlarni himoya qilish va asrash, nafaqat men uchun, balki har bir inson uchun katta ahamiyatga ega. Ona tabiatni kelgusi avlodlarimiz uchun tabiiy holda saqlab qolish - bugungi kunning asosiy muammolaridan biridir. Tabiatni asrash har birimizning burchimizdir.
Доказательный фрагмент
«This thesis provides information about nature reserves in Uzbekistan and the species of animals distributed in them, as well as about endangered animals in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis provides information about nature reserves in Uzbekistan and the species of animals distributed in them, as well as about endangered animals in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reserve, "Red book", eagle, echkemar, badger, fish, «Красная книга», барсук, Заповедник, орел, boʻrsiq, Qoʻriqxona, burgut, “Qizil kitob”, рыба., baliq., эчкемар
Смежные источники
Экономика и инновационные технологииНаргиза Рашидова, Ахрор Абдуллаев2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025