К содержанию
РецензированоRU2024

ADABIY ASARLARDA VULGARIZM, VARVARIZM, ARGO, JARGO USLUBIY VA PRAGMATIK VOSITA SIFATIDA

PRAGMATIK VOSITA SIFATIDA · Rustamova Sevinch

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article is about the analysis of stylistically different phraseological terms in literary works: vulgarism, argo and slang words. Key words: vulgarisms, slang, slang, stylistic coloring and means. ВУЛГАРИЗМ, ВАРВАРИЗМ, АРГО, ЖАРГО КАК МЕТОДИЧЕСКИЙ И ПРАГМАТИЧЕСКИЙ ИНСТРУМЕНТ В ЛИТЕРАТУРНЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ Аннотация. Статья посвящена анализу стилистически различных фразеологических терминов в литературных произведениях: вульгаризма, арго и сленга. Ключевые слова: вульгаризмы, сленг, сленг, стилистическая окраска и средства. Vulgarizm, argo va jargo so’zlar qo’llanish doirasi chegaralangan so’zlar guruhiga kiradi. Vulgarizmlar- haqorat ma’nosida qo’llanadigan so’zlar. Bu turdagi leksemalar yoki ularning ma’nolari adabiy til vositasi sanalmaydi, ularni qo’llash nutq madaniyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi, biroq adabiy tilda bunday so’zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu leksik qatlam so’zlarida ko’p hollarda emotsionallik va ekspressivlik bo’yog’i ifodalanadi, ya’ni bu qatlamdagi so’zlar ko’p hollarda so’zlashuv uslubiga xos bo’ladi, adabiy uslubda muallif tomonidan nutqiy ta’sirchanlikni hosil qilish uchun ishlatiladi. Vulgar so’zlardan badiiy adabiyotda muallif tomonidan har bir obrazning ichki dunyosini ochishda, ularning xulq-atvori va atrofdagilarning munosabatini real qilib ko’rsatishda, asosan, foydalaniladi. Olimlar vulgarizmlarga g’ayroaxloqiy so’zlar sifatida qarab ularni xarakter xususiyatiga ko’ra so’kish, qarg’ish va haqorat so’zlariga ajratadi. Quyidagilarga e’tibor qaratamiz: E, haromi, bas deyman senga, shallaqi! Xo’rdani ming shukur deb ichib o’tiraver. (Oybek.’’Bolalik’’) Yolg’on gapirasan, xunasa, uyida bo’lmagansan. (T.M) -Shoqollar orasida tulki boʼlib yashamoqchimisan? Tulkilarni tulki boʼlib, shoqollarni shoqol boʼlib qirmoqchimisan? Sen shunchalar befahmmisan? Bilib qoʼy: shoqolu tulkilar bizdan avval ham boʼlgan, bizdan keyin ham qoladi. Yuqorida keltirilgan parchalarni va ularda qoʻllanilgan xarakter ifodalovchi sifatlarni tahlil qiladigan boʻlsak, Tohir Malik tomonidan xarakter ifodalovchi leksik birliklarning nechogʻlik mahorat bilan ishlatilganini guvohi boʻlamiz. 4 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Asar davomida ijobiy sifatlarni ifodalash uchun ulugʻ martabaga oid soʻzlar yoki takallufomuz soʻzlar qoʻllangan boʻlsa, salbiy xususiyatlarni koʻrsatish uchun yomon deb bilingan hayvon nomlarida foydalanilgan. Masalan, akademik - ijobiy, tulki, shoqol – salbiy ―Shaytanat qissasidagi taqdiri bir-biriga oʻxshamagan, qiyofasi-yu feʻl atvor, dunyoqarashlari bir biridan tubdan farq qiluvchi obrazlar tarzida tasvirlangan insonlar goh oshkora, goh pinhona oʻzaro kurash olib boradilar. Bu misollarni ‘’O’zbek tilining izohli lug’ati’’ga ko’ra ko’rib chiqadigan bo’lsak: 1. Haromi- o’zaro nikoh qilinmagan erkak va ayoldan tug’ilgan bola. 2. (Ko’chma) shunday ma’noli so’kish, haqoratni bildiradi; iflos, yaramas. Masalan: sut ko’r qilgur, haromi Gitler oqpadar (G’.G’ulom) Xunasa- yaramas, ablah, razil. Vulgarizmlar, shuningdek, faqatgina qo’pollikni so’kish qarg’ishlar bilangina ifoda qilmay balki, ishtirokchilarning ruhiy holati, xarakteri, muloqot vaziyati va shu kabilar haqida kitobxonda aniq tasavvur paydo qilishga ham xizmat qiladi. Bu esa uni pragmatik vosita sifatida o’rganish uchun asos bo’ladi. Masalan: -Kulma, Zabar. Anovi so’takning ahvolini o’zing bilasan. Uyga bir so’m topib kelolmasa! Qo’lidan bir ish kelmasa! Ketiga tepganimga ikki yil bo’ldi,o’rtadagi o’g’il bahona, sirtiga suv yuqtirmaydi-ya! Bilaman, marjabozlik qilmoqchi bu. O’rgildim sizday marjabozdan! Holing menga ma’lum-ku. Qo’lingdan bir ish kelganida men bunday sarson bo’lib yurarmidim! Xuddi hech nima boʻlmagandek, “Uyingning kalitini tashlab ket” emish! Ijaraga qoʻyib pul ishlamoqchilar! “Yebsan”, dedim. Eshitding-ku hali. Ijara qoʻyadigan boʻlsam, oʻzim qoʻymasmidim! K chemu eto mne! Toʻrt pul chiqadimi, yoʻqmi, shuncha remontimning dabdalasini chiqazib tashlaydi. Bilaman, marjabozlik qilmoqchi bu. Oʻrgildim sizday marjabozdan! Holing menga maʼlum-ku. Qoʻlingdan biror ish kelganida men bunday sarson boʻlib yurarmidim! (Erkin.A’zam’’Zabarjad’’) Dilyaning sobiq eri haqida dugonasiga qilgan hasratidan ayon bo‘ladiki, “erkakshoda”likning ham o‘ziga xos ijtimoiy-ruhiy sabablari bor. Bu yerda Dilya eridan ajrashib farzandini o‘zi yolg‘iz katta qilayotgani, sobiq erining moddiy manfaat uchun uning atrofida girdikapalak bo‘lishi, erlik or-nomusi yo‘qligi va shunga o‘xshash bir qator faktorlar mavjud. Demak, vulgarizmlar faqatgina qo‘pollikni ifodalash uchungina emas, balki muloqot ishtirokchilarining ruhiy holati, ijtimoiy turmush tarzi, xarakteri, muloqot vaziyati va shu kabilar haqida kitobxonda aniq tasavvur paydo qilishga ham xizmat qiladi. Bu esa uni uslubiy pragmatik vosita sifatida o‘rganish uchun asos bo‘ladi. So’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash orqali ham pragmatik ma’no ifodalanadi: - Ilon bolasi- ilon!

Доказательный фрагмент

«This article is about the analysis of stylistically different phraseological terms in literary works: vulgarism, argo and slang words.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about the analysis of stylistically different phraseological terms in literary works: vulgarism, argo and slang words. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vulgarisms, slang, slang, stylistic coloring and means
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники