Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHE’RIY SAN’ATLARNI TASNIFLASH MASALASIGA DOIR
Xabibullayeva Shoira Shukurillayevna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article examines the topic of poetic art in Uzbek classical literature. It discusses the scientific opinion about what art is called verbal art, what art is called spiritual art, and what art is called mixed art. In classical poetry, there is an opinion about the existing poetic arts and their classification. Key words and phrases: Classification of poetic arts, A. Husayniy, "Badoe us-sanoe", A. Khodjiakhmedov, "Poetic art and classical rhyme", A.H. Tarazi, "Funun ul baloga", "Baharistan" by Abdurakhman Jami. К ВОПРОСУ КЛАССИФИКАЦИИ ПОЭТИЧЕСКИХ ИСКУССТВ Аннотация. В данной статье рассматривается тема поэтического искусства в узбекской классической литературе. Обсуждается научное мнение о том, какое искусство называется словесным искусством, какое искусство называется духовным искусством, а какое искусство называется смешанным искусством. В классической поэзии существует мнение о существующих поэтических искусствах и их классификации. Ключевые слова и выражения: Классификация поэтических искусств, А.Хусайний, «Бадое ус-саное», А. Ходжиахмедов, «Поэтическое искусство и классическая рифма», А.Х. Тарази, «Фунун ул балога», «Бахаристан» Абдурахмана Джами. O’zbek mumtoz adabiyotida she’riy san’atlar haqida bir qancha risolalar yaratilgan bo’lib mavjud risolalarda she’riy san’atlar bilan bog‘liq ba’zi istilohlar, ularning ta’riflari, tasniflanishi kabi masalalarda anchagina chalkashliklar, har xilliklar uchraydi. She’riy san’atlarni tasniflash haqida A. Husayniyning “Badoyi’-us sanoyi’” asarida shunday deyiladi: “Nutq gо‘zalliklari uch qism bila cheklanur ul jihatdinkim, har gо‘zallik yo faqat lafz gо‘zalligidur, yo faqat ma’no gо‘zalligidur yoxud lafzu ma’no yig‘indisining gо‘zalligidur”. Shu fikrga muvofiq mazkur risolada ham, adabiyotshunos T.Boboyevning “She’r ilmi ta’limi” risolasida ham she’riy san’atlar lafziy, ma’naviy va lafziyu ma’naviy (yoki ma’naviy- lafziy) san’atlarga bо‘lingan. A.Hojiahmedovning “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya” risolasida “Adabiyotshunosligimizda she’riy san’atlarni ma’naviy va lafziy san’atlarga ajratish an’ana bо‘lib kelgan” deyiladi va shunga muvofiq tasniflangan. 5 68 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Shu bilan birga qofiya bilan bog‘liq san’atlar ham alohida guruhlangan. Shayx Ahmad Xudoydod Taroziyning “Funun ul balog‘a” asarida esa she’riy san’atlar hech qanday guruhlarga ajratilmasdan, tasnifsiz berilgan. Bundan tashqari mazkur risolalarda she’riy san’atlarni ma’naviy va lafziyga ajratishda, ya’ni ma’lum bir she’riy san’atni u yoki bu turkumga mansub etishda ham turlichaliklar bor. Masalan, iyhom, jam’, tafriq, taqsim, jam’ va tafriq, jam’ va taqsim, takrir san’atlarini A.Husayniy ma’naviy, A.Hojiahmedov esa lafziy deb bergan. Tavshix san’ati esa aksincha A.Husayniyda lafziy, A.Hojiahmedovda ma’naviy deyilagan. Tanosub, tansiq-us-sifat, iqtibos, tazmin san’atlari A.Husayniyda lafziyu ma’naviy, A.Hojiahmedovda tanosub lafziy, qolganlari ma’naviy san’atlar sifatida guruhlangan. Yana ham sinchiklab kо‘rib chiqilsa, bu kabi tafovutlarni kо‘plab topish mumkin. Qanday san’atlar lafziy, qanday san’atlar ma’naviy san’at deyiladi? Lafziy va ma’naviy san’atlar orasiga ularni bir-biridan farqlab beruvchi aniq chegara qо‘yib bо‘ladimi? Asosiysi, lafziy san’atlar ma’nodan yoki ma’naviy san’atlar shakldan ayri holda san’at bо‘la oladimi? Avvalo, lafziy san’atlar haqida. Ular Husayniyda “...lafziy gо‘zalliklarning asosi uldurkim, alfozni ma’noga tobi’ qilgaylar...” yoki T.Boboyevda “Lafziy san’atlar she’riy nutqdagi sо‘zning tovushi bilan bog‘liq bо‘lib, kо‘proq shakl hodisasi sifatida kо‘rinadi ... she’riy nutqqa bezak-ziynat berishga xizmat qiladi...” yoki A.Hojiahmedovda “... lafziy san’atlar asarning til jihatdan jozibadorligini, ohangdorligini ta’minlashga yordam beradi...” tarzida ta’riflanadi. Ma’naviy san’atlar haqida “Badoyi’-us-sanoyi’”da “... faqat ma’no gо‘zalligidur...” deyilgan bо‘lsa, “She’r ilmi ta’limi”da “... she’r ma’nosini oshirishga ta’sir kо‘rsatishi, she’rning ma’nosi, g‘oyasi bilan bog‘liq bо‘lgan san’atlar ...” ekanligini aytilgan. “She’riy san’atlar va mumtoz qofiya”da “Ma’naviy san’atlar asardagi g‘oyalarni yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish, ularning ma’naviy qiyofalari, his-tuyg‘ularini ta’sirchanroq aks ettirishga xizmat qiladigan...” san’atlar sifatida ta’riflangan. Ushbu ta’riflarga kо‘ra gо‘yo ikkala guruh san’atlar bir-biridan aniq farqlanayotganga о‘xshaydi. Aslida esa, lafziy va ma’naviy san’atlar haqidagi bu fikrlarning hech biri mantiqan birini ikkinchisidan farqlab beruvchi qoida darajasida emas. She’riy san’atlarning qonun- qoidalariga, mohiyatiga diqqat qilinsa, mazmun va shakl orasiga xitoy devorini qо‘yib, ularni bir-biridan ajratib bо‘lmaganidek lafziy san’atlarni ham shakl hodisasi sifatida ma’nodan ayri holda san’at darajasida baholab bо‘lmaydi yoki aksincha, ma’naviy san’atlar ham avvalo shakl jihatdan
Доказательный фрагмент
«This article examines the topic of poetic art in Uzbek classical literature.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the topic of poetic art in Uzbek classical literature. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Classification of poetic arts, A. Husayniy, "Badoe us-sanoe"
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025