К содержанию
РецензированоUZ2024

VIRUSLI GEPATITLARDAN EHTIYOT BO‘LING!

O.R. Parpiyeva (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti dotsent v.b.,) · D. Nazarova (Central Asian Medical University xalqaro tibbiyot universiteti talabasi.)

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada virusli gepatitlar, ularning yuqush va tarqalish yo‘llari, davolash, oldini olish chora-tadbirlari to‘grisida ma’lumotlar keltirilgan. Jigar qonni zararsizlantiradi, vitaminlarni saqlaydi va ma’lum gormonlar ishlab chiqaradi. Gepatit bu funktsiyalarning buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa tanadagi jiddiy soo‘liq muammolariga olib keladi. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining 2024 yilgi Gepatit bo‘yicha global hisobotiga ko‘ra, ushbu kasallik qurbonlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Kalit so‘zlar: jigar, virusli gepatit, Botkin kasalligi, dispanser nazorati, emlash, skrining tekshiruvlari. Gepatit yuqumli kasalliklar orasida o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi va yiliga 1,3 million inson shu xastalikdan ko‘z yumadi, bu ko‘rsatkich sil kasalligidan o‘lim holatlari bilan bir xil. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. Butunjahon gepatit sammitida taqdim etilgan ushbu hisobotda diagnostika va davolashning yaxshilanishi, tibbiy mahsulotlarning arzonlashganiga qaramay, kasallikni test qilish va davolash qamrovi ortmayotgani ta’kidlangan. Ammo, agar hozirdan tezkor choralar ko‘rilsa, JSSTning 2030 yilgacha gepatitni yo‘q qilish maqsadiga erishish mumkin bo‘ladi. 187 mamlakatdan olingan yangi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, virusli gepatitdan o‘limning taxminiy soni 2019 yildagi 1,1 milliondan 2022 yilda 1,3 millionga ko‘paygan, ularning 83 foiziga gepatit B va 17 foiziga gepatit C sabab bo‘lgan. Xastalanganlarning 58 foizi erkaklar. Dunyo bo‘ylab har kuni B va C gepatitlaridan 3500 nafar kishi vafot etadi. Virusli gepatit juda qadim zamonlardan insoniyatga ma’lum boʻlgan. Gippokrat, sharqning buyuk hakimi va faylasuf olimi Abu Ali ibn Sino singari mutafakkirlar virusli gepatitni ta’riflab berganlar va davolaganlar. Oʻtgan asrlar mobaynida sargʻayish bilan kechadigan barcha kasalliklar gepatit, ya’ni jigarning yalligʻlanishi deb tushunilgan. Vaholanki, hozirgi davrda ham yuqumli boʻlmagan koʻpgina kasalliklar sariqlik alomati bilan kechadi. XVIII asrning 80-yillarida buyuk rus klinisisti S.P.Botkin virusli gepatit kasalliklari ustida koʻpgina ilmiy-tadqiqotlar olib borib, bu ogʻir xastalikning yuqumli ekanini isbotlagan. Shu boisdan virusli gepatit Botkin kasalligi deb ham yuritilgan. Virusli gepatit koʻpincha tez va ommaviy tus olib, ayniqsa tabiiy ofatlar, urushlar, ocharchiliklar davrida katta-katta epidemiyalarga va pandemiyalarga sabab boʻlgan. Chunonchi zamondoshlarimiz V.M.Jdanov va A.F.Blyuger kabi akademiklarning ta’riflashicha, XIX asrda boʻlib oʻtgan urushlar davrida virusli gepatit 112 marta, XX asrda esa 400 marta epidemiya shaklida tarqalgan. Ayniqsa jahon urushlari davrida virusli gepatit qit’alararo tarqalgan (pandemiya) va gepatit harbiy askarlarni va tinch aholini zararlagan. Virusli gepatit pandemiyasini shartli ravishda uch davrga boʻlish mumkin:  Birinchi jahon urushi va undan keyingi davr (1915-1923);  Ikkinchi jahon urushi davri (1937-1945); 18  Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan boshlab, to hozirgi kungacha. Yuqorida keltirilgan tarixiy dalillar va ilmiy-tekshirishlar virusli gepatitning juda qadimdan barcha qit’alarda mavjud boʻlganligi, aholi oʻrtasida tez-tez epidemiya va pandemiya shaklida tarqalib turganligini yaqqol koʻrsatadi. Bu kasallik asrimizning 70-80 yillaridan boshlab hozirgi kunlarda ham butun dunyoda tarqalib turibdi. Virusli gepatitning keng tarqalishiga quyidagilar sabab boʻladi:  kasallanganlarni roʻyxatga olishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi;  aholi zich yashaydigan katta-katta shaharlar sonining koʻpayishi;  aholi sonining tabiiy ravishda o‘shib borishi;  shaharlararo va qit’alararo tezyurar transport vositalarining koʻpayishi;  insoniyatning tabiiy resurslardan tobora keng foydalanishi va odamlarning muloqotda bo‘lishi;  virusli gepatitga qarshi kurash choralarining mukammal emasligi. XX asrning 40-yillaridan hozirgi kungacha davom etayotgan ilmiy-tadqiqotlar virusli gepatitning tarqalish qonuniyatlarini to‘la-to‘kis o‘rganib chiqib, uning qo‘zo‘atuvchilari kamida uch xil turdagi filtrlanuvchi virus ekanligi isbotlandi. Bu viruslar ko‘p jihatdan bir- biriga o‘xshash bo‘lsa-da, kasallikning yuqish yo‘llari, tarqalishi, yashirin davri, alomatlari va belgilari jihatidan tubdan farq qiladi. Bu viruslarning bakteriyalardan farqi shundaki, ularni faqatgina 30-40 ming marta kattalashtirib ko‘rsatadigan zamonaviy elektron mikroskopdagina ko‘rish mumkin. Virusli gepatit – oʻtkir yuqumli kasallik bo‘lib, jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki „pivo“ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, B, C, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada virusli gepatitlar, ularning yuqush va tarqalish yo‘llari, davolash, oldini olish chora-tadbirlari to‘grisida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada virusli gepatitlar, ularning yuqush va tarqalish yo‘llari, davolash, oldini olish chora-tadbirlari to‘grisida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emlash, Botkin kasalligi, skrining tekshiruvlari., dispanser nazorati, jigar, virusli gepatit
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники