Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA YOLLANIB ISHLAYOTGAN SHAXSLAR MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Yo’ldoshev Dilshodbek Abror o’g’li (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2019
Аннотация
Ushbu tezis kichik tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritayotgan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.Tadbirkorlik faoliyati, jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uning huquqiy asoslari va o’ziga xos jihatylarini ilmiy jihatdan taxlil qilish, ushbu masalalarning zamonaviy huquqiy va ijtimoiy amaliyotidagi ahamiyatini yoritishni maqsad qilngan. Ish beruvchi va xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishda mehnat shartnomalariga oid o‘ziga xos xususiyatlar o’rganilgan. Kalit so’zlar: Kichik tadbirkorlik subyektlari, tadbirkorlik, mikrofirma, Yakka tartibdagi tadbirkor, yollanma xodim, mehnat shartnomasi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. Mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda (bundan buyon matnda ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma deb yuritiladi) xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish mehnatga oid o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi va bu ish beruchilar kichik tadbirkorlik subyektlari tarkibiga kiradi. Kichik tadbirkorlik subyektlari soni bugungi kunda shiddat bilan ortib bormoqda ushbu yo’nalish tadbirkorlik faoliyatining o’zagi va tom ma’noda iqtisodiyotning ildizlaridan biridir. Statistika qo’mitasi ma’lumotlarida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 1,8 barobarga oshgan[1 ]O‘zbekistonda o‘tgan yilning 1-dekabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2019 yilda – 319 265 tadan 2023 yilda – 588 729 tagacha o’sgan. Bu raqamlar bu sohadagi mehnat munosabatalarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda mehnat qonunchiligimizda o’rganish lozim bo’lgan jihatlar mavjudligidan darak. Uning o’ziga xos jihatlari mehnat resurslarining cheklanganligi va kam sonli xodimlar yollash bilan bog’liq jarayonlarga to’xtalib o’tamiz. Avvalo, kichik tadbirkorlik subyektlarini qanday ta’rifga ega ekanligi va boshqa sohalardan qanday farqli jihatlari bor ekanligini ko’rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 5 – moddasiga asosan kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir. yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar. 4 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatida band bo’lgan xodimlar ko’pi bilan ikki yuz kishi mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar. Kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy faoliyati va unda yollanib mehnat qilayotgan xodimlarning boshqa sohalaridan farqli jihati shundaki, ularda xodim yollash bilan bog’liq chegara mavjud. Mehnat Kodeksining asosiy vazifalaridan biri xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashdir. Kichik tadbirkorlik subyektlari nisbatan kam mexnat resurslariga ega bo’lsa ham, unda yollanib ishlayotgan shaxslar mehnat munosabatlarini o’rganish adolatli mehnat sharoitlarini yaratish, xavfsiz mehnat muhofazasida faoilyat yuritishni ta’minlash va mehnat qonunchiligida o’rganishi lozim bo’lgan jihatlar mavjud. “Mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari” 504 – 506 moddalari orqali va “yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari” 507 - 513 moddalari orqalinomlangan paragarflar sifatida alohida bob qilib yangi taxrirdagi Mehnat Kodeksiga kiritildi. 504 -moddaga asosan “Agar ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma tadbirkorlik subyektlarining belgilangan tasnifiga muvofiq mikrofirmalar jumlasiga kirmay qolsa, davlat statistika organlari tomonidan ish beruvchi bo‘lgan
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezis kichik tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritayotgan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.Tadbirkorlik faoliyati, jumladan kichik tadbirkorlik sub…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezis kichik tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritayotgan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.Tadbirkorlik faoliyati, jumladan kichik tadbirkorlik sub… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yollanma xodim, mehnat shartnomasi., mikrofirma, Kichik tadbirkorlik subyektlari, tadbirkorlik, Yakka tartibdagi tadbirkor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026