К содержанию
РецензированоUZ2026

ELEKTRON LUG‘ATLARNING SALBIY VA IJOBIY JIHATLARI VA ULARNING LINGVISTIK BA’ZALARINI YARATISH TEXNIKALARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sotvoldiyeva Nilufar (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 1 · 177-182 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularning har tomonlama jihatlari o‘rganilib, solishtirilib chiqilgan. Kalit so‘zlar: elektron lug‘at, sinonim, antonim, fraza, idioma, lingvistik ta’minot. Elektron lug‘at — bu so‘zlarning ma’nolarini, sinonimlarini, antonimlarini, talaffuzini va boshqa til xususiyatlarini raqamli formatda taqdim etuvchi resursdir. Bugungi kunda bunday lug‘atlar keng tarqalgan bo‘lib, Google Translate, Yandex translate, Cambridge Dictionary, yoki Lingvo kabi elektron lug‘atlar keng qo‘llaniladi. Elektron lug‘atlar internet orqali yoki maxsus dasturiy ta’minot sifatida mavjud bo‘lishi mumkin. Elektron lug‘atlar tez va oson qidiruv, yangilanib turadigan ma’lumotlar, multimediali imkoniyatlar, ko‘plap tillilik xususiyatlarga ega. Tez va oson qidiruv orqali foydalanuvchilar so‘zlarni osonlikcha topa oladi, yangi so‘zlar tez-tez qo‘shilib turadi, ba’zi elektron lug‘atlar so‘zlarning talaffuzini namoyon qilish orqali so‘zlarni to‘g‘ri tallafuzini namoyon qiladi, bir lug‘at bir necha tildan iborat bo‘lgani tufayli o‘qitish va o‘rganishni osonlashtiradi. Bundan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lib sinonimlar, antonimlar, frazalarning ishlatilishi, kontekstual misollar kabi qo‘shimcha ma’lumotlari bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Yana bir jihatlaridan biri elektron lug‘atlar zamonaviy ta’limda va til o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi hamda oflayn rejimda ishlash imkoniyati: ko‘pgina elektron lug‘atlarni internetga ulanmasdan ham ishlatish mumkin, bu esa qulaylik yaratadi. Biroq har narsaning ikki tomoni bvo‘lganidek elektron lug‘atlarning ham o‘ziag yarasha salbiy tomonlari bor. Masalan, elektron qurilmalarda uzoq vaqt davomida foydalanish ko‘zlarning charchashiga va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin, bunday lug‘atlardan foydalanishda ko‘pincha kerakli so‘zlarni topish va unga e’tibor qaratish kifoya bo‘ladi, lekin qog‘oz lug‘atlardagi kabi chuqur qidiruv jarayoni o‘tkazilmaydi, bu esa tilni o‘rganishning samaradorligini pasaytirishi mumkin, ba’zi elektron lug‘atlar internet talab qiladi va ulanish bo‘lmasa, foydalanish cheklanishi mumkin, elektron lug‘atlar qoshidagi qo‘shimcha xizmatlar yoki reklama materiallari diqqatni bo‘lishi mumkin, tez-tez foydalanish texnologiyaga haddan tashqari qaramlikka olib kelishi va an’anaviy o‘qish ko‘nikmalarini pasaytirishi mumkin shu kabi bir qancha salbiy tomonlarini aytib o‘tish mumkin. Elektron lug‘atlarni til o‘rganish, tarjimonlik, meditsina, ilmiy tadqiqot, huquq va shu kabi bir qator sohalarda foydalanilish mumkin. Elektron lug‘atning asosini lingvistik baza tashkil qiladi. Elektron lug‘atlar so‘zlarning tuzilishi, ishlatilishi va ma’nolari haqida to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarga asoslanadi. Bu baza tilshunoslikning turli yo‘nalishlaridagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘lib, lug‘atning sifatli va keng qamrovli bo‘lishini ta’minlaydi. Lingvistik baza quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: 115 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 1. So‘zning morfologik tuzilishi: Har bir so‘zning ildizi, qo‘shimchalari, so‘z turkumlari va morfologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar. Bu so‘zlarning qanday hosil bo‘lishini tushunishga yordam beradi. 2. Semantik ma’lumotlar: So‘zlarning ma’nosi va ularning turli kontekstlarda qanday ishlatilishi haqida ma’lumot. Elektron lug‘atlar ko‘pincha so‘zlarning bir necha ma’nosini va ularning sinonimlarini ham taqdim etadi. 3. Sintaktik qoidalar: So‘zlarning gap tuzilishida qanday ro‘l o‘ynashi va ularning boshqa so‘zlar bilan qanday bog‘lanishi haqida ma’lumot. Bu tilning grammatik qoidalariga asoslanadi. 4. Talaffuz: So‘zlarning fonetik transkripsiyasi va talaffuz qoidalari haqida ma’lumot. Elektron lug‘atlarda ko‘pincha audio talaffuz namunasi ham keltiriladi. 5. Frazalar va idiomalar: So‘zlarning iboralarda, frazalar va idiomalardagi ishlatilishi haqida ma’lumotlar. Bu so‘zlarning kengroq ishlatilishini tushunishga yordam beradi. 6. Sinonimlar va antonimlar: So‘zlarning o‘xshash va qarama-qarshi ma’nolari bilan bog‘liq lingvistik ma’lumotlar. 7. Etimologiya: Ba’zi elektron lug‘atlarda so‘zlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi haqida ma’lumotlar ham keltiriladi. Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, P

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularning har tomonlama jihatlari o‘rganilib, solishtirilib chiqilgan.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники