Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
DIZAYN FIKRLASH VA UNING NAZARIY JIHATLARI HAMDA GRAFIK TA’LIM JARAYONIDAGI AMALIY AHAMIYATI
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY SHAHARLARI MARKAZLARINI · REJALASHTIRISHDA LANDSHAFT DIZAYNI MEʼMORCHILIGI · MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING ROLI
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Основная цель статьи - представить требования современной архитектуры на основе национальных традиций, сохранения национальной идентичности в градостроительстве, ландшафтной архитектуре, озеленении современных городских территорий, эстетическом дизайне и классификации. Приведены основные принципы проектирования улиц, дорог и транспортных зон, а также предоставлена информация об организации движения пешеходов. Ключевые слова: ландшафтный дизайн, ландшафтная архитектура, декоративность, унификация, функциональное планирование, объемно-пространственный, технико-экономический, ремонт, градостроительство. Annotation: The main purpose of the article is to present the requirements of modern architecture based on national traditions, preservation of national identity in urban planning, landscape architecture, gardening of modern urban areas, aesthetic design and classification. The basic principles of designing street, road, and transport areas are provided and information on the organization of pedestrian traffic is provided. Key words: landscaping, landscape architecture, decorative, unification, functional planning, volume-spatial, technical-economic, repair, urban design. Prezidentimizning qatʼiyati va jasorati tufayli mustaqillik yillarida shaharsozlikni rivojlantirishda erishilgan tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xalqimizning bukilgan qaddini tiklashga kirishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarida aholi yashash xududlarini obodonlashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Hozirda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy tashkilotlar, nihol o‘stiriladigan ko‘chatxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladigan manzarali daraxtlar va butalar turlarini kengaytirish, janubiy shaharlar markazlari sharoitlariga moslasha oladigan nav va shakllarini izlab topish, ilmiy darajada asoslangan texnologiya bo‘yicha parvarishlashni tadbiq etish – bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi. Landshaft meʼmorchiligi muhitini shakllantirish. Landshaft arxitekturasini janubiy shaharlar xududida ko‘kalamzorlashtirishni estetik shakllantirish va klassifikatsiyalash hamda tipologik- jarayonlar buyicha loyihalashni taqozo etadi. Landshaft arxitekturasi obyektlarini loyihalash bo‘yicha asosiy masalalar yaratilishi uchun kichik arxitektura formalarini ro‘yxatlari, obodonlashtirish elementlari, jihozlari, shuningdek interyerlarni ko‘klamzorlashtirish va qishki bog‘larni tashkil etish, dekorativ gulzorlarni bezash masalalari chizmalarda, loyihalar dasuratlarda ko‘rsatilishi lozim. Transport vositalarini. Ko‘cha yo‘l va transport maydonlarini loyixalashni asosiy prinsiplari yaratiladi, rejalashtirishni unifikatsiyalashgan chizmalar asosida transport va piyodalar xarakatini tashkillashtirishga qarab chiqilishi lozim. Turli tipdagi yo‘lovchi transportini takomillashtirish yo‘llari va ulardan qo‘llanish ko‘rsatiladi. Tashqi transport to‘g‘risidagi (avtomobil, temir yo‘l, suv, xavo) ularni qurilmalarini joylashtirish, axoli joylarini rejalashtirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga bog‘liq asosiy tushunchalar beriladi. Janubiy shahar markazlarining piyodalar zonalarini meʼmoriy yechimlari. Janubiy shaharlar markazlarining ko‘p funksiyali piyodalar ko‘chasi va maydonlari meʼmoriy shakllanish taxlili kompleks o‘rganilishi lozim. Janubiy shaharlar markazlarining piyodalar ko‘chasi va zonalarini meʼmoriy - tipologik yechimlarini rivojlanishning asosiy anʼanalarini aniqlanadi, shaharsozlikni funksional rejalashtirish, hajmiy fazoviy, texnik - iqtisodiy, taʼmirlash va meʼmoriy kompozitsion muammolari taxlil etiladi. Meʼmorlar va shaharsozlik soxasida ishlayotgan muxassislar uchun shaharlar xududini to‘la muxandislik obodonlashtirish va turli axamiyatga molik xududlarni obodonlashtirish: turar joy rayoni, mikrorayon, ko‘cha, maydonlar, skverlar, bulvarlar, bog‘lar va parklar, sport inshootlari, shahar xududini vertikal planlashtirish, yomg‘ir suvlarini qochirish yo‘laklarni loyihalashtirish avtomobil to‘xtash joylari, xo‘jalik maydonlari va turar joy mikrorayonlarini shuningdek mikrorayon yer osti muxandislik tarmoqlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Shaharsozlikda shahar ko‘chalarini, maydonlarni, park bog‘larini sunʼiy yoritqichlar bilan yoritish masalalari ham yechilishi lozim. Bog‘lar tarkibiy shakllantirilmasdan, puxta o‘ylangan bo‘lishi va meʼmoriy bog‘bonlar bilan tuzgan tarx-rejalari asosida yaratilishi lozim. Unda daraxt va butalar, gul ekish, bog‘ qurilishlariga oroyish berish, ayniqsa, favvoralar, saroy va ko‘shklar barpo etish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bog‘lardagi o‘simliklar turi va navlarini tanlash, bir-biridan keyin ochiladigan mavsumiy gullar, manzarali va mevali daraxtlarni aralash ekish, xullas, landshaft meʼmorchiligi va meʼmoriy muhit orastaligi hisobga olingan. Demak, aytish mumkinki, bugun bog‘ va shaharsozlikning muhim tarkibiy qismiga aylangan landshaft dizaynining ilk ko‘rinishlari ota bobolarimiz yaratgan bog‘larda keng qo‘llanilga
Доказательный фрагмент
«Основная цель статьи - представить требования современной архитектуры на основе национальных традиций, сохранения национальной идентичности в градостроительстве, ландшафтной архитектуре, озеленении современных городск…»
Образец извлечения
Демо-превьюОсновная цель статьи - представить требования современной архитектуры на основе национальных традиций, сохранения национальной идентичности в градостроительстве, ландшафтной архитектуре, озеленении современных городск… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- landscaping, landscape architecture, decorative, unification, functional, grafik ta’lim, grafik dastur, arxitektura, innovatsiya, muhandis, vektorli grafika, grafika, modeling., loyiha, dizayn fikrlash, startap, standart
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021