Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLARDA MOLIYAVIY INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · AMALDAGI HOLATI TAHLILI (in-academy.uz/index.php/yo) · M.Q. Maxmudova (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the process of transformation of banks, and information on ensuring the existing ones have been presented. Opinions of foreign scientists were given to individual participants and additional proposals for quality innovations. Key words: innovation, financial innovation, innovative information technology, improved product, approach, theory. Oxirgi yillarda mamlakatimiz bank tizimida ko‘plab ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlarning katta qismi bank tizimi xizmatlarining ommabopligi va qulayliklarini kengaytirish, aholini va iqtisodiyotni ko‘p yillar davomida qiynagan naqdsiz hisob-kitoblardagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-sonli “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 19-sentyabrdagi PF- 3945-sonli “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018-yil 44 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 7-maydagi PF-3698-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va boshqa ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qildi. Yuqorida chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish, banklarning innovatsion mahsulotlarining kengayishi, aholi talablariga mos naqd pullarning iqtisodiyotda mavjudligi borasida rivojlanishlar kuzatildi. Tahlilimizning asosiy maqsadlaridan biri tijorat banklari tomonidan chiqarilayotgan plastik kartalar, o‘rnatilayotgan terminallar, bankomatlar va infokiosklarning samaradorligini baholashdan iboratdir. Tahlilda biz bu sohadagi banklarning samaradorligini ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni maqsad qildik. Dastlab banklar tomonidan chiqarilgan plastik kartalardagi aylanmani va o‘rnatilgan to‘lov terminallarda amalga oshirilgan to‘lovlarning aylanmasini tahlil qilsak, keyingi bosqichda banklarning masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga o‘rnatilgan to‘lov terminallari, bankomatlar va infokiosklarning ta’sirini tahlil qilamiz. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, biz tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’sir qiluvchi omillarni ham tahlil qilamiz. Tahlilni real qiymatda olib borganmiz. Chunki nominal qiymatda ko‘rsatkichlar oshganligini ko‘rsatishgan bo‘lsada, real qiymatda ushbu ko‘rsatkichlar pasaygan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ilmiy tadqiqotlar real qiymatda olib borilishini inobatga olib, bizning ishimizda ham real ko‘rsatkichlardan foydalanilgan. Nominal ko‘rsatkichlar 2018-yil 1-yanvar holatidagi narxlar darajasiga ko‘ra real qiymatga o‘tkazilgan. Mamlakatimiz bank tizimi tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 2018- yil 1-yanvar holatiga 19 mln.donadan ko‘proqni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yil 1-yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 34 mln.donadan ham oshgan. Bir dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lov miqdorining real ko‘rsatkichiga keladigan bo‘lsak, 2018-yil 1-yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 2,76 mln.so‘mni tashkil qilgan. Keyingi yilda bu ko‘rsatkich 3,15 mln.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsada, ammo 2019-2021 yillarda bu ko‘rsatkich pasayib ketgan. Faqatgina 2022-yilga kelib bir dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdori 2017-yilgi holatga qaytgan, ya’ni bir dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdori 2,88 mln.so‘mni tashkil qilgan. Bu bilan aytishimiz mumkinki, 2019-2021 yillarda aholining yalpi talabi real ko‘rsatkichda pasaygan va bu davrdagi pandemiyaning ham ta’siri sezilarli bo‘lgan. Shuningdek, statistik ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda bir dona plastik karta orqali amalga oshirilgan o‘rtacha to‘lovning real miqdorini o‘zgarish trendi o‘zgarishsiz holatida. 45 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 5,00 4,50 4,00 3,50 3,00 2,50 2,00 1,50 1,00 01.01.2018 01.01.2019 01.01.2020 01.01.2021 01.01.2022 01.01.2023 01.01.2018 01.01.2019 01.01.2020 01.01.2021 01.01.2022 01.01.2023 Bank tizimi 2,76 3,15 2,62 2,15 2,55 2,88 O'zMilliybank AJ 1,42 2,24 1,74 1,46 1,60 1,98 O'zsanoatqurilishbank ATB 3,03 4,53 3,82 2,78 2,71 2,23 3.1-rasm. Katta banklar misolida muomaladagi bir dona plastik karta orqali amalga os
Доказательный фрагмент
«In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, financial innovation, innovative information technology, innovatsiya, takomillashtirilgan mahsulot., innovatsion axborot texnologiyalari, moliyaviy innovatsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025