Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAHON TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TADQIQI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xudayqulova Gulnoza Komilovna (in-academy.uz/index.php/si) · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1909
Аннотация
Frazeologiya tilshunoslik boʻlimida keng oʻrganilib kelayotgan sohadir. Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori Frazeologizmlarni, ularni tabiati va belgilarini oʻrganishga qaratiladi. Frazeologizm— ikki yoki undan ortiq soʻzdan tashkil topgan, maʼnoviy jihatdan oʻzaro bogʻliq so’z birikmasidir. Frazeologizm so‘z kabi lug‘aviy birlik hisoblanadi. Ular ham so‘z kabi tilda tayyor holda ham mavjud bo‘ladi, Ushbu maqolada frazeologizmlarning shakllanish bosqichi va oʻzbek tilshunosligida o’rganilishi, shakllanish bosqichlari hamda ularning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: frazeologiya, frazeologizm, ibora, frazeologik birliklar, frazeologiyaning o'rganilishi, leksema, frazema, lison, badiiy nutq, funksional jihat. Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un birikmadir. Frazeologiya til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldordir. Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topgan, obrazli, ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: kapalagi uchdi, tarvuzi qoʻltig’idan tushdi va hokazo. Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya ham oʻzining shakllanish va taraqqiyot bosqichlariga ega. Frazeologizmlar tuzilishi, leksik– semantik, funksional–uslubiy va sintaktik vazifalari, shuningdek, o‘ziga xos shakllanish xususiyatilariga ega bo‘lgan til birligidir. Frazeologiya – tilshunoslikning biror tilga xos barqaror so‘z birikmalarni va iboralarni oʻrganadigan boʻlim. Frazeologizmlar kelib chiqishi jihatdan juda qadimiy bo’lsa-da, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yilni oʻz ichiga oladi. Frazeologiya ilmining asoschisi fransuz olimi Sharl Ballidir. U o’zining “Fransuz stilistikasi” (1909) nomli asarida soʻz birlashmalari, ya’ni frazeologik birliklarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan. Bundan tashqari rus tilshunos olimlari ham bu sohada koʻp izlanishlar olib borishgan. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmogʻi sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo boʻlgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A. A. Potebnya, I. I. Sreznevskiy, A. A. Shaxmatov asarlarida asos solingan boʻlsa, barqaror (turgʻun) soʻz birikmalarini alohida tilshunoslik boʻlimi — Frazeologiyada oʻrganish masalasi 20—40- yillardagi oʻquv-metodik adabiyotlarda — Ye.D. Polivanov, S. Abakumov, L. A. Bulaxovskiy asarlarida koʻtarib chiqilgan. V.Jukov frazeologizmlarning kategoriya va ma’nolarini aniqlagan. V.Vinogradov esa iboralarni leksik qatlam sifatida ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi. Ingliz tilshunosi Smirnitskiy esa frazeologiyaning alohida tilshunoslik sohasi ekanligi tarafdori boʻlgan. Frazeologik birikmalar nazariyasi bilan leksikologiyaning bir boʻlimi boʻlgan frazeologiya oʻrganishiga qaramasdan, u tilning sintaktik qismida o’rganilishi zarur. Agar biz frazeologiyani alohida soha deb tan olmaydigan boʻlsak, uni alohida fan debaytolmaymiz degan edi Smirnitskiy ―”Лексикология англисково языка” asarida. Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50-yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan (Sh. Rahmatullayev, B. 41 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Yoʻldoshev, A. Mamatov va boshqalar), Frazeologiya boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh. Rahmatullayev, M. Sodiqova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan. Frazeologizmlar ayniqsa Sh.Rahmatullayev, M.Sodiqova, I.Qo‘chqortoyev, A.Rafiyev kabi olimlar ishlarida keng o‘rganilgan. Uning o‘rganilishiga boshlang‘ich va asosiy qadamni qo‘ygan tilshunos Sh.Rahmatullayev hisoblanadi. U birinchilardan bo‘lib o‘zbek tilshunosligining frazeologiya sohasini tadqiq eta boshlagan va natijada uning “Hozirgi o‘zbek tilida obrazli fe’lli frazeologik birliklarning asosiy grammatik xususiyatlari” mavzusidagi monografik tadqiqoti maydonga kelib, uni 1952-yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan. Keyinchalik Sh. Rahmatullayev o‘zining mazkur sohadagi ilmiy- tadqiqot ishini davom ettirib, 1966-yilda “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1992-yilda Sh.Rahmatullayev tomonidan nashr etilgan “O‘zbek tilida fe’l frazemalarning bog‘lashuvi” nomli monografiyasi ushbu sohada yaratilgan dastlabki tadqiqot natijalaridan biri hisoblanadi. Unda frazeologizmlarning semantik strukturasiga alohida ta’rif berilgan bo‘lib, ularni o‘zaro darajasiga qarab izohlab bergan. Olimlar o‘rgangan ishlarida frazeologizm masalalari yetarli darajada tahlil qilingan. So‘zlashuv nutqida faol foydalaniladigan hamda turli badiiy matnlarda qo‘llanilgan frazeologik birliklarga doir misollar orqali o‘rganilganligi ahamiyatlidir. Bundan tashqari frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Bunday
Доказательный фрагмент
«Frazeologiya tilshunoslik boʻlimida keng oʻrganilib kelayotgan sohadir.»
Образец извлечения
Демо-превьюFrazeologiya tilshunoslik boʻlimida keng oʻrganilib kelayotgan sohadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frazeologiyaning o'rganilishi, funksional jihat., ibora, frazeologizm, lison, frazeologiya, frazeologik birliklar, badiiy nutq, frazema, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026