Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUQUQDA OILA, QARINDOSHLIK ALOQALARI HAMDA ULARNING YURIDIK TAHLILI VA TARTIBGA SOLINISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Bozorova Mohlaroyim Siroj qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada jahonda oilaga nisbatan qarashlar va ularning mamlakatimizda oilaga bo`lgan munosabat bilan qiyosi hamda qarindoshlik aloqalari va ularning huquqiy asosi to`g`risida fikr yuritiladi. Kalit so`zlar: Inson, oila, huquq, Yaponiya, Fuqarolik kodeksi, fuqarolik huquqi, er, xotin, huquqiy munosabat, Buyuk Britaniya, oila instituti, konsepsiya, hukumat qarori, farmon, Konstitutsiya, nikoh, milliy an`ana, qadriyatlar, sharqona tafakkur, qonunchilik, Oila kodeksi, qarindoshlik, shajara, to`g`ri shajara, yon shajara, ajdod. Inson tug`ilibdiki, oila qurshovida o`sib-ulg`ayadi, kamol topadi, avval o`zi unib-o`sgan, keyinchalik esa o`zi tomonidan qurilgan oila hayotining ajralmas qismiga aylanadi. Umuman olganda, oila inson umri davomida qiyin qarorlar qabul qilishi kerak vaqtlarda, mushkulotlarni yengishda, shu bilan, birga baxtli fursatlarda hamnafas bo`la oladigan qadrli ne`matlardan biridir. Dunyoning turli burchaklarida “oila” tushunchasiga turlicha qaraladi. Xususan, Yaponiyada davlatning fuqarolik huquqi sohasidagi asosiy kodeksi hisoblangan Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga ko`ra, oila — er va xotin, ota-onalar va bolalar, shuningdek, er yoki xotin o'rtasidagi muayyan huquqiy munosabatlarni tartibga solish va uning doirasini bilvosita belgilash usuli hisoblanadi1. Buyuk-Britaniyada esa oilaga asosiy vazifasi o`z a`zolarini ta`minlash bo`lgan, ota-onalar va ularning avlodlaridan tashkil topgan birlamchi ijtimoiy guruh sifatida qaraladi2. Mamlakatimizda oila muqaddas hisoblanib, mazkur institutni har tomonlama rivojlantirish, uning mustahkamligini oshirish va yoshlarni oilaga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur islohotlarning huquqiy asosini yaratish va ularga qonuniy tus berish maqsadida “O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi3, “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni imzolandi4 va ularning ijrosini ta`minlash maqsadida hukumat qarorlari tasdiqlandi. O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 76-moddasiga ko`ra, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi. Darhaqiqat, yurtimizda oila, qarindoshlik aloqalari to`g`risidagi normalar o`zbek xalqida uzoq yillar davomida shakllanib kelgan 1 https://www.mofa.go.jp website of Ministry of Foreign Affairs of Japan 2 https://culturalatlas.sbs.com.au 3 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son 4 https://lex.uz 18.02.2020. PF-5938-son 93 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qadriyatlar, milliy an`analar, sharqona tafakkur hamda hozirgi davrdagi zamonaviy turmush tarzi tendensiyalari bilan uyg`unlikda tuzilgan. Xo`sh, qarindoshlik o`zi nima? Qarindoshlik – odamlar orasidagi ijtimoiy-tarixiy qondoshlik munosabatlari va oʻzaro maʼnaviy yaqinlikni ifodalaygan tushuncha5. Qarindoshlik guruhlari ijtimoiy birikma boʻlib, unga aʼzolik oʻziga xos qoidalarga tayanish va har bir guruh aʼzosi faoliyatining nazorat qilinishini talab qiladi hamda qarindoshlik atamalari tizimi soni cheklangan, ota-ona avlodi uchun ushbu tizimning toʻrttasi va har bir avlod uchun olti tizimi mavjud boʻlib, unga aka-uka, opa-singil va togʻa-ammalar kiradi6. Bundan farqli ravishda, mahalliy xalqimiz qarindoshlikni quyidagi shajara asosida tavsiflashadi. Bular: 1) ota-ona, 2) farzand, 3) nabira, 4) chevara, 5) evara, 6) nobora, 7) dubora va undan keying avlodlar begona deyiladi. Darhaqiqat, qonunchiligimizda ham qarindoshlik masalalariga keng o`rin ajratilgan va tushunarli tarzda yoritib berilgan. Jumladan, Bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug‘ilish soni bilan belgilanadi. Bunda bolalar ota-onasiga nisbatan to‘g‘ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan — ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan — uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va hokazo. Shuningdek, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka- uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa- singillari va ularning bolalari va shunga o‘xshashlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo. Bundan kelib chiqadiki, to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlar yon shajara bo‘yicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir. Ikki shaxs o‘rtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda,
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada jahonda oilaga nisbatan qarashlar va ularning mamlakatimizda oilaga bo`lgan munosabat bilan qiyosi hamda qarindoshlik aloqalari va ularning huquqiy asosi to`g`risida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada jahonda oilaga nisbatan qarashlar va ularning mamlakatimizda oilaga bo`lgan munosabat bilan qiyosi hamda qarindoshlik aloqalari va ularning huquqiy asosi to`g`risida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- er, Yaponiya, to`g`ri shajara, Buyuk Britaniya, huquq, nikoh, Konstitutsiya, oila, fuqarolik huquqi, huquqiy munosabat, qonunchilik, Inson, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, ajdod., xotin, qarindoshlik, yon shajara, farmon, hukumat qarori, oila instituti, shajara, qadriyatlar, milliy an`ana, konsepsiya, sharqona tafakkur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025