Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LEKSIK MA’NO
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · LEKSIK MA’NO (in-academy.uz/index.php/si) · Ziyamova Shahlo Odiljanovna (in-academy.uz/index.php/si) · Namangan viloyati Chortoq (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqola o‘zbek tilida leksik ma’no, leksika va grammatikaning o‘zaro munosabati va bu sathlarning boyish yo‘llari tilning lug‘at tarkibi kabi masalalarni o‘rganadi. Leksik birliklarning ma’nolari, ularning to‘liq yoki qisman ma’nolarini yo‘qolishi singari til hodisalarini o‘rganishda ahamiyatlidir. KALIT SO‘ZLAR: leksikologiya, leksika, leksik ma’no, grammatik ma’no. So‘zning leksik - semantik xususiyatlari uning leksik, grammatik va semantik jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Chunki so‘zlar tilning lug‘at tarkibini shundaygina tashkil etmay, umuman, tilning sistema va tuzilishidagi barcha bog‘lanishlarni taqozo etadi. Ko‘pincha so‘z ma‘nosi haqida gapirganda uning predmet va tushuncha bilan aloqasi va tilda qanday ifodalanishi ko‘zda tutiladi. Biroq qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor deb hisoblashadi. G‘arb tilshunoslari esa so‘zning faqat aytilish tomoniga e‘tibor bergan edilar. So‘zning aytilishi uning moddiy tomoni, ya‘ni tovushlarning birikuvi yoki bir tovush ekanligini ko‘rsatadi. Tinglovchi va so‘zlovchi uchun so‘zning aytilishi obyektiv haqiqatdir. Biroq so‘zning faqat aytilishi uni izohlay olmaydi. So‘zning aytilishi bilan predmet yoki hodisa o‘rtasidagi ma’nosini yuzaga chiqaradi. So‘zning m’'nosi bizga boshqa bir predmet yoki hodisani eslatganidek, o‘z navbatida, biror narsa ham boshqa narsani kishi ko‘z oldiga keltirishi mumkin. Bu o‘rinda yaxshi sozining leksik ma‘nosi uni boshqa so‘zlardan (masalan, yomon so‘zidan) farqlashga xizmat qiladi. Leksik ma’no bilan tushuncha o‘zaro uzviy bog‘liq. Ammo shu asosda bularni tenglashtirish yaramaydi. Leksik ma’no til qurilishiga xos hodisa, tushuncha – tafakkurga xos hodisa. Bularning har ikkisi umumlashtirish, abstraksiya asosida hosil bo‘ladi. Lekin tushuncha fikrlash qobiliyatining natijasi sifatida insonga nisbatan belgilansa, leksik doirasida voqe bo‘ladi. Leksik ma’no haqida ilmiy adabiyotlarda xilma-xil va ba’zan bir- biriga zid fikrlar yuritiladi. Leksik ma’noga bunday turlicha yondashuv o‘zbek tilshunosligida ham o‘z aksini topadi. Biroq ular ma’lum darajada bir-birini to'‘diradi. Jumladan,” Hozirgi o'zbek adabiy tili” darsligida “So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, belgi harakat kabilar haqidagi ma’lumoti leksik ma’no deyiladi... Bu m’lumot shu so‘zning ma‘nosi bo‘ladi”, deyilsa, “O‘zbek tili leksikologiyasi” da So'zning obyektiv borliqdagi narsa, hodisa, harakat, belgi va shu kabilar haqida ma'lumot beruvchi ( tasavvur beruvchi ) mazmuni leksik ma’no da deyiladi”,- deb ta’kidlanadi. So‘zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bog‘lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarijaning leksik ma’no deyilishi qayd etiladi. Berilgan ta’riflarda ifodasi jihatidan qanchalik turlicha bo‘lishiga qaramay, ularda “predmet, voqea-hodisa yoki muayyan munosabatning ongda aks etishi leksik ma’no” ekanligi qayd etiladi. Leksik ma’noni ongda predmet hodisa, xususiyat, muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog‘lovchi hamda so‘zlovchining subyektiv munosabatini ifodalovchi so‘z mazmuni (mundarijasi) deb hisoblash mumkin. Leksik ma’no 23 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si murakkab strukturali butunlik sanaladi. So‘z orqali inson katta yutuqni qo‘lga kiritdi, bu vositalar natijasida uning olami ikkilanadi. So‘zga ega bo‘lgunga qadar faqat bevosita kuzatmagan narsa va hodisalar bilan ham ish ko‘ra oladigan bo‘ldi. So‘z insonga bevosita kuzatishda berilmagan narsa va hodisalar haqida ham axborot bera oladi. Shunday qilib, leksik mano leksemaning mazmuniy mundarijasini oz ichiga oladi va bu mazmuniy mundarija ichki bo‘linuvchanlik xususiyatiga, sistemaviylik tabiatiga ega bo‘ladi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘zbek tilida leksik ma’no, leksika va grammatikaning o‘zaro munosabati va bu sathlarning boyish yo‘llari tilning lug‘at tarkibi kabi masalalarni o‘rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘zbek tilida leksik ma’no, leksika va grammatikaning o‘zaro munosabati va bu sathlarning boyish yo‘llari tilning lug‘at tarkibi kabi masalalarni o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grammatik ma’no., leksikologiya, leksika, leksik ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025