Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Понятие национальной истории Кыргызстана и ее особенности.
INTERNATIONAL CONFERENCE ON · INTERDISCIPLINARY SCIENCE · Axmedov Jalol Tursunmuratovich · Narzullayev Dilshod Yusuf o’g’li (Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistent)
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 01 · 86-90 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlari tarixida bugungi qirg‘izlar yashaydigan hudud o‘ziga xos o‘rin egallashi xususida so‘z boradi. Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi Qirg‘iziston hududiga to‘g‘ri keladi. SHu nuqtai nazardan Qirg‘iziston milliy tarix konsepsiyasi va uning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish muhim jarayonlardan biridir. Kalit so‘zlar: millat, elat, etnos, urug‘, Markaziy Osiyo, Dashti Qichoq, Manas, Xan- shu, SHi-ji, gyangun, Oltoy. Qirg‘iziston o‘z mustaqilligiga erishgach, boshqa qo‘shni respublikalarida bo‘lgani kabi bu erda ham milliy tarix va mintaqa xalqlari tarixi bo‘yicha turlicha yondashuvlar yuzaga kela boshladi. Bundan ko‘zlangan maqsad qirg‘iz xalqi tarixini yangidan yaratish hamda mintaqa tarixiga nisbatan qirg‘izistonlik tarixchilarning munosabati bo‘ldi. CHunki sovet davrida yozilgan va maktab darsligi sifatida o‘qitilib kelingan tarix darsliklarida va ilmiy nashrlarda O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari tarixi qanday yoritilgan bo‘lsa, shunga o‘xshash holat qirg‘iz xalqi tarixi uchun ham xos bo‘lib, o‘tgan etmish yillik davr ichida biryoqlamali yondashuv ustuvorlik qilib kelgan edi [1.1]. Buni yaxshi anglagan qirg‘iz ziyolilari, ayniqsa, qirg‘izistonlik tarixchilar jamoasi o‘z xalqining haqqoniy tarixini yozishga dolzarb masala sifatida qaradilar. Qirg‘iziston xalqining milliy birligini saqlash va milliy davlatchilikni rivojlantirish uchun 1990-yillargacha yozib kelingan va xalqning ongiga singdirilgan sovetcha yondashuvni yo‘qotish va uning o‘rniga haqqoniy tarixni taqdim qilish uchun ham qirg‘iz jamoatchiligi, ham hukumat bu masalaga jiddiy ravishda e’tibor qarata boshladilar. Buni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti A. Akaev “Kirgizskaya gosudarstvennost i narodnыy epos “Manas” (Bishkek, 2003)” nomli kitobida ko‘tarib chiqilgan masalalar orqali ham kuzatish mumkin [1.2]. A. Akaev qirg‘izistonlik etakchi tarixchilar bilan maslahatlashgan holda qirg‘iz davlatchiligi 2300 yil ilgari tashkil 278 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 01, Issue 10, 2024 topgan degan g‘oyani ilgari surdi. Bunda miloddan oldingi so‘nggi mingyillikning oxirgi choragiga tegishli “Xan-shu” (Xan sulolasi tarixi), “SHi-ji” (Tarixiy xotiralar) nomli qadimgi xitoy manbalarida “gyan-gun” ko‘rinishida tilga olingan ko‘chmanchi elat nomining aslida “qirg‘ir” (qirg‘iz) bo‘lgani to‘g‘risida jahon tarixshunosligida keng taqalgan qarash turtki bo‘ldi [1.3]. Qirg‘izistonlik olimlar qadimgi qirg‘iz xalqi ajdodlarining Janubiy Sibirda, aniqrog‘i, Enisey daryosi bo‘ylarida yashaganliklari, qadimgi “gyangun” elati yashagan hudud ham aynan shu hududlarga to‘g‘ri kelishi kabi dalillarga tayandilar. Bir qaraganda qirg‘izistonlik tarixchilarning bu qarashi to‘g‘ridek ko‘rinadi. Biroq ushbu dalilning talqini va aholi etqazilishi masalasida qirg‘iz olimlarining yondashuvi bilan to‘laqonli kelishib bo‘lmaydi. Buni ushbu masalada o‘zbekistonlik bir qator tarixchilar tomonidan bildirilgan munosabatlar ham ko‘rsatib turibdi. Jumladan, E.Rtveladze, A. Sagdullaev, SH. Kamoliddin kabi o‘zbekistonlik etakchi tarixchilar bu masalada faqatgina xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga tayanish o‘zini to‘laqonli oqlamasligini, xitoy manbalaridagi ma’lumotlar unchalik aniq emasligini, shuning uchun agar boshqa manbalardagi ma’lumotlar bilan tasdiqlanmasa, ularning quruq o‘ziga asoslanib bo‘lmasligiga urg‘u berishdi. Biroq, ushbu tadqiqotchilarning bu kabi qarashlariga ham to‘laqonli qo‘shilib bo‘lmaydi. Birinchidan, yuqorida keltirib o‘tilgan qadimgi xitoy manbalaridagi ma’lumotlar anchagina ishonchli bo‘lib, “Xan-shu”, “SHi-ji” kabi asarlar xitoy imperatorlari saroylarida xizmat qilgan ko‘plab tarixchilar jamoasi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lgan va ular takror-takror ko‘zdan kechirilgan va tahlil qilingandan keyin kitob holiga keltirilgan. Xitoy imperatorlari saroyida mavjud an’analarga ko‘ra, birorta elchi yoki sayyoh tomonidan berilgan xabarlar asosida saroyda har yili tarixiy ma’lumotlar to‘planib borgan va ularning aniqligi masalasiga ham katta e’tibor qaratilgan. Qolaversa, qadimgi xitoy manbalaridagi “gyangun”lar bo‘yicha berilgan ma’lumotlarning aniq-tiniq berilgani, turli afsonaviy syujetlardan holi ekani ko‘zga tashlanadi. Ushbu atamani “qirg‘ir” ko‘rinishida tiklash va uni “qirg‘iz” etnonimining eng qadimgi ko‘rinishi deb qaraladiki, “gyangun” atamasining so‘nggi tovushi -n xitoy bo‘lmagan qo‘shni xalqlardagi so‘z so‘nggidagi -r ni ifodalagani, shuningdek, oltoy tillari oilasida, ayniqsa, turkiy tillardagi so‘z o‘rtasi va so‘z oxiridagi -r undoshining keyinchalik -z ga aylanganidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, gyangun – qirg‘ir – qirg‘iz birligi anchagina oydinlashadi [1.4]. 279 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 01, Issue 10, 2024 Qirg‘iz etnonimining ancha qadimiyligi birgina bugungi qirg‘iz xalqi uchun emas, b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlari tarixida bugungi qirg‘izlar yashaydigan hudud o‘ziga xos o‘rin egallashi xususida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlari tarixida bugungi qirg‘izlar yashaydigan hudud o‘ziga xos o‘rin egallashi xususida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qirg izistonlik, qirg iziston, qirg xalqi, international conference, conference interdisciplinary, interdisciplinary science, xitoy manbalaridagi
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021