К содержанию
РецензированоUZ2026

YANGİ O‘ZBEKİSTON MA’RİFATLİ JAMİYATİNİ YARATİSHDA YOSHLARNİNG O‘RNİ

YOSHLARNİNG O‘RNİ · Rayhonova Gulnoza Odil qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mustaqil va demokratik yurtimiz bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasida ma’rifatli jamiyatni tashkil etish va unda yoshlarga yaratilgan ko‘plab imkoniyatlar xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, bugungi ilm – fan, texnika taraqqiyoti hamda farmon va qarorlarning zamonga hamnafas jarayonda yangilanishi va ularni keng jamoatchilik e’tiboriga namoyish etilishi haqida fikrlar to‘liq bayon etiladi. Kalit so‘zlar: nafis, inja,pozitsiya,olimlik va fozillik, strategiya, davlat siyosati. Vatan tuyg‘usi. Vatanga muhabbat. Bu mavzular haqida to‘lib-toshib gapiramiz, ammo vatan deganda, kimning hayoliga nima keladi? Aslida, Vatan va unga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi nima? Vatan – tabarruk maskan, ajdodlardan avlodlarga buyuk merosdir. Vatan –shu zaminda bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib, uning daryo-yu soylari va tog‘-u toshlariga, oddiy va kamtar, mehnatkash va fidoyi, mard va pahlavon odamlardan to eng mitti jonivorlargacha, o‘zimiz tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalardir. Vatanimiz tuprog‘idagi oddiy has ham, oddiy tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladigan betakror tuyg‘udir. Vatanga muhabbat onaga muhabbat kabi yuksakdir. Vatanga muhabbat – inson qalbida gard yuqtirmay pokiza saqlanadigan eng nafis, eng inja bir tuyg‘u. Uni so‘zlarda ifoda etish juda ham mushkuldir. “Har bir davlat – betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir”.1 Bejizga, so‘zimni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov so‘zlari bilan boshlamadim, chunki, haqiqatdan ham, har bir davlat takrorlanmasdir, xususan, bizning yurtimiz O‘zbekiston Respublikasi ham. Yurtimizning ham boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi hozirgi boshqichga erushguniga qadar, juda katta qiyinchilik va mashaqqatlarga bardosh berdi, qiyinchiliklarni yengib o‘tdi, va bugungi rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. Bugungi kunda, O‘zbekiston har jabhada, o‘zining yuksak o‘rinlarini egallab kelmoqda. U sport, iqtisodiy, ijtimoiy yoki siyosiy jarayonmi, mudofaami barcha barchasida o‘zining sezilarli va kuchli pozitsiyasiga ega davlatlardan biriga aylanishga ulgurdi – deb aytsam, mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Hozirda, yurtimizda, mustaqil O‘zbekistonimizda barcha sohalar kabi ma’rifatli, ilmli insonlar jamiyatini tuzish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zeroki, “Ilm olish har bir musulmon uchun farzdir” – deb bejiz aytilmagan hadis kitoblarda. Ma’rifatli jamiyatni yuksaltirish, olimlarni ko‘paytirish jamiyat taraqqiyotida eng yuksak qadamdir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ham olim, ma’rifatli insonlar xususida bejizga shunday fikr bildirib o‘tmaganlar: 1 . Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 6-b. 1 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 12-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya “Men doimo ziyoli, olim ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni hamisha sog‘inaman. Nega desangiz, olimlik Olloh nurini solgan ulug‘ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga nur, ziyo taraladi”.2 Haqiqatdan ham, olimlik va fozillik yuksak martabadir. Bugungi kunda, mana shunday yuksak va mas’uliyatli martabalarni yoshlarga ishonib topshirilishi esa eng yuksak bir ishonch va shuningdek g‘urur tuyg‘usini tuyilishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda ko‘plab yaratilayotgan imkoniyatlar va cheksiz ishonch, xususan, Prezidentimizning “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan quramiz” – degan fikrlari, yoshlarni o‘z ustiga ko‘proq ishlashga va mehnat qilishga da’vat etmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 41-moddasida bepul umumiy ta’lim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani ham e’tiborga molikdir. Xususan moddada shunday deyiladi: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Bu asosiy qonunimiz asosida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham mustahkamlab qo‘yilgan. Yoshlar o‘zining iqtidor va iste’dodlarini to‘liq namoyon etishga haqlidirlar. Bundan tashqari, asosiy qonunimizning 42-moddasida esa har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi, davlat jamiyatining madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi ham belgilab o‘tilgan. Bunga qo‘shimcha tarzda, hozirda davom ettiralayotgan president maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy ta’lim-tarbiya Yangi O‘zbekiston rivojining mustahkam poydevori bo‘lsa, oily ta’lim sohasidagi islohotlar va imkoniyatlar ustunidir. Shu sababli ham, bu borada qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildiki, ular yoshlar intilish va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirishga oid, rahbar kadrlarning boshqaruv salohiyatini yuksaltirish, yangi qadam va yangi tizimni shakllantirdi.Shuningdek, zam

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mustaqil va demokratik yurtimiz bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasida ma’rifatli jamiyatni tashkil etish va unda yoshlarga yaratilgan ko‘plab imkoniyatlar xususida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mustaqil va demokratik yurtimiz bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasida ma’rifatli jamiyatni tashkil etish va unda yoshlarga yaratilgan ko‘plab imkoniyatlar xususida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
olimlik va fozillik, strategiya, nafis, inja, pozitsiya, davlat siyosati.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти