Цифровая экономикаMENEJMENT VA MARKETING, Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli +12026
ВНУТРЕННИЙ АУДИТ ПРОВЕРКИ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ ПОРЯДОК ОРГАНИЗАЦИИ И ОСОБЕННОСТИ
PhD, dotsent Axrorov Zarif Oripovich
Экономическое развитие и анализ · 1-6 · 2020
Аннотация
Maqolada foydani soliqqa tortish soliq munosabatlari tarkibida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan holda milliy soliq tizimida foyda solig‘ining aniqlanishi va soliqqa tortish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Mikro va makroiqtisodiyotni barqaror amal qilishi uchun foyda soliqqa tortish borasida xulosa va takliflar shakllantirilgan. Kalit so‘zlar: foyda, foyda solig‘i, soliq tizimi, tannarx. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasini taqsimlash ularning ichki siyosati hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, davlat ushbu jarayonga turli bilvosita tartibga solib turuvchi vositalari orqali, jumladan soliqqa tortish tizimi orqali ta’sir qiladi. Aynan, soliq tizimi orqali davlat va korxonalar o‘rtasida, bir tomondan, davlat budjetini shakllantirish, boshqa tomondan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchi foydasini taqsimlash munosabatlari vujudga keladi. Foyda solig‘i bo‘yicha korxonalarga berilgan imtiyozlar foydani soliqqa tortishning samarali tizimini tashkil etishda ahamiyatlidir. Ular ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga hal qiluvchi qarorlarni qabul qilishda, korxona faoliyati ijobiy moliyaviy natijalarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, daromadlarning o‘sishi mamlakat budjetiga tushumlarni oshiradi, davlatni yetarli moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Foyda solig‘i bevosita soliq sifatida tan olinib, u mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlarni ko‘rsatish, ishlarni bajarish) sohasidagi investitsion jarayonlarning barqarorligini ta’minlaydi, iqtisodiyotdagi investitsion jarayonlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek kapitalning qonuniy o‘sishini kafolatlaydi [1]. Foyda solig‘ining fiskal funksiyasi, ayniqsa, iqtisodiyotning inqiroziy sharoitlarida muhim hisoblanadi. Foydani soliqqa tortishda foydaning turli ko‘rinishlarini farqlash lozim. Korxona menejeri o‘z diqqat-e’tiborini mahsulot tannarxiga, shuningdek soliq chegirmalariga qaratgan holda sof foyda miqdorini oshirishga harakat qiladi. Boshqacha aytganda, korxona menejerida mahsulot tannarxiga qilingan xarajatlar va ehtimoliy soliq imtiyozlarini qo‘llash imkoniyati mavjud. Ta’kidlash lozimki, korxona menejeri korporativ moliya strategiyasini olib borishning kelgusidagi tahlilini taxmin qilishda foyda solig‘ini rejalashtirishga alohida urg‘u beradi. Foyda solig‘i aniqlanishi bo‘yicha korxona moliyaviy faoliyati natijasiga, aniqrog‘i korxona rahbariyati nazorati ostidagi omillarga bog‘liq bo‘lsada, soliqlarni rejalashtirish masalalari soliq bazasi hisob-kitoblari bilan bog‘langan. Bu masalalarni ikkita katta guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq: 1. Foydani aniqlash: - yalpi foydaga kiritiladigan yoki kiritilmaydigan daromadlar; - korxonaning turli to‘lov (xarajat)larini tasniflash; - soliqqa tortiladigan foydaga daromadlarni qo‘shish vaqti. 2. Ehtimoliy chegirmalarni aniqlash: - korxona kapitalizatsiyasiga qarshi bo‘lgan chegirmalarni asoslash; - zarar yoki yo‘qotish sifatidagi maxsus chegirmalarni aniqlash va asoslash; 128 - divident va foiz ko‘rinishidagi korporativ to‘lovlarni rejalashtirish. Korxona oxirgi moliyaviy natijasini shakllantirishda mahsulotning ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlarni to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Tannarxning to‘g‘ri aniqlanishi foyda solig‘i hisobining muhim bosqichi hisoblanadi. Tannarxning pasaytirilishi bir tomondan, foyda miqdorini ko‘paytirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan foyda solig‘i summasini oshiradi. Soliq organlari tomonidan foyda solig‘i bazasini qasddan kamaytirishga olib kelingan holatlar aniqlansa, moliyaviy jarimalarni qo‘llash choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan [2]. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati uzluksizligini ta’minlovchi va kelgusi faoliyatiga ta’sir etuvchi, shuningdek davlat budjetini mablag‘ bilan to‘ldiruvchi manbalardan biri foyda hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar foydasi budjetga to‘lanadigan foyda solig‘ining obyekti hisoblanadi. Respublikamizda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjetga to‘lanayotgan foyda solig‘i o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga, uning budjet daromadlardagi hissasi ham o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tarmog‘i kengayib borayotgan bir vaqtda ushbu korxonalarga 15 foizlik soliq stavkasining amal qilishi ham tadbirkor-larni yanada qo‘llab quvvatlashga asos bo‘lib xizmat qilmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buning natijasida qanchadan qancha hali ham yashirin iqtisodiyot orqali tadbirkorligini amalga oshirib, oxir oqibatida qonun oldida javob berishga to‘g‘ri kelayotganlarning oldi olinib, yosh tadbirkorlarning rivojlanishi hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini dunyo miqiyosida raqobatdoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, foyda solig‘i pul munosabatini ifoda etib, bu munosabatlarda bir tomonda davlat va ikkinchi tomonda soliq to‘lovchilar, ya’ni korxona (birlashma, tashkilot)lar turadi. Shu munosabatlarni tashkil qilishni davlat o‘z qo‘liga olgan, chunki foyda solig‘
Доказательный фрагмент
«Maqolada foydani soliqqa tortish soliq munosabatlari tarkibida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan holda milliy soliq tizimida foyda solig‘ining aniqlanishi va soliqqa tortish mexanizmi ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada foydani soliqqa tortish soliq munosabatlari tarkibida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan holda milliy soliq tizimida foyda solig‘ining aniqlanishi va soliqqa tortish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- финансовые операции, financial operations, identification, activity efficiency, tijorat banklar, identifikatsiya, Ichki audit, коммерческие банки, moliyaviy operatsiyalar, faoliyat samaradorligi, эффективность деятельности, Внутренний аудит, commercial banks, идентификация, Internal audit
Смежные источники
Лучшие интеллектуальные исследованияMuxammadjonov Asadbek Dilshodjon o‘g‘li2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025