К содержанию
РецензированоRU2024

История изучения горной Уструшаны

Nishonboy KULBOEV · March -/© in Science LLC. (National Archeology Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan)

Общество и инновации · 5 · 298-301 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье автор сосредоточил внимание на Уструша́на, проникновении и распространении культуры кочевых Мальгуза́р, скотоводов в горные районы древней Устюжны, Зааминсу, представив данные по конкретным исследованиям, Бахмал, рустак, кочевники- проведённым до настоящего времени, и кратко скотоводы, коснувшись истории изучения данного вопроса. бронзовый век. 1 Doctoral student, National Archeology Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan. E-mail: nishonarch@gmail.com Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2024) / ISSN 2181-1415 Sarushana (Ushrusana, Usrushana) [Ҳудуд ул-олам, 2008. 29 б] kabi nomlar bilan manbalarda qayd qilingan qadimgi Ustrushona viloyati hududida tarixdan turli xo‘jalik vakillari istiqomat qilib kelishgan. Hududiy tarkibning xilma xilligi, ya’ni dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlarni o‘z ichiga olganligi, bu qadimgi viloyat aholisi atrof-muhit imkoniyatdan kelib chiqib turli yumishlar bilan shug‘ullanganligini bildiradi. A.A. Gritsina fikricha, Ustrushona toponimi buddaviy ilohlardan biri nomini bildiruvchi sanskritcha sutursan so‘zi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin [Гритсина, 2000. c 38]. Bunjikat shahri bu hududning bosh shahri bo‘lgan. Qiziq jihati, manbalarda turli nom bilan uchrovchi bu viloyatning hech qaysi nomiga o‘xshash shahri bo‘lmagan. Ustrushana hududi hozirgi shimoliy-gʻarbiy Tojikiston, janubiy Oʻzbekiston va Gʻarbiy Qirgʻiziston hududlarini o‘z ichiga olgan. O‘rta asrlarda Ustrushonaning 18ta rustoqi bo‘lib, teng yarmi tekislikda joylashgan, qolgan qismi tog‘lik va tog‘ oldi joylarda joylashgan. Manbalarda sanab o‘tilgan Ustrushona rustoqlarining 9 tasi hozirgi O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. Tekislikda joylashgan barcha rustoqlarning markaziy shahri bo‘lgan va ular shaharning hokim sulolasi tomonidan boshqarilgan. Tog‘li rustoqlarning geografik joylashuvi, noqulay iqlimi, resurs imkoniyatlari va aholining hayot tarzi haqida ham keng ma’lumotlar manbalarda uchraydi. Arab geografi Ibn Xavqalning yozishicha, teksilikdagi rustoqlardan farqli o‘laroq, Bushag‘ar, Meska, Burgar, Bangam, Mink, Burnamad, Besken va Isbasketlarning bosh shahri bo‘lmagan tog‘li rustoqlar safiga kirgan. Shundan Bushag‘ar, Mink, Burnamadlar hozirgi O‘zbekiston ichida joylashgan. Turkiston tog‘ tizmasi davomi hisoblangan Molguzar tog‘lari Jizzax viloyatida joylashgan, u Zomin va Baxmal tumanlarini ajratib turadi. Qadimgi yunon manbalarida Ustrushana tog‘lari “Qoyali tog‘lar” yoki “Montes oxii – oks tog‘lari” deb qayd etilgan [Ибн Хавқал, 2011. 221 б]. Bu hudud Markaziy Osiyo ko‘chmanchi chorvadorlari tarixida alohida ahamiyat kasb etgan o‘lka hisoblangan. Ko‘pchilik olimlar fikricha, tog‘li Ustrushona hududiga taxminan miloddan avvalgi II ming yillikdan to XV asrlargacha ko‘chmanchi chorvadorlarning migratsiyasi kuzatilganligini ta’kidlashadi [Мақсудов, 2020. 12 б; Тошбоев, 2023. 55-59 б]. Qadimgi chorvadorlarning Ustrushonaga kelishi va joylashishiga asosiy omillardan biri tog‘li hududlarning chorvachilik uchun qulayligi va tegralardagi keng yashil yaylovlar bo‘lganligini aytish mumkin. So‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan arxeologik yutuqlarga tayanib shuni aytish mumkinki, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalari o‘zlashtirgan hududlar landshafti, iqtisodiy o‘sishi va qadimgi o‘troq dehqonchilik viloyatlari bilan madaniy aloqalari haqida atroflicha manzaralar hosil bo‘ladi. 1948-yil Yahyo G‘ulomov boshchiligidagi O‘zbek-Zarafshon ekspeditsiyasi tomonidan Ustrushonanning shimoliy-g‘arbiy qismi birinchi marta rejali tarzda o‘rganila boshlangan. Dastlabki tekshiruvlar Baxmal tumani, Nushket qishlog‘ining shimoliy sharqida joylashgan yodgorliklarda olib borilgan. “O‘zbekiston tarixi va madaniyatini asrash” dasturi asosida Toshkent davlat universiteti va San’atshunoslik instituti, arxeologiya kafedrasi olimlari tomonidan 1973–74-yillarda tashkil qilingan ekspeditsiya davomida Zomin tumanida turli davrlarga oid 26 ta yodgorliklarni ro‘yxatga olingan[Немцева, 1986. С 221-229]. 1977-yilgi maxsus ekspeditsiyada avvalgi o‘rganilishlardan farqli o‘laroq, tumanning tog‘ hududlaridagi Zominsuv, Jaloirsoy, Turkmansoy, Oqbuloqsoy, Suvyo‘qsoy, Chillamozorsoy, Beshbuloqsoy qishloqlari tevaragi va Yettikechuvsoyning boshlanishida alohida va guruhli tarzda joylashgan qo‘yindilar belgilangan, 20 ta tarixiy joylar qoldiqlari o‘rni topilgan. 299 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2024) / ISSN 2181-1415 Oʻtov shaklida toshdan yasalgan qabr inshootlari va xum ichiga odam suyaklari solingan qabrlar Qashqasuv, Qizilmozor va Boyqo‘ng‘ir qishloqlari tevaragidan aniqlangan[Алимов, Сверчков, 1984.]. Jizzax viloyati yuqori tog‘ qisimni o‘rganish uchun 1987-yil O‘z Res FA arxeologiya instituti tomonidan Baxmal ekspeditsiyasi tashkil qilindi. Ekspeditsiya boshlig‘i L.M. Sverchkov bir necha yillar davomida Yettikechuvsoy yuqori qismida Miq tosh qalasida tadqi

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье автор сосредоточил внимание на Уструша́на, проникновении и распространении культуры кочевых Мальгуза́р, скотоводов в горные районы древней Устюжны, Зааминсу, представив данные по конкре…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье автор сосредоточил внимание на Уструша́на, проникновении и распространении культуры кочевых Мальгуза́р, скотоводов в горные районы древней Устюжны, Зааминсу, представив данные по конкре… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, Molguzar, Зааминсу, bronza davri, Мальгуза́р, Bakhmal, nomadic pastoralists, Zaaminsu, ko‘chmanchi chorvadorlar, Бахмал, Ustrushana, Malguzar, кочевники-скотоводы, rustak, рустак, Bronze Age, Ustrushona, бронзовый век, Zominsuv, rustoq, Baxmal, Уструша́на
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники