К содержанию
РецензированоRU2024

Взгляд на историю Паралимпиады и Паралимпийских игр и роль Узбекистана в них

Shoira KHAMIDOVA · March -/© in Science LLC. (Institute of History of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan)

Общество и инновации · 5 · 130-134 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье излагается история Паралимпийских Паралимпийские игры, игр и особенности параспорта. Освещаются первые шаги IPS, Узбекистана на Паралимпийских играх, включая знаковые ПараАзия, победы, а также анализируются реформы в сфере агитос, параспорт, параспорта, проводимые до настоящего времени. логотип. Bugungi kunga qadar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklar, shuningdek barcha sohalarda ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham. Mazkur masala bevosita o‘zining bosqichma- bosqich tarixiga ham ega. Imkoniyati cheklangan insonlar sportining tarixi yuz yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. Doimiy harakatda bo‘lish nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligini tiklash uchun zarur ekanligi o‘sha paytlardayoq aniqlangan edi. Va bu kabi shaxslarni sportga jalb qilishga urinishlar XIX asrda, 1888-yilda Berlinda karlar uchun birinchi sport klubi tashkil etishdan boshlandi. Birinchi jahon urushigacha paralimpiya sporti va nogironlar sporti tushunchalari mavjud emas edi, faqatgina, karlar uchun maxsus sport musobaqalari tashkil etilgan. 1936-yil Germaniyadan Angliyaga kelgan nevroxirurg Lyudvig Guttman nogironlar uchun tayanch-harakat apparati shikastlangan shaxslarni davolashda reabilitatsiya sportiga bebaho hissa qo‘shgan. 1948-yilda esa ushbu reablitatsiya markaziga davolanish uchun kelgan ikkinchi jahon urushida yaralangan 16 kishi (2 ta ayol va 14 ta erkak), sobiq askarlar ishtirok etgan. Paralimpiya sportini rivojlantirish masalalari esa XX asrning 60-yillaridan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi. Guttmanning bu ishlari ko‘plab umidsiz insonlarga umid, ruhiy turtki berdi [1]. Shundan so‘ng bu jarayonlar asta-sekin rivojlanib bordi va birinchi Paralimpiya o‘yinlari 1960-yil Italaiya poytaxti Rimda o‘tkaziladi. Paralimpiya o‘yinlari imkoniyati cheklangan insonlar uchun xalqaro sport musobaqasi bo‘lib, “paralimpic” yunoncha “para” old qo’shimchasi (“veside” – “alongside” – yonida, atrofida, parallel tarzda”) va “olimpic” so‘zlaridan hosil bo‘lgan, ya’ni Olimpiya o‘yini bilan bir qatorda parallel tarzda paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi [2]. Paralimpiya o‘yinlari yozgi va qishkiga bo‘lingan holda quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘tkazilib kelinmoqda. Yozgi: akadem eshkak_eshish, aravachada basketbol, bochche (nishonga tekkazish), paravelosport, ot sporti, o‘q otish, yengil atletika, dzyudo, suzish, paratriatlon, baydarkada eshkak eshish, yelkanli sport, o‘tirgan holda voleybol, kamondan o‘q otish, aravachadagi tennis, stol tennisi, aravachadagi regbi, pauerlifting kabilar bo‘lsa, qishki paralimpiya o‘yinlariga esa: tog’ chang‘isi, aravachada kyorling, kros-tog‘ chang‘isi, biatlon, sledj-hokkey, para-snoubord, shuningdek, jamoaviy parasport turlari ham mavjud. Paralimpiya o‘yinlarida sportchilar jismoniy imkoniyati cheklanganlik darajasidan kelib chiqib, guruhlarga bo‘linadi va o‘ziga munosib raqib bilan bellashadi. IPC yozgi va qishki paralimpiya o‘yinlariga tegishli bo‘lgan 6 ta nogironlik toifasini aniqlaydi. Ushbu nogironlar guruhlaridan biriga aylangan sportchilar yoz va qishki paralimpiya o‘yinlarida ishtirok eta oladi. 131 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2024) / ISSN 2181-1415 1. Kamida bitta a’zosi qisman yoki to‘liq yo‘qotilgan sportchilar ishtirok etishlari mumkin. 2. Miya paralichi. Bunda miya shikastlanishi bilan bog‘liq sportchilar ishtirok etadi: masalan, shol, miya shikastlanishi, qon-tomir yoki mushakning nazoratini, muvozanatni yoki muvofiqlashtirishni buzadigan jarohatlar qatnashadi. 3. Aqliy nogironlik. Intellektual faoliyatda sezilarli darajada nuqsonli va moslashuvchan xatti-harakatlar bilan bog‘liq cheklovlarga ega bo‘lgan sportchilar. 4. Nogironlar aravachasidan foydalanadigan sportchilar. Musobaqalarda ishtirok etish uchun nogironlar aravachasidan foydalanishni talab qiluvchi umurtqa jarohati va boshqa kasalliklarga ega sportchilar. 5. Zaif ko‘ruvchilar. Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor, zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz sportchilar. 6. Boshqa nogironlik. Yuqorida sanab o‘tilgan beshta boshqa toifaga to‘g‘ri kelmaydigan jismoniy nogiron bo‘lgan sportchilar, masalan, tallidomit, karlikovost [3]. Professor Lyudvig Guttmanning fikrlaridan xulosa qilinadigan bo‘lsa, haqiqatda qisman yoki to‘liq jismoniy imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) insonlarning sog’ligi va salomatligini tiklash, ularga ruhiy ko‘mak berish, ularning hayotga, yashashga qiziqishlarini yanada orttirish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yishi va yangi-yangi marralarni zabt etishlarida parasportning o‘rni va ta’siri katta bo‘lib kelayotgani ayni isbotini topgan jarayondir. Butun dunyo miqyosida mazkur sport turlari shakllanib, rivojlantirlib borilmoqda. Tinimsiz mehnat va matonat evaziga parasportchilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, davlatining bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarmoqda. Shu o‘rinda a

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье излагается история Паралимпийских Паралимпийские игры, игр и особенности параспорта.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье излагается история Паралимпийских Паралимпийские игры, игр и особенности параспорта. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, Paralympic Games, ParaAsia, агитос, parasport, agitos, ПараАзия, параспорт, Paralimpiya, IPS, ParaOsiyo, Паралимпийские игры, logo, логотип, logotip
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники