Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Роль общечеловеческих ценностей в образовательном процессе учащихся начальных классов
Zebiniso ABDURAKHIMOVA (primary school students)
Общество и инновации · 4 · 141-147 · 2023
Аннотация
Калит сўзлар: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv tarbiyaviy umuminsoniy qadriyatlar, jarayonida umuminsoniy qadriyatlarining o‘rni haqida harakatli o‘yinlar, so‘rovnoma usuli bilan o‘rganish natijalari keltirilgan. o‘quv jarayonlari, so‘rovnoma xulosalari. Роль общечеловеческих ценностей в образовательном процессе учащихся начальных классов АННОТАЦИЯ Ключевые слова: В статье представлены результаты исследования роли общечеловеческие общечеловеческих ценностей в образовательном процессе ценности, учащихся начальных классов методом анкетирования. подвижные игры, образовательные процессы, результаты опроса. 1 Doctoral Student, Samarkand State University. E-mail: abduximova@samdu.uz Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 DOLZARBLIGI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yilda PF–134-sonli “2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g ‘risida” Farmoni e’lon qilingan. Farmonda maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish asosiy maqsad etib belgilangan[1]. Yurtboshimiz 2017-yil 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyo qarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya ta’kidladi Prezidentimiz [2]. Dunyo ta’lim tizimida kichik yoshdagi o‘quvchilarning sog‘lom fikr hamda qadriyatlarga mos ravishda tarbiya topishi, ijtimoiy xususiyatlari, etnopedagogik hamda etnopsixologik jihatlarini tadqiq etish, harakatli o‘yinlar orqali umuminsoniy qadriyatlarimizni tiklash turli xil ta’lim texnologiyalari orqali amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash vositasida qadriyatlarga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Komputer o‘yinlari rivojlanayotgan davrda, yoshlarning harakatli o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirishning pedagogik nuqtai- nazardan umuminsoniy qadriyatlarni harakatli o‘yinlar orqali o‘rganilishi voqealilikni atroflicha idrok etish mohiyatiga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi. Xo‘sh, qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya o‘quv jarayonida harakatli o‘yinlardan maqsad nima? Albatta, bu ermak uchun o‘ynalmaydi. Chunki, bu zukko xalqimizning asrlar mobфaynida jamlagan ma’naviy javohirlar majmuasidir. Harakatli o‘yinlarning mohiyati sodda, qiziqarli tuzilgan bo‘lib, uning mag‘ziga xalqona ohang, milliylik, mehr-oqibat, jasorat, mardlik, vatanparvarlik, fidoiylik, insoniylik kabi tuyg‘ular singdirilgandir. Ta’lim va tarbiyaning bunday uyg‘unligi yetuk insonni tarbiyalash uchun dastur vazifasini o‘taydi [7]. 142 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 MAQSAD VA VAZIFALARI Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv tarbiyaviy jarayonida umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyati haqida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan anketa-so‘rovnoma usuli orqali muammolarni o‘rganish. TADQIQOT USULL
Доказательный фрагмент
«Калит сўзлар: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv tarbiyaviy umuminsoniy qadriyatlar, jarayonida umuminsoniy qadriyatlarining o‘rni haqida harakatli o‘yinlar, so‘rovnoma usuli bilan o‘rganish natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюКалит сўзлар: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv tarbiyaviy umuminsoniy qadriyatlar, jarayonida umuminsoniy qadriyatlarining o‘rni haqida harakatli o‘yinlar, so‘rovnoma usuli bilan o‘rganish natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- human values, outdoor games, образовательные процессы, результаты опроса, harakatli o‘yinlar, survey results, o‘quv jarayonlari, umuminsoniy qadriyatlar, общечеловеческие ценности, подвижные игры, educational processes, so‘rovnoma xulosalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026