Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TEMIR YO‘LCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH FAKULTETI UCHUN DASTURIY TA’MINOTNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ((Ташкент, 24-25 ноября 2021 года))
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте · 218-224 · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Laravel dastulash tili va MySQL ma’lumotar bazasi orqali axborot tizimi dasturining interfeysi yaratildi. Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini tashkil etish turlari, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, dasturiy ta’minot qurish 218 “Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года) strukturalari, PHP dasturlash tili, Laravel frameworki va MVC strukturasi, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazi. I. KIRISH. Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohalar qolmadi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va chora-tadbirlar ham aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgandir. “2020-yil 28-aprelda Davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yo‘g‘i 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. Shu bois “elektron o‘qitish dasturi” orqali o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT-mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi ta’kidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi. Misol uchun, bugungi kunda kambag‘al oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak, deyiladi yig‘ilishda. II. MUAMMONING QO‘YILISHI. Temir yo‘l transporti mavjud bo‘lgandan beri va faoliyati davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z vaqtida yuk va yo‘lovchi tashishni ta’minlash hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko‘rinishlarda amalga oshirilmoqda va O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tarmog‘ini o‘tkazish va tashish imkoniyatlarining maksimal xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Yuk va yo‘lovchi tashishni shakllantirish, temir yo‘ldan foydalanish xarajatlarini optimallashtirish, poyezd harakati xavfsizligini ta’minlash xalqaro shartnomalar doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi strategik geografik o‘rinni egallashi va mintaqadagi geosiyosiy rivojlantirish markazi ekanligini hisobga olib, asosiy tranzit yo‘laklari qit’amizning Shimoliy va Janubiy Sharq va G‘arbni bog‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tgan. Bu AJni rivojlantirishni rejalashtirishda hamda qo‘shimcha o‘rganishga va optimallashtirishga muhtoj bo‘lgan muammolarni aniqlashda muhim omil hisoblanadi . III. METOD. Temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning ahamiyati jamiyatimizda xizmat ko‘rsatish sohasida yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish, sohalardagi kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish, ularning qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini oshirishlari hamda xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” 219 “Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года) AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkiloti uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar natijasida sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari to‘liq ko‘rinishdagi zamonaviy markazlashtirilgan axborot tizimiga aylanadi. Shuningdek, bu tizimning ish jarayoniga tatbiq etilishi natijasida minglab xodimlarning malaka oshirish vaqtlari, ularning so‘nggi qayta tayyorlovdan o‘tgan vaqtlari hamda xodimlar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni doimiy ravishda elektron ko‘rinishda saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa nafaqat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlarining malakasini oshirish, ularning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlov b
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korxonalarda mehnat muhofazasini tashkil etish va operativ boshqaruv tizimi., mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarish, operativ boshqaruv tizimi, axborot tizimi, Kalit so‘zlar: mehnat muhofazasi
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020