Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ZAMONAVIY MA’LUMOTLAR BAZASI VA ULARNING TASNIFI
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: ((Ташкент, 24-25 ноября 2021 года))
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте · 125–127 · 2021
Аннотация
Maqolada ma’lumotlar bazasining zamonaviy turlari o‘rganib chiqildi, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rildi hamda bayon etildi. Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazalari, SQL, NoSQL. Kirish. Ma’lumotlar bazasida (MB) saqlanadigan ma’lumotlar har qanday ma’lumot bo‘lishi mumkin, masalan, ilova ma’lumotlari, mahsulot katalogi, xaridorning shaxsiy ma’lumotlari, parollarning xash summasi. Ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarni olish, shuningdek, bu ma’lumotlar ustida amallar bajarish uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (matnda MBBT deb yuritiladi) 198 “Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года) ishlatiladi. MBBT – bu turli foydalanuvchilar tomonidan MB tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish, ma’muriyat qilish va birgalikda foydalanish uchun belgilangan dasturiy, til va boshqa vositalar majmuasidir [1, 2]. Bunday tizimlar, asosan, foydalanilayotgan ma’lumotlar modeli bo‘yicha tasniflanadi. Jumladan, ma’lumotlarning relyatsiya modelidan foydalanishga asoslangan MBlarni relyatsiya MBBTlari deb ataydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari saqlanayotgan axborotni saralashga, ma’lumotlar bazasini tashqi kalitlar yordamida o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi, shuningdek, o‘zgartirishlar va ro‘yxatdan o‘tkazilgan hisobot berishi mumkin [1, 3]. Agar biz ommabop ma’lumotlar bazalari o‘rtasidagi farqlarni solishtiradigan bo‘lsak, u foydalanuvchi uchun qanchalik qulayligini va uning kengaytirilishini hisobga olish kerak, shuningdek, foydalanilgan mahsulotlar bilan axborot tizimiga muammosiz integratsiya qilinishiga ishonch hosil qilish kerak [2, 4]. 1-rasm. DB-Engines reytingi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini mashhurligi bo‘yicha top 10 taligi. [3] Yuzlab SQL va NoSQL ma’lumotlar bazalari mavjud. Ularning ba’zilari mashhur, ba’zilari haqida esa ma’lumot yetarli emas, ba’zilari ishlatishda o‘zining oddiyligi va qulayligi bilan ajralib tursa, ba’zilari foydalanish uchun noqulay. Bunday vaziyatda tabiiy savol tug‘iladi: qaysi ma’lumotlar bazasini tanlash kerak? Bunga javob berish uchun ma’lumotlar bazasi yordamida nimaga erishmoqchi ekanlikni hal qilish kerak. Qaror qabul qilishda har bir ma’lumotlar bazasi nimani taklif etishi mumkin ekanligini e’tirof etish zarur. Umuman olganda, bir xil maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan bir nechta turlar mavjud. Bu turlarning bir necha keng tarqalganlarini ko‘rib chiqamiz. Relyatsion ma’lumotlar bazasi. Har bir ma’lumotlar bazalari bilan ishlagan dasturchi yoki foydalanuvchi ushbu turdagi ma’lumotlar bazasidan ishni boshlaganligi aniq. Bu dastur ommaviyligi va keng tarqalganligi bilan ko‘pchilik foydalanuvchilar e’tiboriga tushgan. Bunday MB ma’lumotlarni muayyan turdagi muayyan ustunlarga ega relyatsion jadvallarida saqlash imkonini beradi. Relyatsion jadvallar normallashtirish va birlashtirish uchun juda qulay. Relyatsion modelning afzalliklari foydalanuvchi tomonidan tushunishning soddaligi va qulayligi, foydalanilgan yagona ma’lumot konstruktsiyasi “jadval” ekanligi, 199 “Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 24-25 ноября 2021 года) ma’lumotlarning to‘liq mustaqilligi, relyatsion ma’lumotlar bazasi o‘zgargarganda dasturdagi o‘zgarishlar minimal bo‘lishi, so‘rovlarni tashkil qilish va amaliy dasturiy ta’minotni yozish uchun tashqi xotirada ma’lumotlar bazasining maxsus tashkil etilishini bilishning hojati yo‘qligi va h.k. Relyatsion model bir qancha kamchiliklarga ham egadir. Masalan, har sohani har doim “jadvallar” ko‘rinishida namoyish etish mumkin emas, mantiqiy dizayn natijasida ko‘plab “jadvallar” paydo bo‘ladi, bu esa ma’lumotlar strukturasini tushunishni qiyinlashtiradi, MB nisbatan katta hajmdagi tashqi xotirani egallaydi, ma’lumotlarga kirishning nisbatan past tezligi va h.k. Hujjatga asoslangan ma’lumotlar bazalari. Hujjatga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi – bu ierarxik ma’lumotlar tuzilmalarini (hujjatlarni) saqlash uchun maxsus mo‘ljallangan ma’lumotlar bazasi va , odatda, NoSQL yondashuvi yordamida amalga oshiriladi. Ular yozuvlarni JSON formatida saqlashga imkon beradi. Ushbu formatda har qanday kalit uchun murakkab qiymat yaratish va darhol bitta yozuvga butun ma’lumotlar tuzilmasini kiritish mumkin. Bunday ma’lumotlar bazasiga misol qilib MongoDBni keltirish mumkin. Bunday MBlarning afzalliklari relyatsion ma’lumotlar bazalari bilan solishtirganda, katta hajmdagi ma’lumotlarni indekslashda va ko‘p sonli so‘rovlarni o‘qishdagi yuqori unumdorlik, SQL yechimlari bilan solishtirganda masshtabni osonlashtirish, ma’lumotlarning “sxemasini” o‘zgartirish qulay: yangi maydonlarni qo‘shish uchun yangilash operatsiyalarini bajarish shart emas, strukturalanmagan ma’lumotlarni saqlashda muammo bo‘lmaydi, obyekt haqidagi barcha ma’lumotlarni saqlash uchun yagona joy: kamroq “qo‘shilish” operatsiya
Доказательный фрагмент
«Maqolada ma’lumotlar bazasining zamonaviy turlari o‘rganib chiqildi, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rildi hamda bayon etildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ma’lumotlar bazasining zamonaviy turlari o‘rganib chiqildi, ularning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rildi hamda bayon etildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’lumotlar bazalari, NoSQL, SQL
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021