К содержанию
РецензированоRU2021

Социально-психологические факторы формирования преступных мотивов у подростков

Feruza RAJABOVA · Durdona ELIYEVA

Общество и инновации · 3 · 308-312 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье описаны социально-психологические факторы несовершеннолетний, формирования преступных мотивов у подростков, подросток, особенности подросткового возраста, факторы трудновоспитуемый, преступности и механизмы их устранения, а также задачи правонарушение, преступление, воспитательной работы. Обосновывается воспитание преступник, школьного, семейного и общественного сотрудничества мотив, как ключевой решающий фактор в воспитании трудных массовая культура, подростков. Также выделяются имеющиеся недостатки в интернет, системе воспитания несовершеннолетних, особенности угроза, конфликтные ситуации, психологии «трудных» подростков, содержание и характер воспитательное проводимой с ними деятельности. сотрудничество, индивидуальный подход. Hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bir davrda mamlakatlar va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli tahdid va xavflar paydo bo‘layotganligi hech kimga sir emas. Bu kabi tahdid va xavflar bizning jonajon vatanimiz O‘zbekistonni va uning ko‘p millatli xalqlarining ham tinchini buzayotganligi ayni haqiqatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiyaga, yoshlarni bilim bilan qurollantirishga, intellektual salohiyat egalarini kamolga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda, bu ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz ongini qamrab olishga urinayotgan “ommaviy madaniyat” o‘z ta’siri bilan odob-axloq, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqaruvchi, millatning qudratiga zarar yetkazuvchi xavfli tahdid ekanligini anglash va bunday tahdidlardan farzandlarimizni, xalqimizni, millatimizni himoya qilish masalasi har bir ziyolining oldida turgan eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa ekanligini, tarixiy merosga e’tibor – millat taqdiriga e’tibor ekanligini Davlatimiz rahbari doimiy uqtirib kelmoqdalar. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida: “Aziz farzandlarim! Yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda, yana bir muhim masalaga e’tibor qaratishingizni istardim. Men bu o‘rinda yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq ayrim muammolarni nazarda tutyapman. O‘zingiz guvohsiz, jahonning ko‘plab mintaqalarida hamon keskin vaziyat saqlanib qolmoqda. Turli nizo va ziddiyatlar avj olmoqda. Hozir butun dunyoda terrorizm, ekstremizm va boshqa tahdidlar internet makoniga kirib, moslashib olgan. Shuning uchun ularga qarshi kurashish oson kechmayapti. Afsuski, ba’zi yoshlarimizda internetdan to‘g‘ri foydalanish 309 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 ko‘nikma va madaniyati yetarli emas. Ayrim yigit-qizlar internetni axborot, bilim va ma’rifat manbai deb emas, balki shunchaki ko‘ngilochar vosita deb bilishadi. Mana shunday mafkuraviy kurash sharoitida yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi, har bir masalada, avvalo, Vatan manfaatini o‘ylab ish tutishi zarur”, degan edi [1]. O‘zbekiston – yoshlar mamlakati. Shuning uchun ham azm-u shijoati baland, g‘oya va tashabbuslari ko‘p yigit-qizlar bilan ishlash siyosati bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi. Ayniqsa, yoshlar siyosati sohasidagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga yangi tizim asosida yondashish bo‘yicha 5ta muhim tashabbus ilgari surilganligi tahsinga loyiqdir. Bu orqali Davlatimiz rahbari kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yoshlarimizni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularni turli zararli va yot g‘oyalar ta’siridan asrashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Ularni eshitish, muammolarini hal qilish, orzu- umidlari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, san’at, musiqa va sportga jalb qilish borasida muhim topshiriqlarni berdilar. Ta’kidlash joizki, barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi yoshlarimiz orasida ham tarbiyasi og‘ir va noqobil farzandlar uchrab turadi. Jamiyatimizda ularning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ular bilan ishlash azaldan dolzarb muammolardan biri hisoblangan. Insondagi tarbiyasi og‘irlik haqida gapirilganda, o‘smirlik davri haqida to‘xtalib o‘tish muhim ahamiyatga ega. Chunki o‘smirlik davri shaxs shakllanishi va rivojlanishi uchun muhim davr bo‘lib, bolalikdan katta hayotga o‘tish hisoblanadi. Bu davrda jismoniy va psixologik o‘zgarishlar bir-biriga muvofiq tarzda o‘zgarmaydi. Buning natijasida turli muammolar vujudga kelib, o‘smirning boshqa shaxslar bilan o‘zaro munosabatiga ta’sir qiladi. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati ham o‘zgaradi. Mazkur davrda o‘smir hayotida, uning ruhi

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье описаны социально-психологические факторы несовершеннолетний, формирования преступных мотивов у подростков, подросток, особенности подросткового возраста, факторы трудновоспитуемый, преступнос…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье описаны социально-психологические факторы несовершеннолетний, формирования преступных мотивов у подростков, подросток, особенности подросткового возраста, факторы трудновоспитуемый, преступнос… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
minor, the content and nature of the activities carried out with them, jinoyatchi, массовая культура, tarbiyaviy hamkorlik, Internet, несовершеннолетний, интернет, offense, motiv, правонарушение, huquqbuzarlik, criminal, individual yondashuv, o‘smir, difficult to educate, crime, motive, jiniyat, threat, teenager, трудновоспитуемый, conflict situations, educational cooperation, воспитательное сотрудничество, individual approach, nizoli holatlar, индивидуальный подход, popular culture, voyaga yetmagan, tahdid, конфликтные ситуации, ommaviy madaniyat, tarbiyasi qiyin, угроза, преступление, преступник, подросток, мотив
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники