К содержанию
РецензированоRU2021

Характер межгрупповых отношений и их определяющие факторы

Erkin YOZIYEV

Общество и инновации · 3 · 452-456 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье, рассматривается психология коллектив, межгрупповых отношений. Которая, является одной из личность, актуальных проблем социальной психологии. В ней, автор индивид, дает важные сведения о характере межгрупповых общение, восприятие, отношений, факторах, его определяющих, способах сотрудничество, правильного понимания группами друг друга. дружба, Также, автор, подчеркивает, что данная проблема, лидер, возможна и актуальна, может и сегодня. А ее изучение, сотрудник. несомненно, ставит перед психологами важные задачи. Jamiyat bu, avvalo, o‘zaro bir-biri bilan ijtimoiy aloqada bo‘lgan kishilarning birligini ifodalaydi. Jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli ijtimoiy birliklar va guruhlar orasidagi turli-tuman aloqa va munosabatlarni qamrab oladi. Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lahzasi uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy negizga bog‘liq, ya’ni uning jamiyatda egallagan o‘rni, nufuzi, mavqei bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz ravishda o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo‘lgan guruhiy faoliyat va yakkahol turmushga, kasb- hunarga aloqador, ya’ni kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma’naviyatga yo‘nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabhalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Individning shaxs sifatida shakllanishida ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Ilk bolalik chog‘idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo‘lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og‘ushida, ularning qalb to‘risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuyini vujudga keltiradi. Demak, shaxsning shakllanish jarayoni juda murakkab jarayon bo‘lib, u jamiyatda mavjud bo‘lgan turli ijtimoiy guruhlar sharoitida kechadi hamda shaxslararo munosabatlar ta’sirida, ya’ni boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lish, munosabat o‘rnatish natijasida amalga oshishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiyning fikricha, “Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kiritolmaydi, ularga ega bo‘lish uchun odamlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sabab yashash uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi 453 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”[1]. E’tibor bersak, bu fikrning zamirida insonning paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi, bu jarayonda jamoaning ro’li va ahamiyati to’g’risida fikr bildirilmoqda. So‘nggi yillarda jahon ijtimoiy psixologiya fanida guruhlararo munosabatlar muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki odam nafaqat o‘zi a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar doirasida, balki yondosh ijtimoiy guruhlar va ularning a’zolari bilan bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar ta’sirida ham shaxsga aylanib boradi. Mutaxassislarning fikricha, aksariyat insonlar faoliyatlari davomida o‘z guruhi doirasidan tashqariga chiqib, boshqa guruhlar bilan ijtimoiy hamkorlik qilishga intiladilar. O‘zaro ta’sir ko‘rsatish, bilim va tajriba almashish har doim ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan. Bunda o‘zaro munosabatlar adolat, beg‘arazlik, samimiylik, ochiqlik, o‘zaro ishonch, haqqoniylik va xayrixohlik kabi fazilatlarga asoslansa, o‘zaro munosabatlarda do‘stlik hukmronlik qiladi, yuzaki munosabatlarga o‘rin qolmaydi [4]. Guruhlararo munosabatlar deganda, turli ijtimoiy qatlamlar, kichik va katta guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, aloqalar nazarga tutiladi. Insonlar turli-tuman bo‘lgani singari, jamoa va guruhlar ham tashkiliy, madaniy va ruhiy jihatlarga ko‘ra turfa xildir. Jamiyat ijtimoiy tizimi qanchalik murakkab va rango-rang ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlardan tashkil topgan bo‘lsa, undagi maqsad-manfaatlar xilma-xilligi ham shunchalik keng va ziddiyatli ravishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, rahbarlar bularni chuqur anglagan holda jamiyat hayotida shaxslararo v

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье, рассматривается психология коллектив, межгрупповых отношений.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье, рассматривается психология коллектив, межгрупповых отношений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
team, leader, employee, лидер, friendship, idrok qilish, дружба, общение, сотрудничество, personality, shaxs, individ, communication, индивид, сотрудник, individual, perception, восприятие, jamoa, cooperation, xodim, личность, rahbar, muloqot, hamkorlik, коллектив, do‘stlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники