К содержанию
РецензированоRU2021

Формы организации дистанционного обучения и их специфика

Mohinur SAIDOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Bukhara State University) · Technical Supply. (Bukhara State University)

Общество и инновации · 3 · 141-150 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье, представлено значение, формы и виды лекция, дистанционного обучения. Рассмотрено, содержание, практикум, достоинства и недостатки лекций, практических занятий. вебинар, Проанализирована перспектива обучения в традиционном дистанционное обучение, базовые концепции, и дистанционном процессе обучения. Дана тьютор, предварительная оценка эффективности, применения микрофон, дистанционного обучения в образовательном процессе. техническое обеспечение. Ta’lim jarayonining maqsadi, vazifalari va mazmuni davrlar oʻtishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirgi davrda jamiyat hayotining barcha jabhalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi oʻqitish shakllariga ham oʻzgarishlar kiritishga ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi oʻqitish texnologiyalarini tubdan qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda. Shu kunga qadar davom etib kelayotgan Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan sinf-dars shakli oʻz kuchini yoʻqotib borayotganligi sezilmoqda. Chunki sinf-dars shaklining oʻquv jarayoni qat’iy oʻrnatilgan dars jadval, nazorat, davomat asosida olib borilishi, bu oʻqitishni individuallashtirish, ijodiy potensialni kuchaytirish, ta’lim oluvchilarning shaxsiy qiziqish va individual xususiyatlarini amalga oshirishga ojizlik qiladi. Oʻqitishning an’anaviy shakli boʻlgan sinf-dars tizimida oʻqitish jarayonida ma’ruza, seminar, laboratoriya ishlari, amaliy mashgʻulotlar, masalalar yechish, namoyish tajriba- lar oʻtkazish, nazorat ishi, malaka ishi, nazorat testi, konsultatsiya va mustaqil ishlar kabi oʻqitishning keng tarqalgan shakllari ishlab chiqilgan. Ularning barchasi masofaviy oʻqitish tizimida ham oʻz oʻrniga ega. Masofaviy oʻqitish tajribasi bugungi kunda ta’lim jarayonining eng optimal shakl, metod, vositalarini tizimlashtirishga imkoniyat yaratadi. Masofaviy oʻqitish shakllari A.A. Andreyev, Ye.S. Polat, I.M. Ibragimov, V.A. Kuklev, A.L. Safonova, M.I. Solodkova, V.P. Tixomirov va boshqalarning ishlarida yoritilgan. Konseptual gʻoyalar masofaviy oʻqitish kurslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishda ma’lum bir tashkiliy-pedagogik, didaktik, texnologik va boshqa qoidalarga asoslanish kerakligini bildiradi va bu masofaviy oʻqitish jarayonini tashkil etishda sifat va samaradorlikka erishishga xizmat qiladigan gʻoyalar hisoblanadi. Masofadan oʻqitish kurslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish uchun qanday konseptual pedagogik qoidalar mavjudligini koʻrib chiqish mumkin. 1. Oʻquv jarayonining markazida ta’lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyati turadi (oʻrgatish, oʻqitish emas). Hozirgi kunda axborotlashgan jamiyatda ta’lim berish, mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qoʻllash odamlarning hayoti davomida zaruriyatga aylandi. 2. Masofadan oʻqitish ta’lim oluvchilarga istalgan joyda va vaqtda bilimni olish imkonini beradigan moslashuvchan ta’lim tizimi hisoblanadi. Bunda ta’lim oluvchi nafaqat ma’lum bir koʻzlangan bilimlarni oʻzlashtiradi, balki mustaqil bilim olishga, ma’lumot bilan ishlashga oʻrganadi, kelajakda amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan amaliy usullarni oʻzlashtiradi hamda bu borada yetarli darajada turli jihatdan kompetentlik darajasi oshadi. 142 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 3 № 1 (2022) / ISSN 2181-1415 3. Mustaqil ravishda bilimlarni egallash nofaol boʻlmasligi kerak, aksincha, bilim faoliyati faqat bilimlarni oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmasligi, balki atrofdagi mavjud turli muammolarini hal qilish uchun ularni qoʻllashni ta’minlashi kerak. Bunday mashgʻulotlar davomida ta’lim oluvchilar, avvalo, bilimlarni qanday egallashni va amalda qoʻllashni oʻrganishlari zarur boʻlgan oʻquv vositalari va ma’lumot manbalarini izlashlari va topishlari hamda ushbu ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak. 4. Tarmoqda ta’lim oluvchilarning mustaqil (individual yoki guruhiy) faoliyatini tashkil etish kamida kunlik oʻqish, har bir ta’lim oluvchining ichki xususiyatlarini ochishni ragʻbatlantiradigan va, shu bilan birga, shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakl- lantirishga yordam beradigan eng yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Avvalo, loyiha uslubidan keng foydalanish, hamkorlikda oʻqitish, tadqiqot, muammoli usullar, koʻp bosqichli oʻqitish, modulli oʻqitish va boshqalardan foydalanish zarur. 5. Masofaviy oʻqitish oʻziga xos xususiyatiga koʻra, bir vaqtning oʻzida nafaqat tyutor bilan, balki boshqa ishtirokchilar bilan ham aloqa, turli xil bilim va ijodiy faoliyat jarayonida hamkorlik qilish imkoniyatini istisno etmasligi kerak. Ijtimoiylashtirish muammolari masofaviy oʻqitish uchun juda dolzarbdir. 6. Masofadan turib oʻqitish u yoki bu differensiatsiyani nazarda tutadi, chunki u dastlab ta’lim xizmatlariga qaratilgan. Binobarin, koʻp darajali oʻqitish texnologiyalari yoki didaktikada ma’lum boʻlgan, ishlatilgan axborot texnologiyalari vositalarida mavjud boʻlgan diff

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье, представлено значение, формы и виды лекция, дистанционного обучения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье, представлено значение, формы и виды лекция, дистанционного обучения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2022 in Science LLC, практикум, тьютор, tayanch tushunchalar, техническое обеспечение, texnik ta’minot, vebinar, микрофон, lecture, microphone, amaliy mashgʻulot, masofaviy ta’lim, дистанционное обучение, tyutor, базовые концепции, distance learning, Technical Supply, ma’ruza, practical training, mikrafon, tutor, лекция, base concepts, вебинар, webinar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники