Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Демократизация общества - как фактор развития политической культуры граждан
Etibor MALLAEVA · Keywords: -/© in Science LLC. (National University of Uzbekistan, Jizzakh branch)
Общество и инновации · 2 · 287-291 · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье, изучены, такие вопросы, как теоретико- ценность, методологическое значение учета проявления политико – демократия, правовой культуры в духовном обновлении общества. методология, Прежде, осознание того, что восстановление духовных политическая культура, независимость, ценностей – это целостный, естественный процесс, философско-правовое заключающийся в росте национального самосознания, наследие, возвращении к традициям и укладу народа, его корням. мышление, духовное возрождение. Hozirda jahon davlatlarining globallashuv jarayoniga tortilishi ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bilan o‘zini yaqqol namoyon etmoqda. Jumladan, turli mafkuralarning mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’sirining yuqoriligi davrimizning asosiy xususiyat- laridan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyo miqyosida mafkuraviy omillarning fuqarolar siyosiy madaniyati va jamiyat barqarorligiga ta’siri mikro – bir mamlakat, mezo – bir mintaqa, makro – global xarakter kasb etmoqda. Bu esa hozirda mavjud mafkuraviy omillarning fuqarolar siyosiy madaniyatiga ta’siri muammosi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib borishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Jamiyat hayotining demokratiyalashishi siyosiy madaniyatning rivojida muhim va hal etuvchi ahamiyatga ega. Bu, bir tomondan, mamlakatimizda yangi hayotni va unga mos jamiyat poydevorini barpo etish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarga mos haqiqiy siyosiy-huquqiy madaniyatning shakllanishi bilan bog‘liq, uchinchidan, bu erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, bu jarayon yurtimizda o‘ta murakkab sharoitda mustabid sho‘ro tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan keskin bir vaziyatda yuz berdi. Jamiyatning ma’naviy yangilanishida siyosiy-huquqiy madaniyatning namoyon bo‘lishini hisobga olish nazariy – metodologik ahamiyat kasb etadi. Demokratiya jamiyat hayotining barcha sohalariga tegishli bo‘lib, ma’naviy hayot negizlarining o‘zgarishi bevosita uning rivojiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek xalqining azaliy orzu-intilishlaridan eng asosiysi ham demokratik jamiyat barpo etishdan iborat edi. Xalqning orzu-armonlari uning ko‘p asrlik madaniy merosida yaqqol aks etadi.Xalqning tarixi uning siyosiy-huquqiy madaniyatining rivojlanishi hamdir. Siyosiy madaniyat rivoji esa, o‘z-o‘zidan, demokratiya uchun kurash tarixini o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlaboq, xalqning orzu-armonlarini amalga oshirishga kirishdi. Adolatli, demokratik huquqiy davlat qurishni o‘zining eng birlamchi va muhim vazifalardan biri sifatida belgiladi. Shu boisdan ham, o‘z haq- huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfa- atlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barka- mol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi. 288 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2021) / ISSN 2181-1415 Demokratik jamiyat qurish uchun, avvalo, demokratiyaning mohiyatini ravshan anglamoq muhimdir. Zero, bu ham siyosiy madaniyat rivoji ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Zotan, demokratiyaning o‘zi nimaligini tushunmasdan turib, uni amalga oshirishga intilish ishni murakkablashtiradi. Odamlar orasida demokratiya to‘g‘risida turlicha tasavvurlar bor. Ularning ba’zilari maqsadga yaqin kelsa, ba’zilari mohiyatdan juda uzoq. Demokratik davlatning tayyor andozasi dunyoda yo‘q yoki demokratik davlat qurishning to‘g‘ridan to‘g‘ri tatbiq etish mumkin bo‘lgan namunali tajribasi ham mavjud emas. Demokratik huquqiy davlatni har bir mamlakat o‘z yo‘li bilan quradi. O’zbekistonda bir asrdan ziyod davom etgan totalitar qaramlikdan keyin bu jarayon dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy ravishda o‘ziga xos inkorni inkor sifatida kechdi. Lekin biz avvalgi tuzumning qadriyat- larini shunchaki inkor etishning o‘zi hech qanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishini anglar edik. Shu bilan birga, o‘tmish qadriyatlarga, an’analarga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka – hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin. Jahon ijtimoiy-siyosiy fanlari e’tirof etgan qonuniyatlarga ko‘ra, xalq o‘z qo‘lida to‘plagan hokimiyatni ikki usulda amalga oshiradi. Bu jamiyatning ma’naviy hayoti va siyosiy madaniyatning o‘zgarishiga ham taalluqlidir. Bu, birinchidan, bevosita demokratiya. Bunda xalqning hech qanday vakillarsiz, hokimiyatni o‘zi amalga oshirishidir. Ushbu usuldagi demokratiyaning huquqiy asosi Konstitutsiyaning “Xalq hokimiyatchiligi” bobi, 9-moddasida mustahkamlangan: “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etila
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье, изучены, такие вопросы, как теоретико- ценность, методологическое значение учета проявления политико – демократия, правовой культуры в духовном обновлении общества.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье, изучены, такие вопросы, как теоретико- ценность, методологическое значение учета проявления политико – демократия, правовой культуры в духовном обновлении общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2021 in Science LLC, spiritual recovery, mustaqillik, духовное возрождение, ma’naviy tiklanish, value, demokratiya, методология, ценность, siyosiy madaniyat, политическая культура, independence, falsafiy-huquqiy meros, tafakkur, thinking, methodology, философско-правовое наследие, philosophical and legal heritage, qadriyat, metodologiya, независимость, демократия, мышление, democracy, political culture
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026