К содержанию
РецензированоRU2021

Социальные факторы, повышающие производительность предприятий

Marguba NAZAROVA

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В сегодняшнем развивающемся мире основным экономика, фактором развития любой страны является экономика. В социальные факторы, экономике социальные факторы играют особую роль в производство, повышении производительности труда, его учета и промышленные предприятия, производительности. Социальные факторы включают затраты на рабочую силу, заработную плату, рабочее время, отпуск и другие условия. рабочая сила, В статье автор подробно рассматривает социальные рабочее время и др. факторы, способствующие эффективному повышению производительности труда, приводит детали и примеры из мнений зарубежных экспертов. Barchamizga ma’lumki, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning bugungi bosqichida, innovatsiyalarni joriy etish, milliy sanoat korxonalar raqobatdoshligini oshirish, ularning iqtisodiy tomonlama mustaqilligini vakatta bozordagi mavqeinimustahkamlashning birlamchi omillaridan biri sanaladi. Mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida innovatsionfaoliyatni rivojlantirishva qo‘llab-quvvatlash insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishningmuhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni muntazam ravishda rivojlanibborishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, jamiyatning rivojlanishi va uning barcha sohalari hamda a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o‘sishiga bog‘liqdir. Shu bilan bir qatorda, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini, turini ham, boringki ijtimoiy – siyosiy tuzumning o‘zini ham belgilab beradi.Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, “Iqtisodiyot” fani mehnat unumdorligi muammolarini o‘rganishni XIX asr oxirida boshlagan. XX-asrning 70-yillaridan boshlab g‘arb mehnat sotsiologiyasi doirasida mehnatni gumanizatsiyalash tendesiyasi o‘rganila boshlandi. Mehnat sharoitini yaxshilashga ko‘proq e’tibor berildi. G‘arb sotsiologlarining fikricha, mehnat insonga azob- uqubat emas, balki, huzur bag‘ishlashi kerak.Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog‘i lozim. O‘tish davrining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri “… sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag‘bat bilan imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo‘l tanlash va faoliyat ko‘rsatish erkinligiga bo‘lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir”. Bu yo‘lda, mehnat sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshiruvchi sotsiologik omillarni va zaxiralarni tahlil qilib o‘rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo‘jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Mehnat unumdorligini hisoblash bir ishlab chiqarish ishchisiga nisbatan natural ifodada o‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish tarzida amalga oshirila boshladi. Bu ko‘rsatkichlar sanoatning alohida tarkibi jihatidan bir xil (galogen) tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotning eng muhim turlari bo‘yicha aniqlandi. So‘ngra iqtisodiyot- ning boshqa tarmoqlarida mahsulot ko‘rsatkichlari hamda mehnat sarflari hisob- 321 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 8 (2021) / ISSN 2181-1415 kitobining rivojlanishi mehnat unumdorligini faqat natura ifodasida emas, balki pul ifodasida va faqat sanoatda emas, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida, xizmat ko‘rsatish sohasini ham qo‘shgan holda hisoblab chiqish imkonini berdi. Hozirgi kunda iqtisodchilarning aksariyati, unumdorlik ishlab chiqarish va jonli mehnat sarflari natijalarining nisbatini, iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish natijalarining jonli va moddiylashgan mehnat sarflariga munosabatini ifodalaydi, deb hisoblaydi. Jonli mehnat sarflari xodimlarning o‘rtacha ro‘yxatdagi soni yoki ishlangan ● kishi kunlari ● kishi soatlari soni ● ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. O‘tgan asrning 50-yillar oxirigacha sotsialistik davlat statistikasida mehnat unumdorligini hisoblash uchun bunda ishchilarning mehnat sarfigina hisobga olingan. 60- yillardan boshlab, ishlab chiqarish xodimlarining barcha toifalari (sanoatda ishlab chiqarish xodimlari; qishloq xo‘jaligida chorvachilik va dehqonchilikda band bo‘lgan xodimlar; qurilishda qurilish-montaj ishlarida, yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lganlar va ularning mehnat sarflari) e’tiborga olina boshladi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o‘laroq faqat mehnatning miqdor ko‘rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko‘rsatkichining yana bir muhim ustunligi unda mehnat resurslarini tejashning aks etishidir. Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi darajasini taqqoslash, shuningdek, uning dinamikasini o‘rganish ishlari boshlanib ketdi.Dastlabki bosqichlarda unumdorlik mehnat unumdorligi sifatida o‘r

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В сегодняшнем развивающемся мире основным экономика, фактором развития любой страны является экономика.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В сегодняшнем развивающемся мире основным экономика, фактором развития любой страны является экономика. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
economy, рабочее время, manufacturing, социальные факторы, ijtimoiy omillar, ishchi-xodimlar, labor costs, sanoat korxonalari, industrial enterprises, ishlab chiqarish, social factors, mehnat soatlari, промышленные предприятия, затраты на рабочую силу, working hours, производство, экономика, рабочая сила, labor force, mehnat sarfi, iqtisodiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники