К содержанию
РецензированоRU2021

Оценка навыков чтения и понимания литературных текстов в обучении родному языку

Shohruh ABDIRAIMOV

Общество и инновации · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируются и комментируются критерии Понимание прочитанного, оценки умения чтения и понимания художественных художественный текст, текстов при обучении родному языку и методика оценка, выполнения заданий. контрольные задания, критерии оценки. 1 Lecturer, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, Tashkent, Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 Ona tili taʼlimida matn ustida ishlash oʻziga xos jarayon boʻlib, oʻquvchi matn orqali til ifoda imkoniyatlarini samarali oʻzlashtiradi, oʻrganadi. Shuning uchun avvalo “matn” tushunchasiga toʻxtalsak, Oʻzbek tilining izohli lugʻatidamatnga quyidagicha izoh beriladi. “Matn [arabcha – yelka, nutqning yosuvdagi ifodasi, tekst] 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat” [8. B. 557]. Ilmiy manbalarda esa unga shunday izoh beriladi: “Matn – nutq koʻrinishi boʻlib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlikdir” [5. B. 5]. Darhaqiqat, matn – tilning ifoda imkoniyatlarini toʻla oʻzida aks ettiradigan kommunikativ birlik hisoblanadi. Shu bois til taʼlimi autentik matn asosida olib borilsa, oʻquvchilar real kommunikativ jarayonlarga tayyor boʻlib boradi. Bu esa, bizningcha, maqsad muvofiq hisoblanadi. Ma’lumki, ona tili ta’limida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish va baholash alohida e’tiborni talab qiladigan jarayon hisoblanadi, chunki ona tili taʼlimida “biror matn tilshunoslik fani nuqtayi nazaridan tekshirilar, biror adabiy til kategoriyalari – leksik, fonetik, morfologik va sintaktik birliklardan qay darajada foydalanganliklari nuqtayi nazaridan oʻrganiladi”[5. B. 8]. Amaldagi holatni ham tahlil qilib chiqqan olima I. Azimova ham oʻzining tadqiqotida quyidagicha izohlaydi: “5-sinfdan keyin matnni tushunish faqat adabiyot darslari bilan cheklanadi. Ona tili darslarida ham baʼzan matndan parchalar beriladi, ammo ular bevosita oʻqib tushunish koʻnikmasini rivojlantirishga qaratilmagan. Adabiyot fani badiiy matn bilan ishlaydi Badiiyat obrazlar bilan ish koʻrar ekan, unda matnda qoʻllangan vositalarni toʻgʻri dekodlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmaydi” [1. B. 220–221]. Shuning uchun ham ona tili ta’limida o‘quvchi uchun badiiy matnni nazariy tahlilqilish koʻnikmasini shakllantirish emas, balki matnning ifoda- mazmuni, yaʼni uni toʻgʻri dekodlash – idrok qilish ahamiyatli hisoblanadi. Shuni ham taʼkidlashimiz kerakki, amaldagi ona tili ta’limida o‘quvchilarimizda o‘qib tushunish malakasini shakllantirish – matn ustida ishlash deyilganda faqat badiiy matn, ustiga ustak, asosan, mumtoz va didaktik matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi shakllantirish nazarda tutilmoqda. Bu, bizningcha, maqsadga muvofiq emas. Negaki, umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilarning hammasi ham kelajakda filolog bo‘lmaydi. Shuni alohida hisobga olishimiz, darsliklarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirayotganimizda ham umumiy jihatidan yondashishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun badiiy matnni o‘qib tushunish malakasini baholash jarayonida quyidagi ko‘nikmalarni tekshirishga va o‘quvchilarda aynan shu koʻnikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratsak, kutilgan natijani beradi deb o‘ylaymiz. Shulardan kelib chiqib, “Ona tili” darslarida badiiy matnni o‘qib tushunish malakasini rivojlantirishda quyidagi ko‘nikmlarni shakllantirish lozim bo‘ladi: – ko‘chma ma’noda ishlatilgan leksik birliklarning ma’nosini anglash; – mantndagi ibora, maqol, hikmatli so‘zlar ma’nosini tushunish; – matnda qo‘llangan sintaktik birlikning vazifasini anglash; – matnda ochiq va yashirin ifodalangan ma’lumotlarni idrok etish; – asar obrazlariga tavsif berish; – matnning yoki uning qismlarining umumiy ma’nosini tushunish; – matn bilan ishlayotganda o‘zlarining shaxsiy fikrlari va tajribalaridan foydalana olish; – matn keltirilgan voqea-hodislar o‘rtasidagi “sabab-oqibat-yechim”, “shakl va mazmun mutonosibligi”, “inkorni inkor qilish”, “qiyoslash”, “izchillik” kabi falsafiy qonuniyatlarni anglash; 380 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 – matnda muallif maqsadini aniqlash; – mant g‘oyasini anglash; – matn mazmunini tushunish va talqin qila olish; – matndagi fikrlar va muallif nuqtayi nazarining aniqligini baholay olish; – matndan olingan bilim va tushunchalarni amalda tatbiq qila olish. Mazkur koʻnikmalarni rivojlantirishda esa turli topshiriqlardan: qisqa javobli ochiq testlar, koʻp variantli test topshiriqlar, moslashtirishni talab etadigan topshiriqlar, “binar” testlar va batafsil javobni talab etadigan ochiq test topshiriqlaridan foydalanish nihoyatda samarali boʻladi. Quyida badiiy matnni o‘qib tushunish malakasini baholashda foydalanish mumkin boʻlgan autentik matn asosida tuzilgan topshiriq namunalarini keltiramiz va ularni tahlil qilib chiqamiz. QUYIDA KELTIRILGAN MATNNI O‘QING VA U ASOSIDA BERILGAN 1–8-TOPSHIRIQLARNI BAJARING. “O‘Z

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируются и комментируются критерии Понимание прочитанного, оценки умения чтения и понимания художественных художественный текст, текстов при обучении родному языку и методика оценка, выпо…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируются и комментируются критерии Понимание прочитанного, оценки умения чтения и понимания художественных художественный текст, текстов при обучении родному языку и методика оценка, выпо… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Reading comprehension, критерии оценки, оценка, literary text, assessment criteria, assessment, контрольные задания, test topshiriqlari, понимание прочитанного, baholash mezonlari, baholash, badiiy matn, oʻqib tushunish, test assignments, художественный текст
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники