Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Проблемы определения возрастных характеристик человека в лингвистической экспертизе
Sevara YAKUBOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Uzbek Language and Literature)
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается проблема определения лингвистическая возраста автора при работе с анонимными текстами в экспертиза, лингвистической экспертизе. В некоторых случаях интеллектуальные необходимо определить возрастные особенности автора. способности, письменная речь, Детально выделены элементы возраста автора. Кроме того, конфликтный текст, анализ лексической стороны текста выявляет, какие графология. именно единицы отражают индивидуальные особенности автора. Yozma nutq inson hayotida muhim rol o‘ynaydi. Gapirish qobiliyati insonning eng ajoyib xususiyatlaridan biri bo‘lib, yozma nutq yordamida odam o‘z fikrlari va bayonotlarini qo‘lyozmalarda aks ettirgan holda tuzatishga qodir. Yozma nutq, qo‘l yozuvi kabi, sud ekspertizasining obyekti bo‘lib, jinoyatlarni ochish va tergov qilish jarayonida katta rol o‘ynaydi. Yozib olingan og‘zaki yoki yozma nutq jinoyatlarni aniqlash va oldini olish uchun zarur bo‘lgan jinoiy ahamiyatga ega va muhim ma’lumotlarning tashuvchisiga aylanadi [1. B. 446–451] Yozma nutqni o‘z-o‘zini boshqaradigan murakkab tizim sifatida qarash kerak, uning faoliyati asosi har xil lingvistik va intellektual ko‘nikmalar majmuasidir. Til ko‘nikmalariga quyidagilar kiradi: imlo, leksik, grammatik, punktuatsiya. Intellektual ko‘nikmalar – fikrlash qobiliyatlari – insonga xos bo‘lgan va uning individual tajribasi va aqliy xususiyatlari tufayli haqiqatni bilish yo‘lini belgilaydi. Ushbu muammoni nafaqat huquqshunoslik, balki tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish dolzarbligiga qaramay, bugungi kunda ushbu sohada izlanishlar yetarli emas. Ijtimoiy xoslik, shaxs intellekti, psixofiziologik holati ham shaxs nutqining individual xususiyatlarini namoyon etishi mumkin. Og‘zaki yoki yozma ko‘rinishdagi matnlarda shaxsning yosh xususiuyatlarini lingvisrtik belgilarga ko‘ra aniqlash lingvistik ekspertologiya uchun dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Quyidagi holatlarda yosh xususiyatiga ko‘ra identifikatsiya belgilarini aniqlash zaruratini yuzaga keltiradi: – Anonim ko‘rinishidagi xatlar; – Yozuv va uslubiy xususiyati o‘zgartirilgan konfliktli sud matnlari; – Sudga taqdim etilgan bir nechta konfliktli matn namunalari; – Matnning gumonlanuvchiga tegishli yoki tegishli emaslik faktini aniqlash. Turli yosh toifasiga ko‘ra nutqning xarakterli belgilarini tasniflash masalasi jahonda K. Androutsopoulos, K. Jannis [1. B 76–155], Bourhis R.Y., Giles H., Rosenthal D. [2. B. 55–145], Budzhak-Jones, Svitlana / Poplack, Shana [3.55-28], Jenny Cheshire [4. B. 3-16]lar tomonidan amalga oshirilgan. O‘zbek tili yozma matnlari o‘zining xarakterli xususiyatlariga egaligi bilan boshqa tillardan farq qiladi. Shu boisdan jahonda shaxsning yosh xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan mezonlar o‘zbek tilidagi matnlar uchun ham umumiy deb aytib bo‘lmaydi. O‘zgartirilgan yozuv shakli, o‘zgartirilgan uslub shaxsga xos individual xarakterli xususiyatlarni aniqlashda murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda konfliktli matnda yoshga oid ma’lumotlarni aniqlashning zarurati bevosita bu borada yirik ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi lozimligini ko‘rsatadi. Xususan ushbu ma’lumotlar bazasi sirasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 352 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415 1. Turli yosh toifalariga ko‘ra yozuvning dinamik o‘zgarish sxematikasi; 2. Turli yosh toifalariga ko‘ra nutqning individual xoslanish belgilari; 3. Turli yosh toifalariga ko‘ra so‘zlarning qo‘llanilish shakli va chastotasi; 4. Turli yosh toifalariga ko‘ra barqaror birikmalarning qo‘llanilishi; 5. Turli yosh toifalariga ko‘ra grammatik unsurlarning qo‘llanilish shakli. Ushbu jarayonni amalga oshirish tartibini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin. 1-jadval. Shaxsning yosh xususiyatini aniqlash bo‘yicha bajariladigan ishlar ketma-ketligi Grafologiyada maxsus tajribalar orqali shaxsning yoshga xos ayrim xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yuzaga keladi. Sababi qo‘l yozuvi shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etadi. Qo‘l yozuvi orqali shaxsning psixofizologik holatlari aniqlanib, yozuv shakli, bosim, dinamika orqali yoshga oid diagonostikani ham amalga oshirish mumkin. Yosh xususiyatlarini aniqlashda asosiy obyekt nutq sanaladi [2-5]. Nutq faoliyati mahsuli barcha nutq ekspertizasi uchun umumiy obyektdir (lingvistik, avtosensiya, fonoskopik), ammo faqat lingvistik ekspertiza uchun yaxlitlik, izchillik, to‘liqlik va hokazo sifatlarga ega bo‘lgan nutq mahsuloti tadqiqot obyekti hisoblanadi. Tahlil qilinishi lozim bo‘lgan nutq har qanday moddiy vositada yozib olingan yozma matn yoki og‘zaki nutq shaklida ishlaydi: ● bosma nashrlar (kitoblar, risolalar, varaqalar va boshqalar); ● har qanday moddiy vositada, shu jumladan raqamli formatda taqdim etilgan matnlar (veb-sahifalarning skrin shotlari; messenjerlarda electron aloqa skrinshotlari; grafitlarning fotosuratlari, shiorlar va boshqalar); ● aralash nutq asarlari – krelizlangan matnlar (memlar,
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается проблема определения лингвистическая возраста автора при работе с анонимными текстами в экспертиза, лингвистической экспертизе.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается проблема определения лингвистическая возраста автора при работе с анонимными текстами в экспертиза, лингвистической экспертизе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2021 in Science LLC, lingvistik ekspertologiya, conflict text, лингвистическая экспертиза, written speech, письменная речь, grafologiya, intellectual ko’nikmalar, intellectual skills, конфликтный текст, интеллектуальные способности, konfliktli matn, linguistic expertise, графология, yozma nutq, graphology
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026