К содержанию
РецензированоRU2021

Условия организации процесса технологического образования на основе кредитно-модульной системы

Atajan AVAZBAYEV · Yunus JORAYEV · Zeboxon TURSUNHOJAYEVA

Общество и инновации · 1 · 285–288 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается кредитно-модульная Кредит, система образования, ее цель и задачи, содержание, схема модуль, модульных образовательных программ и условия кредит-модуль, кредитная организации технологического образовательного процесса система образования, кредитно-модульная на основе кредитно-модульной системы. система, учебная нагрузка. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 8-oktyabrda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847 Farmoni imzolandi [1-5]. Ushbu farmon asosida “Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish” belgilab berildi. Shuningdek, 2030-yilga qadar Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim muassasasini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tildi. 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimiga o‘tkazilgan 33 ta oliy ta’lim muassasasi qatorida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlatni pedagogika universitetining 1 kurs talabalari xam kredit-modul tizimi asosida o‘qishni boshlashdi. Universitetning 5112100-Texnologik ta’li ta’lim yo‘nalishi ta’lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish shart-sharoitlari mazmunini yoritishdan oldin Kredit-modul tizimi, uning zaruryati, mazmuni va afsalliklari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz [6-10]. Kredit-modul tizimi, bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash [11-13]. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkun: 1. o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; 2. bitta fan, kurs (kredit)ning qiymatini aniqlash; 3. talabalar bilimini reyting bali asosida baholash; 4. talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda mustaqil tuzishlariga imkon yaratish; 5. ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish, mustaqil ta’limga alohida e’tibor berish; 6. ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi. 172 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 Kredit-modul tizimining asosiy maqsadi – dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabaga mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha yondashuv,munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir [14-17]. Mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan,ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan tizim xisoblanadi. Ta’lim jarayoni ushbu tizim asosida olib borilayotgan ilg‘or xorijiy OTMlar tajribasiga ko‘ra, kredit-modul tizimida o‘quv jarayoni har semestrda 4 tadan 8 tagacha moduldan iborat bo‘ladi [18-22]. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy,ham mazmuniy jihatdan bir-birini o‘zaro uzviy to‘ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba yuqori malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Modulga asoslangan o‘quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va ular quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi: 1. o‘quv maqsadi hamda vazifalarning to‘liq ochib berilishi; 2. talabaning fanni (kursni) tugatgandan keyingi orttirishi lozim bo‘ladigan malakalariga qo‘yiladigan talablar; 3. modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya’ni ma’ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejasi, mustaqil ta’limni baholash uchun mo‘ljallangan topshiriqlar; 4. o‘qitishning qisqacha bayoni: ta’lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat. Modul asosida o‘qitish tizimida talabalar bilimi, malakasi hamda ko‘nikmasini baholashda reyting baholash tizimidan foydalaniladi. Unda talabaning barcha o‘quv faoliyati, ya’ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida olgan, o‘zlashtirgan bilimlari ball berish orqali baholanadi [23]. Kredit (credit)-talabaning alohida ta’lim yo‘nal

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается кредитно-модульная Кредит, система образования, ее цель и задачи, содержание, схема модуль, модульных образовательных программ и условия кредит-модуль, кредитная организации те…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается кредитно-модульная Кредит, система образования, ее цель и задачи, содержание, схема модуль, модульных образовательных программ и условия кредит-модуль, кредитная организации те… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
credit, модуль, учебная нагрузка, o’qish yuklamasi, ta’limning kredit tizimi, module, кредитная система образования, кредитно-модульная система, Кредит, кредит-модуль, Kredit, credit module, kredit-modul, credit education system, credit and modular system, kredit-modul tizimi, modul, academic load
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники