К содержанию
РецензированоRU2021

Фонетическая лаборатория и курсы иностранного языка

Elyor MARUFOV

Общество и инновации · 7–20 · 2021

Аннотация

Ключевые слова: В этой статье обсуждаются такие вопросы, как фонетическая фонетическая лаборатория и ее функции, роль языковой лаборатория, лаборатории в обучении иностранным языкам, а также звук, развитие разговорных навыков студентов с помощью произношение, слух, умение, языковой лаборатории. аудирование. Til o‘rganishda gapirish va tinglash ko‘nikmasi muhim tarkibiy qismlardan hisoblanadi. Kommunikativ maqsadga ega bo‘lgan til dasturlari haqiqiy audio materiallar va audio visual jihozlar asosida gapirish vazifalarining sifatiga e’tibor qaratilishi kerak. Gapirish faoliyatining mazmuni, haqiqiyligi nuqtai-nazaridan til o‘rganuvchilar, ularga pedagogik yordam ko‘rsatib turilganda, haqiqiy, asl suhbatlarni(native speaker’s speech) tinlaganda xorijiy tilni o‘rganishga qiziqishi ortadi va malakalari rivojlanib boradi [1:114]. Fonetik laboratoriya-o‘quvxona hamda ovozdan yuqori sifatli nusxa olish tizimlari hamda ovoz o‘tkazmaydigan tajriba budkalardan iborat xonadir. Budkalarda to‘g‘ridan- to‘g‘ri ovozni diskka yozish va qayta eshitish shuningdek, ulardan boshqa tajribalarda foydalanish mumkin. Laboratoriyada turli ovoz yozib olish uskunalar, magnifonlar hamda dinamik mikrofonlar mavjud bo‘ladi. Shuningdek fonetik laboratoriya o‘z ichiga PC kompyuterlari, oddiy kompyuterlarni oladi, ulardan talabalar ham dars o‘tish uchun ham nutqni tahlil qilish uchun foydalanishlari mumkin. Laboratoriyada talabalar amaliy fonetik topshiriqlar bajarish uchun mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Talabalar alohida topshiriqlar, loyihalarni bajarishi uchun ham laboratoriyadan foydalanadilar [3:9]. Laboratoriya yordamida gipotezalarni tekshirish va tajribalar o‘tkazish uchun spektogrammalar va akustik spektrlar yasash mumkin. Fonetik mashg‘ulotlarda talabalar muntazam ravishda boshqa tillarning tovushlar tizimi bo‘yicha mashg‘lotlar olib boradilar. Xususan, laboratoriyalar ingliz va boshqa tillarning unli harflarning diftong va monoftonglarning xususyatlarini o‘rganishda muhimdir. Shuningdek talabalar bir necha tillarning akustik jihatdan tahlil qiladilar. Til laboratoriyasida raqamli ovoz yozish jihozlari mavjud bo‘lib undan seanslarni, shuningdek talabalar o‘z talaffuzlarini, nutqlarini yozib olishda foydalanish mumkin. Bunda ovoz yozish moslamalari ovoz balandligi va doimiy yuqori sifatini ta’minlaydigan mikrofonlardan ham foydalanish mumkin [3:17]. Bundan tashqari laboratoriyada statik palatografiya qilish uchun polaroid kameralar mavjud bo‘ladi. Kameralar oynalar bilan jihozlangan bo‘lib, tanglayda til artikulyatsiyasi dalillarini suratga olishga imkon beradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida laboratoriya so‘zi quyidagicha izohlangan. Laboratoriya [lot. laboratorium-ishxona, laborare-ishlamoq] 1. Ilmiy tekshirishlar, tajribalar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun kerakli apparat va asboblar bilan jihozlangan ilmiy muassasa yoki uning bo‘limi va ular joylashgan bino [5:481]. Til laboratoriyasida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘qituvchilar qisqa akademik topshiriqlar, radio-dasturlar, asl suhbatlar, audio kitoblar, qo‘shiqlar, qisqa hikoyalardan topshiriqlar tayyorlashlari mumkin. 85 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 4 (2021) / ISSN 2181-1415 O‘qitish jaroyonida audio-vizual jihozlar ham bo‘lishi kerak. Gapirish va tinglash ko‘nikmasida aksariyat til dasturlari o‘z ichiga magnitofon, ovoz yozish, raqamli ma’lumot va dasturiy ta’minotni oladi. Karter va M. Makkerzi ta’kidlashicha 1970 yillarning o‘rtalaridan ovoz yozib olish va qayta eshitish amaliy darslar uchun ko‘p qulayliklar yaratgan, mahalliy so‘zlashuvchilar yoki talabalar suhbati til auditoriyalarida keng miqiyosda tinglangan. Ovoz yozib olish tasmalaridan tashqari audio-til laboratoriyalari talabalarga nutq xususiyatlari haqida ma’lumot berishda ham keng qo‘llanadi. Til laboratoriyalari til o‘rgatish jaroyonida uzoq vaqtlardan buyon muhim o‘rin tutadi. Til laboratoriyasining eng asosiy vazifasi tilni o‘rganayotgan talabalarga eshitish hamda gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishdir. Til laboratoriyasining amaliyotga tadbiq etilishi bilan aksariyat xorijiy til o‘qituvchilari amaliy tilshunoslik fanida foydalanish uchun yangi texnologiyalarni takomillashtirdilar.[1:114] Baygeyt (2001) shunday deydi: ovoz yozish lentalari, magnitofon va til laboratoriyasi 1950-yillarda shakllanishi bilan, ular asosan talabalarga talaffuz qilish, grammatika va tarjima amaliyotlarida keng qo‘llanilgan. 1960-yillarda til laboratoriyasi shiddat bilan filolog o‘qituvchilar orasida eshitish ko‘nikmasini o‘rgatishda mashhur bo‘lib ketdi, biroq shu bilan birgalikda ba’zi o‘qituvchilar til laboratoriyasini tanqid ostiga oldilar. Buning asosiy sababi ikkita: 1) Laboratoriyada ishlaydigan o‘qituvchilar laboratoriya jihozlaridan foydalanishni mukammal bilishmagan; 2) Boshqa o‘qituvchilar laboratoriyani talabalar gapirish ko‘nikmasini o‘stirishda muhim o‘rin tutishini hisobga olishmagan;. Til laboratoriyasining asosiy vazifasi talabani

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В этой статье обсуждаются такие вопросы, как фонетическая фонетическая лаборатория и ее функции, роль языковой лаборатория, лаборатории в обучении иностранным языкам, а также звук, развитие разговорных…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В этой статье обсуждаются такие вопросы, как фонетическая фонетическая лаборатория и ее функции, роль языковой лаборатория, лаборатории в обучении иностранным языкам, а также звук, развитие разговорных… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phonetic lab, pronunciation, fonetik laboratoriya, звук, умение, talaffuz, tovush, произношение, sound, аудирование, tinglash, hearing, eshitish, skill, ko’nikma, слух, listening, фонетическая лаборатория
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники