Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ПОНЯТИЯМ ЭКСПОРТА И ЭКСПОРТНОГО ОРГАНА
Xurramov Ramazon Allayor o’g’li
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan. Kalit so’zlar: eksport, salohiyat, xalqaro savdo, iqtisodiy rivojlanish, Har qanday mamlakat jahon xo‘jaligiga kirib borish jarayonida ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni eksport qilib, ichki iste’moli uchun zarur, yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan tovar va xizmatlarni import qilish orqali xalqaro savdo aloqalarida ishtirok etadi. Xalqaro savdoda ishtirok etish mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar ayriboshlash ko‘lamini oshiradi, buning natijasida mamlakatning mavjud resurs salohiyatidan samarali foydalanish darajasi ortib boradi, aholi ehtiyojlari to‘laroq qondiriladi, jahonda erishilayotgan fan va texnika yutuqlaridan imkon qadar samarali foydalanish natijasida mamlakatda ishlab chiqarish sur’ati ortib borib eksport salohiyatidan samarali foydalanishga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Eksport salohiyatidan samarali foydalanish natijasida mamlakatda tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashuv barobarida resurs unumdorligi ortadi, ishlab chiqarishning umumiy hajmi oshib boradi. “Eksport” so‘zi aslida lotincha “exporto” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilinganda “chetga chiqaraman” degan ma’noni bildiradi. Bunda, odatda, bir mamlakatdan bosha mamlakatga u yoki bu xildagi moddiy boyliklar, kapital, bilimlar, ishchi kuchi va hokazolar olib chiqib ketish tushuniladi. Ayni paytda, Qonunda eksport tushunchasiga ikki xil tarif berilgan. Ularning birinchisi – tovarlar eksportiga, ikkinchisi ishlar (xizmatlar) eksportiga taalluqli. Yani, “Tovarlar eksporti deb tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qaytarib olib kelish majburiyatisiz, - agarda Qonunchilikda boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, - olib chiqib ketishga; ishlar (xizmatlar) eksporti deb esaO‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga, qaerda 202 bajarilishi (ko‘rasatilishi)dan qat’iy nazar, ishlar (xizmatlar)ni bajarib berish (ko‘rsatish)ga aytiladi”1. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uning eksport salohiyati qanchalik rivojlanganligi, tashqi savdodagi katta ijobiy saldosi orqali ko‘zga tashlanadi. avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. ok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan. Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va isloh qilish tashqi sadoni erkinlashtirish va valyuta amaliyotlarini tartibga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va xususiy biznesni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatda ijobiy natijalarga erishish imkonini yaratib, mamlakatimizda investitsiyaviy va ishbilarmonlik harakatini faollashuvini rag‘batlantiradi. Eksportga tashqi talabning o‘sish tendensiyasini saqlanib qolishi, investitsiyaviy faollikning ortishi hamda iqtisodiyotning real sohasini barqaror amal qilishi iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirishga bog‘liqdir. Bugungi kunda eksport salohiyatini yuksaltirish bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, investitsion faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mamlakatimizning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas bir qismidir. O‘zbekiston katta xom-ashyo zahiralari va yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bu esa davlatimizning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishiga imkon yaratadi. Iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarning jahon iqtisodiy 1 Ўзбекистон Республикасининг “Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида”ги Қонуни (2000 йил 26 майдаги янги таҳрири). 203 aloqalariga uyg‘unlashib ketishi milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili sanalib, mamlakatning yetakchi tarmoqlarini jahon bozorlarida mavjud shart-sharoit va talab nuqtai- nazaridan takomillashtirib borishni hamda korxonalarda xo‘jalik yuritishning butunlay yangicha iqtisodiy va boshqaruv munosabatlarini shakllantirishni taqozo etadi. Davlatimizning jahon iqtisodiyoti va unda ro‘y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradi, tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta qurilishi milliy iqtiso
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xalqaro savdo, eksport, iqtisodiy rivojlanish, salohiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025