Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SPORT MAVZUSIGA OID KOʻRSATUVLARNI TAYYORLASH VA EFIRGA UZATISH MEXANIZMI. (SPORT TELEKANALI MISOLIDA)
UZATISH MEXANIZMI. · (SPORT TELEKANALI MISOLIDA) · Dilyafruz Jumamuratova
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this scientific article, we will study the mechanism of preparation and broadcasting of sports news and programs on the example of the Sport TV channel and the analysis of the programs currently operating on this channel. Keywords: Sport tv, "Sport online", "Match bot", "Healthy wrestler", "One step to victory", "Future champion", "Be on the move", "World of Super League." Zone Time". МЕХАНИЗМ ПОДГОТОВКИ И ТРАНСЛЯЦИИ СПОРТИВНЫХ ПРОГРАММ. (НА ПРИМЕРЕ СПОРТИВНОГО ТЕЛЕКАНАЛА) Аннотация. В данной научной статье мы изучаем механизм подготовки и выхода в эфир новостей и программ на тему спорта на примере анализа программ, действующих в настоящее время на телеканале «Спорт». Ключевые слова: Спорт ТВ, «Спорт онлайн», «Матч-бот», «Здоровый борец», «Один шаг до победы», «Будущий чемпион», «Будь в движении», «Мир Суперлиги». Зонное время». Sport olamida sodir boʻlayotgan eng muhim voqealarni izlash, tahlil qilish va efirga uzatish jarayonlari jurnalist faoliyatida oʻziga xos malaka va mahoratni talab etadi. Bunda sport mavzusini yoritish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarni yoritishdan tubdan farq qiladi. Sababi sport mavzusini keng ommaga taqdim etishda muxbir jurnalistika janrlari, tili va uslubini bilishi bilan birga, tahlil qilayotgan sport turi boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Odatda sportga ixtisoslashgan telekanallar muxbirlari u yoki bu sport turini chuqur oʻrgangan, terma jamoa yetakchi sportchilari va ularning bosh murabbiylari bilan doimiy muloqatda boʻlib turadi. Sportchilarning erishgan yutuqlari, qaysi musobaqa yoki olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgani va ularning kelajakdagi rejalari haqida maʼlumot toʻplaydi. Sport oʼyinlari paytida voqea va hodisalar soniyalar ichida oʻzgarishi mumkin. Shu sababli ham sport musobaqalarida ishtirokchi atletlar roʻyxati oʻzgarmaydi, lekin natijalar kutilmagan boʻladi. Masalan, kimdir finalga chiqadi, boshqasi esa jarohat olib, oʼyin maydonini tark etadi. Mana shunday vaziyatlarda jurnalist oʼz respondentini suhbatga torta olishi va tayyorlagan reportajini tezkor ravishda efirga uzatishi kerak. Sport sohasi boshqa sohalarga qaraganda oʻzining 2 29 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jonliligi bilan ajralib turadi. Sababi koʻplab olimpiya va terma jamoa oʼyinlari toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi. Sharhlovchi jurnalist esa, oʼyin jarayonlarini bevosita sharhlashga harakat qiladi. Ayniqsa sport oʼyinlari haqida batafsil maʼlumotlarni auditoriyaga jonli ravishda yetkazish jurnalistdan ancha bilim va koʻnikmani talab etadi. Sport mavzusiga oid eng soʻnggi yangiliklarni tezkor tarzda keng ommaga taqdim etishda yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan sportga ixtisoslashgan telekanallar yetakchilik qilib kelmoqda. Shu oʻrinda "Sport teleradiokanali" ning oʼrni beqiyosdir. Sport telekanali "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4- noyabrdagi Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan tashkil etildi. Sport teleradiokanalining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga, mamlakatimizda va chet ellardagi muhim sport tadbirlarini, respublika sportchilarining yutuqlarini yoritishga yoʻnaltirilgan telekoʻrsatuvlarni tayyorlash; 2. Sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy tadbiq etish, milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini qayta tiklashga qaratilgan tele dasturlarni tayyorlash; 3. Xorijiy teleradio kompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan, jahon sporti, olimpiya harakati va xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bagʻishlangan dasturlarni olib koʻrsatish; 4. Xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilishni tashkil etish. Telekanal tashkil etilgan dastlabki yillarida: "Поколения XXI", " Start", "Sport onlayn", "Sogʼlomjon-polvonjon", "Match bot", "Texnosport", "Sport yangiliklari" kabi koʻrsatuvlar efirga berilgan. Bu koʼrsatuvlar tarkibidagi "Sogʼlomjon-polvonjon" koʼrsatuvi bolalar hayoti va ular orasida sogʻlom turmush tarzini tahlil qilishni maqsad qilgan boʻlsa, "Sport onlayn" koʼrsatuvi Jahon chempionati va sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri tamosha qilish imkonini beradi. Sport olamida yuz berayotgan eng soʻnggi yangiliklar sharhi bilan oʻzbek tilida "Sport yangiliklari" va rus tilida efirga uzatiladigan "Новости спорта" teledasturlari orqali yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Ushbu telekanalning 2024-yil 17-iyul kuni efirga berilgan koʻrsatuvlar tarkibi quyidagilardan iborat: "Harakatda boʼl", "Tanlov", "Boʻlajak chempion", "Superliga olami", "Gʼalabaga bir qadam", "Hudud vaqti", "Kibersport", "Sport yangiliklari " va "Bizning kurash". Yosh avlodning sportga boʻlgan qiziqishlarini keng ommaga taqdim etish va kichik yoshdagi bolalar yutuqlarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola etish va shu orqali sport bi
Доказательный фрагмент
«In this scientific article, we will study the mechanism of preparation and broadcasting of sports news and programs on the example of the Sport TV channel and the analysis of the programs currently operating on this c…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this scientific article, we will study the mechanism of preparation and broadcasting of sports news and programs on the example of the Sport TV channel and the analysis of the programs currently operating on this c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sport tv, "Sport online", "Match bot", "Healthy wrestler", "One step to victory"
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026