Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK
Xongeldiyeva Sevara Shuxrat qizi · Umurqulov Bekpo’lat
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article contains comments on the unique role of world and eastern oratory art in speech culture, its unique criteria, and the formation of practical skills to determine the possibilities of the speaker to use language units in the formation of cultural speech. Key words: Speech, oratory, speech etiquette, eastern and world speech culture, composition of Cicero's oratory speech, oratory art and speech etiquette in ancient Greece. РЕЧЕВАЯ КУЛЬТУРА И РЕЧЬ Аннотация. В данной статье раскрывается уникальная роль мирового и восточного ораторского искусства в культуре речи, его специфические критерии, формирование практических умений определять возможности говорящего использовать языковые единицы при формировании культурных речевых комментариев. Ключевые слова: Речь, ораторское искусство, речевой этикет, восточная и мировая речевая культура, композиция ораторской речи Цицерона, ораторское искусство и речевой этикет в Древней Греции. Nutq madaniyati har bir shaxsning umumiy madaniyatining bir qismi bo’lib hisoblanadi. Nutq madaniyati insonning fikrlarini aniq, ravon, sodda, tushunarli va ifodali qilib tinglovchilarga yetkazishga yordam beradi. Bo’lajak pedagoglar uchun muomala madaniyatini, nutq madaniyatini egallash ayniqsa zarur bo’lib hisoblanadi. Nutq madaniyatining nozik qirralarini bilish, nutq sofligiga va to’g’ri talaffuzga erishish lozim. Pedagog o’z fikrlaini talabalarga aniq va Ravshan yetkazish natijasidagina yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichlariga erisha oladi. Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo‘limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o‘zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog‘lik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. 1 23 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob- axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan. Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. Ma’lumki, nutq madaniyati notiqlik bilan chambarchas bog‘liq. Insoniyat azal-azaldan o‘z fikrlarni ifodalash, tinglovchiga yetkazishda ifodali va ta’sirchan so‘z va jumlalardan foydalanishga intilib keladi. Davrlar o‘tishi bilan tildan foydalanish san’at darajasiga ko‘tarildi va bu san’atning yorqin ko‘rinishi bo‘lgan notiqlik yuzaga keldi. Notiqlik mahorati predmeti-og’zaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta‘sirchan yetkazish malakasini egallash haqida tushuncha beradi. Notiqlik san‘ati murakkab san‘at bo’lib, uni egallash kishidan qunt, chidam, malaka va tajriba talab etadi[5,5]. Shaxslarning o‘zaro muloqot jarayonida tilning eng muhim ijtimoiy vazifalari o‘z aksini topadi. So‘zlovchi yoki yozuvchi aloqa jarayonida tildagi mavjud lisoniy vositalardan foydalanishda aniq bir kommunikativ maqsadni, ya’ni tinglovchiga ma’lum bir voqea-hodisa to‘g‘risida ma'lumot bеrish yoki olish, munosabat bildirish yoki fikr ifodalash orqali tinglovchi yoki o‘quvchi ongiga, his-tuyg‘ulariga ta'sir etishni ko‘zda tutadi. Aynan mana shu maqsad nutqiy aloqa mundarijasini bеlgilab bеradi. Shu o‘rinda nutq madaniyati va odobi nima, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Nutq madaniyati avvalo,to‘g‘ri,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so‘zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so‘z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni
Доказательный фрагмент
«This article contains comments on the unique role of world and eastern oratory art in speech culture, its unique criteria, and the formation of practical skills to determine the possibilities of the speaker to use lan…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article contains comments on the unique role of world and eastern oratory art in speech culture, its unique criteria, and the formation of practical skills to determine the possibilities of the speaker to use lan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Speech, oratory, speech etiquette, eastern and world speech culture
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026