К содержанию
РецензированоRU2026

О конкуренции и монополии

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ · RAQOBAT VA MONOPOLIYA · Turdaliyev Jahongir Komiljon o’g’li

in Library · 2026

Аннотация

В данной практической работе предоставлена информация о конкуренции и монополии, и создан кроссворд в соответствии с этим. Kalit so'zlar: raqobat, monopoliya, resurslar, statistika, aralash iqtisodiyot Key words: competition, monopoly, resources, statistics, mixed economy. Ключевые слова: конкуренция, монополия, ресурсы, статистика, смешанная экономика. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Ushbu mavzuda raqobatning mohiyati ва ob’yektiv asoslari, turlari va shakllari hamda raqobatlashish usullarini, monopoliyaning mohiyati, turlari, shakllari hamda uning afzalliklari va ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlarini ochib beramiz. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi qonunchilik kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. 8.1. Raqobatning mohiyati, shakllari, turlari va usullari. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’yektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini, ya’ni kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchini yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - tartibga solish vazifasi-ishlab chiqarishni talab, ya’ni iste’molga muvofiqlashtirish maqsadida http://web-journal.ru/ 8 Часть-19_ Том-6_ Апрель -2024 ISSN: ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ 3030-3680 taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi; - resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi; - innovatsion vazifasi-fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’yektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi; - moslashtirish vazifasi-korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining kengayishiga o‘tishini bildiradi; - taqsimlash vazifasi-ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi yalpi ichki mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi; - nazorat qilish vazifasi-bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi. Sof monopoliyada tarmoq bitta korxonadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. http://web-journal.ru/ 9 Часть-19_ Том-6_ Апрель -2024 ISSN: ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ 3030-3680 Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab c

Доказательный фрагмент

«В данной практической работе предоставлена информация о конкуренции и монополии, и создан кроссворд в соответствии с этим.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной практической работе предоставлена информация о конкуренции и монополии, и создан кроссворд в соответствии с этим. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competition, monopoly, resources, statistics, mixed economy, монополия, monopoliya, ресурсы, raqobat, aralash iqtisodiyot, статистика, конкуренция, смешанная экономика., resurslar, statistika, mixed economy.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники