К содержанию
РецензированоRU2024

РОЛЬ ПРАВОВОГО ПРОСВЕДЕНИЯ И ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СИСТЕМЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА

Behzod Raxmanov Baxshilloyevich · RIGHTS SYSTEM

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This thesis presents a statement of views on human interests, human rights and obligations, and on improving legal education in people. Key words: legal awareness, legal education, human rights, human obligations. РОЛЬ ПРАВОВОГО ПРОСВЕДЕНИЯ И ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ В СИСТЕМЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА Аннотация. Данная дипломная работа содержит изложение взглядов на формирование в сознании людей интересов, прав и обязанностей человека и повышение правового образования людей. Ключевые слова: правосознание, юридическое образование, права человека, обязанности человека. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim aholining, ayniqsa, yoshlarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, ularda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishiga, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarining oshishiga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-fevralda “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-46-son Qarori qabul qilingan edi. Ushbu Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Shuningdek, ushbu Qarordan 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» bo‘yicha tegishlicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etish;1 1 Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iy davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.Tom 1.- T.: O‘zbekiston, 2017.-233-295 b. 9 31 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ - har yili «Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar» milliy tanlovi o‘tkazib borish; - inson huquqlari sohasida ta’lim olish bo‘yicha elektron platformani yaratish; - tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishini tashkil etish va boshqa ko‘plab chora-tadbirlar nazarda tutilgan edi. Ta’kidlash joizki bunga qadar ham mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Xususan, 2019-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi huzurida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari uchun Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilingan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlarining inson huquqlari sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o‘quv moduli ishlab chiqilgan va mazkur modul asosida jami 400 nafardan ortiq rahbar xodimlar o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan edi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari, jumladan, yurtimiz musulmonlari Asosiy Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklardan keng foydalanmoqdalar. Xususan, ushbu hujjatning yangi qabul qilingan tahririda vijdon hamda e’tiqod erkinligi alohida kafolatlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan. Yurtimizda bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari Bosh Qomusimiz belgilab bergan teng huquqlilik va keng imkoniyatlardan foydalanib, totuvlik va hamjihatlikda yashamoqdalar. Ular ertangi kunga komil ishonch bilan mehnat qilib, yagona Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Unda nafaqat xalqchil tamoyillarga, balki ming yillar davomida rivojlanib kelgan milliy ma’naviyatimiz asoslariga ham tayanadi. Zero, har bir millat o‘zining ruhiy-e’tiqodiy ildizlaridan uzilsa, inqirozga uchrashi tabiiydir. Allohga b

Доказательный фрагмент

«This thesis presents a statement of views on human interests, human rights and obligations, and on improving legal education in people.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis presents a statement of views on human interests, human rights and obligations, and on improving legal education in people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
legal awareness, legal education, human rights, human obligations, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, правосознание, права человека, human obligations., inson majburiyatlari., юридическое образование, inson huquqlari, обязанности человека.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники