ВостоковеденияСАИДАКБАРОВA УМИДА2018
Основные направления и проблемы в историографии династии Афригидов
ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: · ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР · НАУЧНЫЙ ИССЛЕДОВАНИФ · NEW UZBEKISTAN: · ТАРИХ САҲИФАЛАРИДАГИ ИЗЛАНИШАЛАР ЙЎЛИДАГИ · Rajapov Mardonbek Qosimboy oʻgʻli
in Library · 2024
Аннотация
Maqolada Afrig‘iylar sulolasi (305-995 yillar) tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari va muammolari tahlil qiliniib, sulolaning kelib chiqishi va etnik mansubligi, siyosiy maqomi, ichki siyosati, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti kabi masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, milliy va xorijiy tarixshunoslarning tadqiqotlari tahlil qilinib, Afrig‘iylar tarixini yoritishda mavjud bo‘shliqlar va muammolar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Afrig‘iylar, oli-Iroq, Sosoniylar, Eftaliylar, Turk xoqonligi, siyosiy maqom, vassal- tributor Afrig‘iylar sulolasi 305-995-yillarda hozirgi kunda Markaziy Osiyoning (O‘zbekiston, Turkmanistan va Qozog‘istonning bir qismi) hududida joylashgan Xorazm mintaqasini boshqargan sulola hisoblanadi. Davr nuqta-nazardan mazkur sulolaning hukmronlik yillari juda murakkb hisoblanib, xalqaro siyosiy maydonda Sosoniylar, Eftaliylar, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar va Somoniylar kabi davlatlaring paydo bo‘lishi va kuchayishi fonida davom etdi. Afrig‘iylarning Sosoniylar va Eftaliylarga vassalik masalasi bugungacha o’z yechimini topmagan[14,b.60]. Biroq, sulolaning Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar va Somoniylar davlatiga iqtisodiy va siyosiy jihatdan vassal-tributor bo‘lganligi yozma va arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z isbotini topgan[2,b.73-74;6,b.228-230; 13,b.19]. Afrig‘iylar sulolasi tarixshunosligining tadqiqot yo‘nalishlariga sulolaning kelib chiqishi va etnik mansublik masalasi, Afrig‘iylarning Eftaliylar va Turk xoqonligi, Arab xalifaligi va Somoniylar davrida siyosiy maqomi masalasi, davlatning ichki siyosati va boshqaruv usullari va vositalari, iqtisodiy va ijtimoiy va madaniy tarqqiyot bosqichlari va sulolaning qulashi kabi bir qancha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Milliy va xorijiy tarixshunoslikda Afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishi, Eftallar va Turk xoqonligi davrida Xorazmning siyosiy maqomi masalasi, shuningdek, Arab xalifaligi davrida Xorzmning o‘rni muammosi, Somoniylar ko‘magida tashkil etilgan oli-Iroq(Iroq oilasi) masalalarining ayrim jihatlari tadqiqotchilar tomonidan tahlil qilingan[1,2,6,11,12,14]. Bugungi kunda Afrig‘iylar sulolasining kelib chiqishi borasida turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, vatan tarixshunosligida sulola haqiqatdan ham mavjud bo‘lganligi va Xorazmni 305-995-yillarda qariyb 700 yil boshqarganligini ta’kidlangan bo‘lishiga qaramay, xorij tadqiqotlarida sulolaning mavjudligiga shubha bilan qarash[8,b.123-124], uni afsonalarga bog‘lash yoki oli-Iroq (Iroq oilasi) o‘z hokimiyatini va qonuniyligini mustahkamlash maqsadida to‘qib chiqarilgan degan qarashlarni ilgari surishmoqda [1,b.743-745; 2,b.72-73; 4.b.61-63]. Tadqiqotchilarning mazkur sulola oid yondashuvlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1) Afrig‘iylarni eroniy sulola sifatida ko‘rish 2) Afrig‘iylarni turkiy sulola sifatida ko‘rish; 3) Afrig‘iylar sulolasini afsona sifatida ko‘rish. G‘arb va Eron tarixshunosligida Afrig‘iylar sulolasini yozuvi, tili va dini nuqtai-nazardan eroniy sulola sifatida ko’rish keng yoyilgan va xoriji tarixshunosligida bu yondashuv umumiy qabul qilingan[1,b.743;3,b.2251;4,b.66-69]. Milliy tarixshunoslikda, asosan G‘.Boboyorov tadqiqotlarida Beruniy asarida keltirilgan 22 hukmdorning ayrim nomlarini tilshunoslik nuqtazi-nazarda tahlil qilish asosida, ularning kelib chiqishi turkiyligini ilmiy tahmin qilgan[12,b.55]. Turkiyalik tadqiqotchilar ushbu ro‘yxatdagi hukmdorlarning barchasi bitta sulolaga mansub bo‘lishmaganligini, Somoniylar ko‘magida tashkil etilgan oli-Iroq o‘z legitimligini mustahkamlash maqsadida o‘rta asrlarda urf bo‘lganidek, o’zining kelib chiqishini qadimiyroq sulolaga ya’ni, Afrig‘iylarga bog‘lashgan degan Июнь | 2024. 1-қисм 25 Тошкент qarashlarni ilgari surishmoqda[8,b.23-26]. Adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, Afrig‘iylarning etnik kelib chiqishiga doir yondashuv va qarashlar xilma-xil bo‘lib, bu borada yagona ilmiy talqin mavjud emas. G‘arbiy Turk xoqonligiga tobe hisoblangan Afrig‘iylarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida doir maxsus tadqiqotlar amalga oshirilmagan. Mazkur masala ayrim tadqiqotchilar tomonidan Markaziy Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixini yozish jarayonida qisqacha to‘xatlib o‘tilgan. G‘arbiy Turk xoqonligi davrida Afrig‘iylarning siyosiy maqomi masalasi G‘Boboyorov, A.Otaxo‘jayev, R.Ne’matov va M. Rajapov tadqiqotlarida atroflicha tahlil qilingan [10,11,13,14]. Arxeologik tadqiqotlar va boshqa manbalar, shuningdek, ko‘rib o‘tilgan adabiyotlarda keltirilgan xulosalarga tayanib aytish mumkinki, V-VI asrlarda Turon hududida hukmronlik o‘rantgan Eftaliylar va Turk xoqonligi mahalliy xalq qarshiligiga uchramagan. Shuningdek, Afrig‘iylar davrida tangalar doimiy suratda zarb etilishi Kushonlardan Turk xoqonligigacha bo’lgan vaqtlarda ham markaziy hokimiyatning mahalliy voha hukmdorlarni boshqarishida jidiy o‘zgarishlar ro‘y bermaganidan, ya’ni tobelik faqat ma’lum miqdorda soliq to‘lash bilan cheklanligi bilan izohlash mumkin. Ummaviylar davrida Xorazmga bir qancha noiblar, amirlar tayi
Доказательный фрагмент
«Maqolada Afrig‘iylar sulolasi (305-995 yillar) tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari va muammolari tahlil qiliniib, sulolaning kelib chiqishi va etnik mansubligi, siyosiy maqomi, ichki siyosati, iqtisodiy va ijtimo…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Afrig‘iylar sulolasi (305-995 yillar) tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari va muammolari tahlil qiliniib, sulolaning kelib chiqishi va etnik mansubligi, siyosiy maqomi, ichki siyosati, iqtisodiy va ijtimo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Afrighids, Эфталиты, Тюркский каганат, Eftaliylar, vassal, Turk xoqonligi, siyosiy maqom, Turkic Khaganate, Sosoniylar, вассал, Afrig‘iylar, Оли-Ирак, political status, Hephthalites, Oli-Iraq, политический статус, Сасаниды, Sasanians, oli-Iroq, Афригиды
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025