Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PAUL LAZARSFELDING SOTSIOLOGIK IJODI
Sharofiddinova Sarvinoz Qobiljon qizi
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
The article describes the emergence, development, representatives and scientific works of Harvard sociology, as well as Pitirim Sorokin's scientific work and the introduction of sociology to Harvard. Key words. Harvard, sociology, theory, report, theorists, department of sociology, social, attitude, communication. РАЗВИТИЕ ИСТОРИИ СОЦИОЛОГИИ В ГАРВАРДСКОМ УНИВЕРСИТЕТЕ Аннотация. В статье описывается возникновение, развитие, представители и научные работы Гарвардской социологии, а также научная деятельность Питирима Сорокина и введение социологии в Гарвард. Ключевые слова. Гарвард, социология, теория, доклад, теоретики, факультет социологии, социальное, отношение, коммуникация. Kirish. Garvardda sotsiologiyaning rivojlanishini 1930-yildan Pitirim Sorokinning ish boshlashi davridan boshlab ko‘rish mumkin. Sorokin Garvardga kelganda, u yerda sotsiologiya bo‘limi yo‘q edi, lekin yilning oxirida u tashkil etildi, va Sorokinni uning boshqarishga qo‘yishdi. Sorokin sotsiologiya nazariyotchisi va 1960-yillargacha o‘z asarlarini nashr ettirgan bo‘lsada, uning ijodi bugungi kunda hayratlanarli tarzda kam esga olinadi. Uning nazariy qarashlari vaqt sinovlaridan yaxshi o‘tmadi. Balki, Sorokinning vaqtinchalik ahamiyati asosan uning Garvard universiteti sotsiologiya bo‘limini ochganligi va unga Talkott Parsonsni (u Garvardda iqtisodiyotdan dars berardi) sotsiologiya bo‘yicha o‘qituvchilikka taklif etganligi bilan izohlanadi. Parsons amerikaliklami yevropa nazariyotchilari bilan tanishtirib va keyinchalik yirik sotsiologlar sifatida yetishib chiqqan ko‘plab talabalami tarbiyalagani uchun Amerika sotsioiogiyasida obro‘- e'tiborli shaxsga aylandi1. Hujjatlar tahlili va metodologiya. Sorokinning eng keskin va uzoq muddatli kelishmovchiligi Talkott Parsons bilan bo‘lgan. Parsons Sorokin sotsiologiya bo'limini boshqarayotgan paytda Garvardda sotsiologiyadan dars berishga tayinlanadi. Sorokinning 1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill 2010. — P. 207 1 43 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ rahbarligida Garvadda Parsonsning karyerasi juda sekinlik bilan rivojlanardi. Nihoyat, u o‘zini Garvardda va umuman, Qo‘shma Shtatlarda eng nufuzli sotsiolog sifatida namoyon etdi. Sorokin va Parsons o'rtasidagi nizo ularning nazariyalarining juda o‘xshashligi natijasida kuchaygan edi. Ularning xususiyatlari o‘xshashligiga qaramay, Parsonsning ijodi Sorokinning ishlariga qaraganda ko‘proq e'tiborga tushgan edi. Vaqt o‘tishi bilan Sorokinda Parsonsning ijodiga nistbatan o‘ta qiziqqonlik munosabati shakllandi, bu uning bir necha kitoblarida aks etdi. Bir tomondan, u Parsonsni o‘zining eng yaxshi g‘oyalarini o‘zlashtirishda ayblardi. Boshqa tomondan esa, u Parsonsning nazariyasini tanqid qilardi2. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning yana keskinlashuvi aspirantlar masalasida yuzaga kelgan. Garvarddagi yosh sotsiologiya maktabining eng buyuk yutuqlaridan biri iqtidorli talaba- aspirantlami, shu jumladan, masalan, Robert Mertonni o‘ziga jalb qila olganligidir. Talabalarga ikkala olim ham ta’sir ko‘rsata olgan bo‘lsa, Sorokinga nisbatan Parsonsning ta’siri nisbatan kuchliroq bo‘lgan3. Aspirant bo‘la turib, Merton Sorokinning assistenti sifatida ishlardi, lekin Sorokinning nazariy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlamagan. Merton unga dissertatsiyasiga izohlarni ko‘rsatganda, Sorokin shunday javob beradi: «Hisobot ishi sifatida bu yaxshi. Siz tahminan minus besh olishingiz mumkin. Lekin, chuqur va yagona muhim nuqtai nazardan, men ishingiz borasida bir qancha keskin tanqidiy fikrlarni bildirishim lozim». Parsons Sorokinning o‘rniga sotsiologiya bo‘limi boshqaruvini qabul qiladi va uni “Sotsial munosabatlar bo‘limi” deb qayta nomlaydi {Department of Social Relations). Bu borada Sorokin shunday deydi: Shunday qilib, men «Sotsial munosabatlar bo‘limi»ni tashkil etish uchun sotsial psixologiya va madaniy antropologiyani qo‘shib yuborish davridan boshlab qilinayotgan ishlarga va sotsiologiyani bu turlicha fanlarning eklektik massasiga qo‘shib yuborilishiga javobgar emasman. Sotsial munosabatlar bo‘limi mening rahbarligim ostidagi sotsiologiya bo‘limi singari bunchalik ko‘p mashhur sotsiologlami yetishtirib chiqarishi amri mahol. Oxir-oqibat Sorokin Garvard maktabida yakkalanib qoldi. Unga «yakka tadqiqotchi» tamg‘asi bosildi, va unga faqat «universitet eshiklari ostiga Parsonsning o‘z g‘oyalarini o‘g‘irlaganligi to‘g‘risidagi arizalarini tiqishtirish» dan boshqa iloji qolmaydi. Talkott Parsons bir nechta ocherklarning ilgarigi nashrlariga qaramay, Parsonsning asosiy hissasi uning karyerasining boshlarida keyinchalik mashhur sotsiologiya nazariyotchilari bo‘lib yetishgan aspirantlarga ta’siri bilan o‘lchanadi4. Xulosa. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Sorokinning Garvardga kelishi va u yerda sotsiologiya fakultetini ochishi Garvard uchun katta yutuq bo’ldi. Sorokin ijtimoiy borliqni individdan yuqori turuvchi ijtimoiy mavjudlik deb
Доказательный фрагмент
«The article describes the emergence, development, representatives and scientific works of Harvard sociology, as well as Pitirim Sorokin's scientific work and the introduction of sociology to Harvard.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the emergence, development, representatives and scientific works of Harvard sociology, as well as Pitirim Sorokin's scientific work and the introduction of sociology to Harvard. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Harvard, sociology, theory, report, theorists, department of sociology, social
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026