Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING DAVLAT IQTISODIY SIYOSATI TIZIMIDA TUTGAN O`RNI
TIZIMIDA TUTGAN O`RNI · Eshpo‘latov Abdumalik Ulug‘bek o‘g‘li · ECONOMIC POLICY SYSTEM
Современная наука и исследования · 3 · 2026
Аннотация
In this thesis, some information is given about the place and location of small business and entrepreneurship in the economic and political life of the state. Key words: small business, state economy, tax policy, entrepreneurship. РОЛЬ МАЛОГО БИЗНЕСА И ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СИСТЕМЕ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ПОЛИТИКИ Аннотация. В данной дипломной работе даны некоторые сведения о месте и месте малого бизнеса и предпринимательства в экономической и политической жизни государства. Ключевые слова: малый бизнес, государственная экономика, налоговая политика, предпринимательская деятельность. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma`lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta`minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmokda. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor konstruksiyasi o`zgarishlari va iste`molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda. 484 O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini turli mulk shakllariga asoslangan holda, bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli to‘xtovsiz ortib bormoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan, eng avvalo, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, YAIMda ushbu sohaning ulushini oshirib borishga, bandlik muammosini hal qilishga asos bo‘lmoqda .1 “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz. Shu bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ko‘zga yaqqol tashlanib turgan afzalliklari va katta imkoniyatlari haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Lekin bugungi kunda O‘zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida yetakchi va hal qiluvchi o‘rinni 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 485 egallayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda qiladigan ishlarimiz naqadar ko‘pligi ayon bo‘ladi” 2 Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo‘lsada, mazkur sohani yanada rivojlantirish yo‘llarini aniqlash va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati masalalari yangilik emas. Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor qonunlari talablar asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida
Доказательный фрагмент
«In this thesis, some information is given about the place and location of small business and entrepreneurship in the economic and political life of the state.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, some information is given about the place and location of small business and entrepreneurship in the economic and political life of the state. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- small business, state economy, tax policy, entrepreneurship
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026