К содержанию
РецензированоRU2024

SUITSID TUSHUNCHASI VA UNING JAHON PSIXOLOGIYASIDA O‘RGANILISHI

Ochilova Ozoda

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article focuses on the issues of studying the causes of suicidal situations and researching the socio-psychological factors of their prevention. Key words: causes of suicidal situations, modern personality, social structures. ПОНЯТИЕ СУИЦИДА И ЕГО ИЗУЧЕНИЕ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ Аннотация. Данная статья посвящена вопросам изучения причин суицидальных ситуаций и исследования социально-психологических факторов их профилактики. Ключевые слова: причины суицидальных ситуаций, современная личность, социальные структуры. Zamonaviy shaxs o‘z rivojlanishi mohiyatiga ko‘ra murakkab dunyoda yashamoqda. Shaxsining dinamik rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy strukturalar tizimi jumladan, oila, maktab, norasmiy uyushmalar va ijtimoiy institutlarda ham keskin o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Shuningdek, ba’zan ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan ma’lumotlar ham shaxslarning emotsional-irodaviy jabhalari hamda qiziqishlar tizimiga ta’sir etib, ularning hulq- atvorlari va psixikasida turli buzilishlarga sabab bo‘lmoqda. Shunday buzilishdan biri suitsidal holatlarga urinish, o‘z joniga qasd qilish bo‘lib, tan olish kerakki, to hozirga qadar mazkur muammoning mohiyati munozaralidir. Uni kayfiyat tasnifi yoki sindromi sifatida yoinki alohida bir kasallik tarzida tushuniladi. Uning asosiy sababi birinchidan, depressiv simptomatika bo‘lib, u turli yoshga oid psixologik xususiyatlarni namoyon qiladi va ikkinchidan tashqi ifodalnishida “niqoblanganlik” xarakteriga ega bo‘ladi. Shaxsning suitsidal holatlarga urinishi va uning keltirib chiqaruvchi omillar murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u: a) mehnat faoliyatini o‘zlashtira olmaslik; b) o‘zga insonlar jamoasiga moslasha olmaslik; v) o‘ziga xos psixologik muhofaza reaksiyasini o‘zida mujassamlashtiradi. Ayrim olimlar uning kelib chiqishida stressogen omillarga urg‘u berib, o‘ziga xos “sivilizatsiya kasalligi” deb ataydilar. Olimlardan B.S.Polojiy (1996) fikricha, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy chuqur o‘zgarishlar shaxsda jiddiy buzilishlarga sabab bo‘ladi yoki madaniy hamda ijtimoiy o‘zgarishlarga moslashaolmaslik muammosi shular jumlasidandir. Shaxsning o‘ziga xos suitsidal xulq-atvorning asosida mehnat faoliyati jarayonidagi noto‘g‘ri psixologik ta’sir, soha xodimlarining shaxslilik xususiyatlari va emotsional holatlaridagi salbiy urinishlarga, ichki ishlar xodimlarining o‘z jamoadoshlari tomonidan yetarli e’tibor berilmasligi sababli yuzaga kelgan ijtimoiy dezadaptatsiya (moslashaolmaslik), ijtimoiy integratsiyaning pasayishi va beqarorligi yotadi. Shaxsning ijtimoiy atrof-muhitdagi o‘zaro 1 20 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ munosabatlarining buzilishi, shaxslararo munosabatlarning qiyinlashuvi, yaqinlari tomonidan subyekt ehtiyojlari, qiziqishlari inobatga olinmagan holda o‘tkazilgan bosim, ularda hayot mazmuni, xavfsizlik va "kerak"lilik hissining yo‘qolishi, ko‘pincha suitsidal xulq-atvor namoyon bo‘lish sabablaridan biri hisoblanadi. Suitsid – lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘z joniga qasd qilish, ongli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish ma’nosini bildiradi. Suitsidal xulq-atvor - suitsiddan kengroq tushuncha bo‘lib, o‘zida suitsidal xatti-xarakat, o‘z joniga qasd qilish xodisalarini qamrab oladi. Adabiyotlarda ko‘pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, “autatravmatizm” (o‘ziga jarohat yetkazish), “autoagressiv xatti-harakat” terminlari uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o‘z joniga qasd qilish bo‘lsa, uni suitsidal xatti – xarakatlarga bog‘lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda “autodestruktiv” (o‘ziga zarar yetkazish bilan bog‘liq xulq-atvor) “o‘zini- o‘zi yo‘q qilish” xulq-atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik – ruhiy – og‘riq, og‘ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko‘ngil og‘rig‘iga chiday olmaslik, uni har qanday yo‘l bilan to‘xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsid o‘z muammolardan qutilish va hal etish usulidek ko‘rinadi. G‘arb psixologiyasida sitsidal xulq-atvor muammolarini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shu o‘rinda E.Dyurkgeym, Z.Freyd, A.Adler, K.Menninger, G.K.Yung, G.K.Yung, G.S. Salliven, K.Rodjers, E.Shneydman, N.Farberou va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari samarali natijalarni bergan. Biz quyida ular tomonidan amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. E.Dyurkgeym suitsid holatlarini o‘rganib, uni keltirib chiqaruvchi omillarni ko‘rsatib berishga harakat qilgan. E.Dyurkgeymning o‘z joniga qasd qilishning ijtimoiy nazariyasiga muvofiq, suitsidal fikrlar avvalo shaxsning ichki shaxsiy aloqalarining uzilishi, o‘zi taalluqli bo‘lgan ijtimoiy guruxdan begonalashuvi oqibatida paydo bo‘ladi. Uning qarashlariga muvofiq, suitsidning uchta asosiy ko‘rinishlari mavjud. Birinchi turi, ko‘pgina o‘z joniga suiqasd harakatlari egoizmni bildiradi va ko‘pgina holatl

Доказательный фрагмент

«This article focuses on the issues of studying the causes of suicidal situations and researching the socio-psychological factors of their prevention.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article focuses on the issues of studying the causes of suicidal situations and researching the socio-psychological factors of their prevention. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
causes of suicidal situations, modern personality, social structures
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники