Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ООН (2016-2023 гг.)
O’rozboyev Aliyor G’anisher o’g’li
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article is about the developing mutual cooperation between the Republic of Uzbekistan and the United Nations. Relations between the UN and other international organizations of Uzbekistan, mutual exchange, historical and cultural dialogues, mutual agreements and agreements were highlighted and analyzed based on sources. Key words: United Nations, representation, human rights, session, international law, cooperation. Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi 200 ga yaqin mamlakat a’zo bo’lgan eng yirik xalqaro tuzilma hisoblanib, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga, davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan, davlatlar xalqaro hayoti va hamkorligining barcha yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatadigan betakror, tarixan universal tashkilotdir. O‘zbekiston va BMT o‘rtasida keng miqyosdagi loyihalarini yanada rivojlantirish, uning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va o‘nga yaqin agentlik faoliyatini takomillashtirish uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar vujudga keltirilgan. Zero, O‘zbekiston mazkur xalqaro tashkilotning ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish bo‘yicha nufuzini saqlash, obro‘-e’tiborini yanada oshirish, u bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan manfaatdordir. BMTning O‘zbekiston bilan bevosita hamkorligi masalasiga to‘xtalagidan bo‘lsak, bu aloqalar, avvalo, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qilinishi tamoyilini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq qilish, mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti, fuqarolik jamiyati institutlari va demokratik qadriyatlarni qaror toptirish yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqdir. 1 03 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston BMT bilan aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga intilib, dunyo miqyosida hamda mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xalqaro xuquq tartibotini mustahkamlashga munosib xissa qo‘shib kelmoqda. Davlatimizning avvalo milliy manfaatlarimizga tayangan, izchil va samarali tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborining ortishiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Yurtboshimizning zamonaviy tahdidlarning oldini olish, global va mintaqaviy xavfsizlik tizimini mustahkamlash, BMT va uning tuzilmalari, birinchi navbatda, Xavfsizlik Kengashini davr talablari asosida isloh etish borasidagi taklif va tashabbuslari beqiyos ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston nuqtai nazariga ko‘ra, hozirgi tezkor va tahlikali davrda insoniyat taraqqiyotini chigallashtirishi mumkin bo‘lgan turli tahdid va mojarolarning oldini olishda BMT asosiy vosita bo‘lishi kerak. Shuningdek, O‘zbekistonni BMTning YUNESKO va boshqa tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligi ham o‘smoqda. Fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi o‘zaro hamkorliklar mamlakatimiz farovonligini yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston BMT doirasidagi xalqapro aloqalar bilan cheklanib qolgani yo‘q. Bu kabi munosabatlar Osiyo, Afrika, Yevropa, Amerika qit’alaridagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar ha rivlanib bormoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston davlati Shanxay Hamkorlik Tashkiloti faoliyatidagi ishtirokida turli tashabbuslar bilan chiqib, mintaqada tinchlikni saqlashga katta hissa qo‘shmoqda. 1.O‘zbekistonning mustaqillikka erishib, xalqaro munosabatlar subektiga aylanishi, unga BMTning to‘la huquqli a’zo bo‘lishi uchun xalqaro huquqiy asos yaratib berdi. 2.O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi to‘la teng huquqlilik va o‘zaro ishonch asosiga qurilgandir. Mamlakatimizning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni tiklash, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqa sohalarni ham qamrab olmoqda. Bunda bir tomonning boshqasiga nisbatan imtiyozga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 3.Endilikda O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligi keng tus olmoqda. Bu hamkorlikda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ham yetakchi o‘rinlardan birini egallamoqda. BMT mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga beg‘araz yordam bermoqda. Bu yordam BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash dasturiga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. 4.O‘zbekistonda demokratiyalash jarayonlarining chuqurlaishib borishi mamlakatimizning BMT bilan aloqalari va hamkorligining yanada kengayib borishiga asos bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMT bilan hamkorlikni va o‘zaro munosabatlarni tobora chuqurlashtirish tashabbuskori bo‘lishi bilan birga, bu xalqaro tashkilotning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta`minlaydigan qudratli tashkilotga aylanishining tarafdori bo‘lib qolmoqda, 5.YUNESKOning bir qator xalqaro konvensiya va deklaratsiyalariga qo‘shilishi O‘z
Доказательный фрагмент
«This article is about the developing mutual cooperation between the Republic of Uzbekistan and the United Nations.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is about the developing mutual cooperation between the Republic of Uzbekistan and the United Nations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- United Nations, representation, human rights, session, international law
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026