Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СЕМЕННАЯ ПЛОДОРОДНОСТЬ КАТАРАНТУСА РОЗОВОГО РОЗМАРИНА РОЗОВОГО (РОЗОВЫЙ КАТАРАНТУС) В ЛАБОРАТОРНЫХ И ПОЛЕВЫХ УСЛОВИЯХ
Karimbaeva A.
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article presents research data on seed germination of pink catharanthus in laboratory and field conditions. Key words: pink catharanthus, dimer alkaloids, stem, bioecological, seeds. СЕМЕННАЯ ПЛОДОРОДНОСТЬ КАТАРАНТУСА РОЗОВОГО РОЗМАРИНА РОЗОВОГО (РОЗОВЫЙ КАТАРАНТУС) В ЛАБОРАТОРНЫХ И ПОЛЕВЫХ УСЛОВИЯХ Аннотация. В статье представлены данные исследований по прорастанию семян катарантуса розового в лабораторных и полевых условиях. Ключевые слова: катарантус розовый, димерные алкалоиды, стебель, биоэкология, семена. Pushti katarantus (pushti bo’rigul, vinka) - Catharanthus roseus L. Apocynaceae - kendirdoshlar oilasiga mansub tik o’suvchi, ko’p yillik o’t o’simlik. Balandligi 30-60 sm li poyali doim yashil buta. Ўсимлик таркибида indol unumi bo’lgan ikki guruhga kiruvchi 80 tagacha alkaloidlar bor: mononerlar (aymalin, serpentin, loxnerin va boshqalar) hamda dimerlar (vinblastin, vinkristin va boshqalar). Monomer alkaloidlari rauvolfiyani alkaloidlari singari organizmga ta’sir ko’rsatadi. Dimer alkaloidlari alohida diqqatga sazovordir. Ulardan 6 tasi yomon shishlarni — rak kasalligini davolash ta’siriga ega bo’lib, shulardan ikkitasi — vinblastin va vinkristin tibbiyotda qo’llanilmokda. Barglarning novdalari va barglarida inson tanasi uchun foydali bo'lgan 60 dan ortiq moddalar mavjud. Tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, ularning ba'zilari glisemik indeksni pasaytirishi va vincristin va vinblastin kabi alkaloidlar turli darajadagi saraton o'smalariga qarshi muvaffaqiyatli kurashishi mumkinligini aniqlash mumkin edi. Respublikamiz hududidagi tabiiy holda tarqalagan dorivor o'simliklarning maydonlarini saqlash, ularni madaniylashtirib yetishtirish va ulardan keng foydalanishni rivojlantirish uchun Respubli- kamiz Prizidentining bir qator Qaror va far- monlari qabul qilingan. Tadqiqotning maqsadi. Pushti katarantus-roning bioekologik xususiyatlarini o'rganish, introduktsiya sharoitda fenologok kuzatuvlar olib borish ilmiy tadqiqotlarimiz maqsadi hisoblanadi. 9 31 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Usul va uslublar. Pushti katarantus o'simligi urug'larining unuvchanligini aniqlash uchun M.K. Firsova va M.G Nikolaev usulidan foydalaniladi. O'simlikning biomorfologik xususiyatlari T.A.Rabotnov, I.G.Serebryakov tavsiya etgan uslublar bilan o'rganiladi. Natijalar. Catharanthus roseus L. urug'lari mayda, cho'ziq, uzunligi 1,8-2,0 mm, eni 0,8- 0,9 mm ni tashkil etadi. 1000 dona urug'ining og'irligi o'rtacha 1,6-2,0 ga teng. O'simlik urug'larini tuproqqa ekishdan oldin uning unuvchanligi xona sharoitida undirib ko'rildi. Petri likobchasiga distillangan suv bilan namlangan fil'tr qog'oz qo'yib, 100 donadan urug' solindi va ikki xil haroratda o'stirib ko'rildi. Urug'lar +18- 20 OS haroratda 5 kuni una boshladi va o'rtacha 5% ni tashkil qildi. Kuzatuvlarning 7-8 kuniga kelib unuvchanlik o'rtacha 7% ni, 9 kuni 10% ni, 10 kuni 15% bo'lganligi aniqlandi. Urug'lar +20-250S haroratda 3 kundan boshlab una boshladi va unuvchanlik 5% ni tashkil kildi. 5 kuni o'rtacha 10%, 8-9 kunlari o'rtacha 28% ni, 10 kunlari 12% ni tashkil qildi. Bu haroratda urug'larning asosiy qismining unuvchanligi 8-9-kunlarga to'g'ri keldi. Urug'larning dala sharoitida unuvchanligi ular- ning ekish muddati va chuqurligiga ham bog'liq. Pushti katarantus urug'larining unuvchanligini dala sharoitida aniqlash maqsadida urug'lar erta bahorda 2 xil muddatda ekildi. Mart oyining birinchi va uchinchi dekadasida o'simlik urug'lari 0,5-1 sm chuqurlikda ekildi. Mart oyining birinchi dekadasida ekil- gan urug'lar 22-25 kunda unib chiqdi va 10-12% ni tashkil qildi, 25-kuni unuvchanlik 40-42% ni tashkil qildi, 30-kuni 45- 52% ga yetdi. Mart oyining uchinchi dekadasida ekilgan urug'lar 12 kunda unib chiqdi va o'rtacha 12-15% ni, 25-kuni 45-50% ni, 30-kuni 58-70% ni tashkil qildi. Xulosa. Pushti katarantus urug'ini labaratoriya sharoitida unishi uchun optimal xarorat +20- 25OS bo'lib, unuvchanlik miqdori 82% ni tashkil qildi. Dala sharoitida esa +20-22OS deb qayd etildi va unuvchanlik 70% ga yetdi.
Доказательный фрагмент
«This article presents research data on seed germination of pink catharanthus in laboratory and field conditions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents research data on seed germination of pink catharanthus in laboratory and field conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pink catharanthus, dimer alkaloids, stem, bioecological, seeds, bioekologik, Urug'lar., dimer alkaloidlari, семена., seeds., novda, биоэкология, стебель, димерные алкалоиды, катарантус розовый, pushti katarantus
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026