К содержанию
РецензированоUZ2026

Talabalarda pedagogik muloqot madaniyatini rivojlantirishning muhim ahamiyatlari

Н Каримова (Узбекский государственный университет мировых языков) · С Xамрокулова (Узбекский государственный университет мировых языков)

Наука и инновации · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada talabalar va professor o‘qituvchilar orasidagi o‘zaro pedagogik muloqot, muloqot madaniyatini qanday rivojlantirish mumkinligi va uning muhim ahamiyatlari haqida fikr yuritilgan. Pedagogik muloqotni yaxshilashga alohida o‘rin olgan treninglar va o‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Kalit so‘zlar: pedagogik muloqot, pedagog, talaba, notiqlik san'ati, muomala madaniyati, trening, o‘yin, ta'lim sifati. 276 Pedagogik muloqot atamasi o‘zi bildirib turganidek pedagogik tizimda o‘qituvchi, professorlarning umumiy qilib aytganda pedagoglarning o‘quvchi yoki talabalar bilan o‘zaro munosabati tushuniladi. Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogning talaba shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. Pedagog subekti bilan, talaba ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada talabaning ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi. Pedagogik muloqot madaniyati pedagog faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda pedagogning muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala talabalar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida talabalar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan pedagoglarning pedagogik qobiliyatidir. Pedagog talabalar bilan muomalaga kirishish asosida: 1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi. 3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi. 4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi. Muomala pedagog faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada pedagog quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim: - pedagogda tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi; - muomala ob’ekti bo‘lmish talabalar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi; - talabalarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin talabalarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi; - talabalarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. Pedagogning nutqi ravon, talabalar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi. Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiravchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi. Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va subektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z – mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklaratsiyalarida o‘z ifodasini topadi. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda mu-him ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan. Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor - elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan: - birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik; - ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik; 277 - uc

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalar va professor o‘qituvchilar orasidagi o‘zaro pedagogik muloqot, muloqot madaniyatini qanday rivojlantirish mumkinligi va uning muhim ahamiyatlari haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalar va professor o‘qituvchilar orasidagi o‘zaro pedagogik muloqot, muloqot madaniyatini qanday rivojlantirish mumkinligi va uning muhim ahamiyatlari haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
игра, talaba, quality of education., educator, культура общения, студент, training, pedagog, искусство оценки, тренинг, trening, ethical behavior, Pedagogical communication, педагог, notiqlik san'ati, game, pedagogik muloqot, качество образования., art of assessment, o‘yin, ta'lim sifati., muomala madaniyati, педагогическое общение, student
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники