К содержанию
РецензированоUZ2023

Nemis tilini o‘qitishda badiiy adabiyotdan foydalanishning mohiyati

Sattorova Shaxnoza Raxmonqulovna

Наука и инновации · 1 · 91-102 · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada nemis tilni o‘qitishda badiiy adabiyot, uning turlari, matnlaridan foydalanish, dars sifatini oshirish va ta’limda samarali natijalarga erishish yo‘llari bo‘yicha fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: nemis til, o‘qitish, badiiy adabiyot, matn, hikoya. So‘ngi yillarda mamlakatimiz fuqarolari tomonidan nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Xususan, xorijiy tillarni o‘rganishda faqatgina nemis tilini o‘rganish bilan cheklanib qolmay, balki tili o‘rganilayotgan mamlakatning jamiyatdagi til taraqqiyoti, tarixiy ildizlarini, san’ati, madaniyati va badiiy adabiyotini ham o‘rganishni taqozo etadi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda eng avvalo tili o‘rganilayotgan mamlakatning badiiy adabiyotini chuqur o‘zlashtirish, badiiy asar namunalaridan bahramand bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Badiiy adabiyot kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida yuzaga kelgan bo‘lib, dastlab og‘zaki ijod namunasi sifatida yaratilib, tildan-tilga o‘tib, boyib, sayqallanib borgan [2]. Insoniyatning ijtimoiy jamiyatida yozuvning paydo bo‘lishi odamlarda yozma nutqni, yozma badiiy adabiyotning shakllanishi va yozuv madaniyatining rivojlanishiga asos bo‘lgan. Badiiy adabiyot har qaysi xalq ma’naviyatini asrlardan asrlarga olib o‘tadigan asosiy vositalardan sanaladi. Og‘zaki va yozma adabiyot qaysi xalqqa mansubligiga qarab, o‘sha xalq nomi bilan qo‘shib yuritiladi. Xususan, o‘zbek adabiyoti, rus adabiyoti, grek adabiyoti va nemis adabiyoti kabilar shular jumlasidan. Adabiyotshunoslik ilmida odatda adabiyot uch yirik adabiy turga, ya’ni epos, lirika va dramaga bo‘linadi [3]. Epik asarlar sirasiga kiruvchi hikoya talabalar uchun tushunarli, ixcham asar hisoblanib, uning qulayligi hajmi uncha katta bo‘lmagani holda bayonning yorqinligi, kompozitsiyaning unchalik murakkab emasligi, personajlar sonining kamligi, yozuvchi diqqatining bir qahramon shaxsiga qaratilganligi va hokazo jihatlar bilan asoslanadi. Ushbu xususiyatlariga ko‘ra xorijiy tillarni o‘qitishda ko‘proq foydalanish holatlari kuzatiladi. Badiiy adabiyot talabalarga tilni faol tarzda o‘rganish uchun mo‘ljallangan samarali usullardan biri bo‘lib, bu usul orqali o‘quvchilar tilni, uning mazmunini va nuqtai nazarlarini tushunishadi. Nemis tilini badiiy adabiyotlar asosida o‘qitish jarayonida talabalar tilni o‘rganishga va uning fonetika, leksika, grammatikasini o‘zlashtirishi, tushunishi muhim ahamiyat kasb etadi. 148 Nemis tillarni o‘qitishda badiiy adabiyotdan foydalanish imkoniyatlari juda keng bo‘lib, u talabalarga tilni yanada sevib o‘rganishni taqozo etadi, ularga turli xildagi sohasiga oid izohlarni tushunishga yordam beradi va tarixiy asoslar boyicha tarjima qilish orqali tilning mazmunini tushunishlarini ta’minlaydi. Talabalarni badiiy adabiyotlar asosida nemis tilining leksikasi, grammatikasi va fonetikasiga qiziqtirish uchun ilmiy ma’lumotlarni isbotlashda o‘rtacha texnik yondoshuv xizmat qiladi. Xususan, talabalarda roman, hikoya va she’rlar tilning amaliy ko‘nikmalarini o‘rgatishga yordam beradi. Badiiy adabiyot talabalarni mazkur tillarning mazmuni yanada aniqroq tushunishga undaydi va ularni muloqot qilishga, fikrlarini o‘sha tilda ifodali bayon qila olishlariga undaydi. Natijada, talabalarga nemis tilini o‘qitishda badiiy adabiyotlarning zaruriyati, uning muhim jihatlari va qo‘llanilishida ta’lim jarayonining samaradorligi haqida yoritilgan ilmiy maqolalarning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Nemis tilini o‘qitishning eng yaxshi usullari sifatida badiiy adabiyot vositasida o‘quvchilarning tilni sevib o‘rganishlari, asar qahramonlari ruhiyati va kechinmalaridan xulosalar chiqarishga undaydi. Shuningdek, talabalarda nemis tilini o‘rganishga motivatsiyani va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiradi. Talabalar badiiy asarlar asosida tilni o‘rganish jarayonida matnlarni o‘qishi, keng ko‘lamli mavzular bilan tanishishi, ularning og‘zaki va yozma ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda faollashtirish imkoniyatlarini beradi. Faqat tilshunoslik emas, sotsiolingvistik, sotsial-madaniy va madaniyatlararo funksiyalarining amalga oshirilishi badiiy adabiyot matnlarining afzalliklarini isbotlaydi. Ushbu afzalliklar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin, jumladan: − til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish; − milliy, mintaqaviy va xalqaro ma’umotlarga ega bo‘lish; − so‘z boyligini kengaytirish va oshirish; − til bilimlarini chuqurlashtirish; − ijodkorlikni rivojlantirish [4]. Xorijiy tillardan nemis tilini badiiy asarlar asosida o‘qitish xalqlar madaniyati, ma’naviyati haqida ma’lumot berishda muhim rol o‘ynaydi. Badiiy asarlar sifatida hikoyalardan foydalanish orqali talabalar mazkur tillarning tarixiy, madaniy va ijtimoiy asoslari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Bu o‘z navbatida ularning nemis tilini o‘rganishi uchun talab qilinadigan omillarni o‘zlashtirishi, muloqot va kommunikatsiyada muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Talabalar nemis tilini badiiy asarlar asosida o‘rganish jarayonida obyekt va hodisani hissiy idrok et

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada nemis tilni o‘qitishda badiiy adabiyot, uning turlari, matnlaridan foydalanish, dars sifatini oshirish va ta’limda samarali natijalarga erishish yo‘llari bo‘yicha fikrlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada nemis tilni o‘qitishda badiiy adabiyot, uning turlari, matnlaridan foydalanish, dars sifatini oshirish va ta’limda samarali natijalarga erishish yo‘llari bo‘yicha fikrlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
иностранный язык, английский язык, метаязыковая способность, обучение, story, badiiy adabiyot, текст, matn, text, o‘qitish, рассказ, literature, hikoya, German language, немецкий язык, nemis til, teaching, художественная литература
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники