К содержанию
РецензированоUZ2026

Pedagogik loyihalar bo‘lajak o‘qituvchi faoliyatining tarkibiy qismi

Абдуманноп Нурматов (Узбекский государственный университет мировых языков)

Наука и инновации · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda ularga taqdim etiladigan loyiha va ishlanmalarning turlari, bo‘lajak o‘qituvchi o‘z faoliyatida uni amaliyotgan tadbiq etish yo‘llari va vositalari ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: loyiha, ishlanma, ta’lim jarayoni, tarbiyaviy imkoniyat, shaxsiy fikr, nuqtai nazar. Bo‘lajak o‘qituvchining har qanday nuqtai nazari uning faoliyati orqali tadbiq etiladi. O‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy, ma’naviy nuqtai nazarlarini tahlil qilish va tushunish uchun ular tomonidan taqdim qilingan loyihalar va ishlanmalarni har tomonlama o‘rganish talab etiladi. 82 Pedagog o‘qituvchilar tomonidan tuzilgan loyihalar va ishlanmalarni tahlil qilishlari natijasida ularni uch turga ajratish mumkinligini tavsiya qilganlar: axborotli-kognitiv, ijtimoiy-rolli, o‘quvchi xulq-atvorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar va ishlanmalar. Mazkur ishlanmalar uch yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mazkur ta’lim-tarbiya jarayonlarini quyidagicha farqlash mumkin: bilimlar maydoni, fikrlar maydoni, qadriyatlar maydoni. Loyihalar va ishlanmalarni pedagogik faoliyat loyihasi sifatida talqin etish, uni butun boshli innovasion loyihalarga tadbiq etish imkonini beradi. Bunday loyihalarning tarbiyaviy imkoniyatlari kengligini ham tajribalar yaqqol ko‘rsatmoqda. Axborotli-kognitiv yo‘nalishdagi loyihalar va ishlanmalar muayyan o‘quv fanining ilmiy asoslarini o‘quvchilarga taqdim etish texnologiyasiga tayangan holda ishlab chiqiladi. Mazkur ishlanmalar o‘quv predmeti mazmunining aniq qismlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu qismlar o‘quvchilarning yetakchi tushunchalar, nazariyalar, qonun-qoidalar hamda o‘quv faniga oid boshqa bilimlarni o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. Mazkur tushunchalar, qonun-qoidalar, axborotlar bilimlar maydonining ko‘lamini ifodalaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilar bunday ishlanmalarga alohida qiziqish bilan qaraydilar. Ular ilmiy- texnokratik paradigmalarga muvofiq kelib, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayoni boshqaruvchining nuqtai nazarini hisobga olgan holda tuzilganligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bunday turdagi loyihalar va ishlanmalardan foydalanganda o‘qituvchilar o‘zlarini o‘quvchi timsolida ham juda qulay his qiladilar. Bo‘lajak o‘qituvchilarning innovasion izlanishlari uchun yangi o‘quv kurslarini kiritish alohida ahamiyatga ega. Bunday o‘quv kurslari yordamida loyihalar va ishlanmalar murakkablashtiriladi. Bu o‘rinda asosiy qadriyatlar sifatida axborotlar, bilimlar, o‘zlashtirilgan o‘quv materiallari e’tirof etiladi. O‘zlashtirilgan bilimlar garchan yangi bo‘lmasada, ularni qo‘llashning yangi yo‘nalishlari taqdim etiladi. O‘quvchilar o‘zlariga tanish bo‘lgan tushunchalar va dalillarni yangicha nuqtai nazarda turib uyg‘unlashtiradilar. Yangilik darajasi haqida gapirganda, uning madaniyatlilik darajasi bilan mutanosibligini aniqlash lozim. O‘quvchilarning xulq-atvorlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlanmalarda imitasion modellashtirish an’anasi, ya’ni faoliyat tajribasiga tayanish lozim. Mazkur ishlanmalar asosida o‘quvchilarda mustaqil hayot uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish nazarda tutiladi. Mazkur ko‘nikmalar insonning hayotiy nuqtai nazari va mikrososiumdagi o‘rnini belgilashga ko‘maklashadi. Bu jarayonda o‘rganilayotgan bilimlar va axborotlar o‘quvchilarning nuqtai nazarlari va munosabatlarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Bunday loyihalarda insonparvarlik paradigmalari va milliy-ma’naviy qadriyatlar asos qilib olinadi. Chunki, ular o‘quvchilarda ijtimoiy faoliyat tajribasini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mazkur ishlanmalardan foydalanishdan ko‘zda tutiladigan asosiy maqsad, o‘quvchilarda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yechimlar topish ko‘nikmasini tarkib toptirishdan iborat. Muammolarning murakkablik darajasi va o‘quvchilarni shakllantirish uchun muhimligi o‘qituvchi tomonidan idrok etilgandagina maqsadga muvofiq tarzda ajratiladi. Bunday ishlanmalarda muammolar, vaziyat modellari, uning mazmun-mohiyati, ularni yechish uchun o‘zlashtirilishi talab qilinadigan bilimlar hamda mashg‘ulot qurilishining ssenariysi aniq ifodalangan bo‘ladi. Ijtimoiy rolli loyihalar o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda bir qator ijtimoiy rollarni bajarishga oid bilimlar hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgandir. Ularni aniqlash turlicha bo‘lishiga qaramasdan, ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarda turli ijtimoiy rollarni bajarish ko‘nikmasini tarkib toptirishdan iborat. Umuminsoniy hamda jamiyat a’zolararo munosabatlar orasida o‘quvchilarning bilimlari va shaxsiy dunyoqarashlarini rivojlantirishning samarali yo‘llari va usullarini izlab topish alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar, birinchi navbatda, hissiy qadriyatli tajribaga ega bo‘lishlari lozim. Ular o‘z nuqtai nazarlarining mohiyatini anglashlari, uni muntazam takomillashtirishlari talab etiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining muhim belgilaridan biri – uning o‘quvchida mustaqil fikrlashni shakllantirish imkoniya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda ularga taqdim etiladigan loyiha va ishlanmalarning turlari, bo‘lajak o‘qituvchi o‘z faoliyatida uni amaliyotgan tadbiq etish yo‘llari va vositalari ko‘rsatilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda ularga taqdim etiladigan loyiha va ishlanmalarning turlari, bo‘lajak o‘qituvchi o‘z faoliyatida uni amaliyotgan tadbiq etish yo‘llari va vositalari ko‘rsatilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
operation, tarbiyaviy imkoniyat, воспитательные возможности, работа, developmental opportunities, личное мнение, ta’lim jarayoni, точка зрения, personal opinion, ishlanma, project, loyiha, образовательный процесс, nuqtai nazar, educational process, проект, shaxsiy fikr, point of view
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники