Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Innovatsion ta'limni rivojlantirishda biologiya fanini o‘qitishning dolzarb muammolari
O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI · Tojiboyeva Sevaraxon Xayrullayevna
Наука и инновации · 2012
Аннотация
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya fanini o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishda Abu Ali ibn Sino ta’limotlaridan foydalanish zaruriyati ta’kidlab o‘tilgan. O‘quvchilarni mutafakkir ta’limoti asosida o‘qitishda, muammolarni aniqlash va tahlil qilish xususiyatlari pedagogik jihatdan yoritilgan. Kalit so‘zlar: biologiya fani, ta’lim berish, takomillashtirish, o‘qitish. Inson salomatligi kelajakni belgilashini inobatga olgan holda ta’lim mazmuniga milliy va umuminsoniy qadriyat g‘oyalarini singdirish asosida yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchi-yoshlarga ta’lim berish sifatini takomillashtirish, ularda inson salomatligi va tabiatga oid xavfni bartaraf etishga oid bilimlarini rivojlantirish ijtimoiy- iqtisodiy hayotdagi faolligini ta’minlovchi asosiy omillardir. O‘quvchilarning biologiya fanlariga qiziqishini orttirishda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino ta’limotlaridan foydalanib o‘qitish metodikalarini takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda. Ta’limga bunday yondashuv, o‘quvchilarda bilim olish, tabiat va unga bo‘lgan munosabat madaniyatini rivolantirish imkoniyatini beradi. Xususan, 11-sinf o‘quvchilari uchun Biologiya fani darsligida qayd etilgan “Ekologiya va hayot” [3] deb nomlangan I bobiga tegishli 3-§. “Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari. Biogeotsenoz – biologik sistema” [3] mavzusidagi darsni yoritishda Abu Ali ibn Sino ta’limotlari 80 asosida takomillashtirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtai nazaridan yondashilgan “Taxliliy – ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib yechish” metodida o‘quvchilarni mavzu bo‘yicha fikrlashga va tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Jumladan, Mutafakkir Abu Ali ibn Sino ta’limotida “Biogeotsenoz” to‘g‘risida qaydlar bormi va uning darajasida kuzatiladigan eng muhim jarayonlar nima? – savoliga har bir o‘quvchining javobi sifatida, bir-birini takrorlamaydigan fikrlari tinglanadi (bildirilgan fikrlar doskaga yozib boriladi). Jumladan quyidagilar: Birinchi o‘quvchi: Biogeotsenoz tabiatning abiotik omillari hamda moddalar va energiya almashinuvi orqali uzviy bog‘langan. Ikkinchi o‘quvchi: Ma’lum bir hududda yashovchi tirik organizmlar jamoalarini o‘z ichiga oladi. Uchinchi o‘quvchi: Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” [1] asaridagi “an-nabot” (“O‘simliklar”) qismida o‘simliklarning turlari, paydo bo‘lishi, oziqlanishi, o‘simlik a’zolari va ularning vazifalari, ko‘payishi hamda o‘sish sharoitlari haqida yozadi [2]. To‘rtinchi o‘quvchi: Turlarning hayotini ta’minlovchi biomassani sintezlaydi. Beshinchi o‘quvchi: Turlar soni doimiyligini boshqaradi. Oltinchi o‘quvchi: Biosistemaning barqarorligini ta’minlovchi moddalar va energiya oqimi hisoblanadi. v.k.... O‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida auditoriyada sanab o‘tilgan fikrlardan eng muhimini ajratib olishadi va javoblarni individual yoki kichik guruhlar miqyosida umumlashtirishadi. Jumladan, Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-shifo” [1] asaridagi “an-nabot” (“O‘simliklar”) qismida o‘simliklarning turlari, paydo bo‘lishi, oziqlanishi, o‘simlik a’zolari va ularning vazifalari, ko‘payishi hamda o‘sish sharoitlari haqida yozadi. Biogeotsenoz turlarning hayotini ta’minlovchi biomassaning sintezlanishi; turlar soni doimiyligining boshqarilishi; biosistemaning barqarorligini ta’minlovchi moddalar va energiya oqimi hisoblanadi. Bunda birinchi o‘ringa qaysi bir omilni qo‘yish, qolganlarini ahamiyatiga ko‘ra tutgan o‘rinlari belgilanadi. O‘quvchilar nima sababdan aynan u yoki bu tushunchalarni birinchi, ikkinchi va hokazo o‘rinlarga qo‘yganlari sababini asoslab berishadi. O‘qituvchi javoblarga o‘z munosabatini bildirib, o‘quvchilarning javoblarini baholaydi. Yoki baholash jadvali tayyorlab, o‘quvchilar bilan birgalikda baholab chiqiladi. O‘quvchilarda dars jarayonida mavzu yuzasidan betakror fikrlarni topish va ishlab chiqish mahoratlarini rivojlantirishda “Paradokslar tanlovi” metodidan foydalanib fikrlar tanlovini o‘tkazishi ham maqsadga muvofiqdir. Ular: 1. Sizga g‘alati tuyulgan voqea, hodisa va narsalarga diqqat qiling. “Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari. Biogeotsenoz – biologik sistema” mavzusiga oid paradoksni quyidagicha tuzish mumkin. Birinchi misol: “Archazor o‘rmon”, “Yong‘oqzor o‘rmon”. Ikkinchi misol: Ariq bo‘ylari, dala-bog‘lar, sabzavot va ekinlar orasi. 2. Muammoni aniqlab, hamma uchun tushunarli dastlabki fikrni ifodalang. Birinchi misol: “Biogeotsenoz” Yer yuzining ma’lum hududidagi tirik organizmlar va atrof- muhitning tabiiy majmuasi hisoblanadi. Biogeotsenoz muayyan tushuncha bo‘lib, ularga tarkibidagi son jihatdan ko‘p uchraydigan turga qarab: “archazor o‘rmon”, “yong‘oqzor o‘rmon” kabi nom beriladi. Ikkinchi misol: Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” [1] asarining ikkinchi kitobidan: Ariq bo‘ylarida, dala-bog‘larda, sabzavot, ziravor ekinlari orasida o‘sib yotgan zubturum eski yo‘tal, yaralarni davolashda, oshqozon, me’da, o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklari, turli yiringli jarohatlarni davolashda benazir o‘simlik
Доказательный фрагмент
«Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya fanini o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishda Abu Ali ibn Sino ta’limotlaridan foydalanish zaruriyati ta’kidlab o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya fanini o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishda Abu Ali ibn Sino ta’limotlaridan foydalanish zaruriyati ta’kidlab o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- обучение, takomillashtirish, training, biological science, education, совершенствование, o‘qitish, биология, преподавание, ta’lim berish, improvement, biologiya fani
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026