К содержанию
РецензированоUZ2026

Nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tilida sohaviy (kasbiy) leksikani o‘rgatishning nazariy masalalariga doir

Сохибжон Мисиров (Наманганский государственный институт иностранных языков)

Наука и инновации · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada talabalarga ingliz tilida sohaviy (kasbiy) leksikani o‘rgatish, ingliz tilida kasbiy va sohaviy yo‘nalishlarda aktiv, passiv, real, vokabulyar va novokabulyar leksikasini o‘rgatishning metodik tahlili, ingliz tilida talabalarning sohaviy leksikasini o‘rgatish usullari muammolariga bag‘ishlanadi. 77 Kalit so‘zlar: sohaviy va kasbiy leksikani o‘rgatish, aktiv, passiv, real, potensial, vokabulyar va novokabulyar leksika turlari, kasbiy va sohaviy leksikani metodik tanlash, sohaviy leksikani o‘rgatish bosqichlari (taqdimot (presentation), mashq qilish (exercise) va qo‘llash (usage). Kirish. Jahonda mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hamkorligining kengayishi chet tillar, ayniqsa, ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyoj hamda intilishlarni kuchaytirmoqda. Rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim tizimida ingliz tilini jadallashtirilgan uslublarda o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda leksik kompetensiyani rivojlantirishga asoslangan o‘qitish usullarini yaratish va takomillashtirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Zamonaviy chet til o‘qitish metodikasida nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tili leksikasini o‘rgatish nutq faoliyati turlarini egallash vositasi sifatida talqin qilinadi. Ma’lumki, o‘qitish metodikasida o‘quv sharoitiga qarab faol (aktiv/reproduktiv) va nofaol (passiv/reseptiv) leksika tanlanadi. Talaba o‘z fikrini bayon etayotganida va o‘zgalar nutqida tushuniladigan lug‘at faol leksika deyiladi. Idrok etib tushunishga mo‘ljallangan leksika nofaol leksik minimum hisoblanadi. Ikkala leksika ham maxsus mashqlarda o‘zlashtiriladi. Har ikki faol va nofaol leksika talabaning real (ongida mavjud) leksikasini tashkil etadi. Talaba hali o‘rganmagan, unga notanish yangi leksika duch keladiki, o‘zbek yoki rus tilining ma’noviy va shakliy o‘xshashligi tufayli, uni bilib olishning ichki imkoniyati bor leksik birliklar potensial leksika deyiladi. Potensial leksikani og‘zaki (audiomatnda) yoki yozma (grafik matnda) taqdim etilishi orqaligina bilib olish mumkin. Talaba matnni idrok etganda, so‘z ma’nosini mustaqil fahmlab yetsa, ushbu so‘z potensial leksika sanaladi. O‘rganilgan real va potensial leksika talabalarning vokabulyar leksikasi deyiladi. Ulardan tashqari novokabulyar leksika ham mavjud. Matn mazmunida bir marta qo‘llanib, boshqa mashqlarda ataylab mustahkamlanmaydigan ayrim so‘zlar novokabulyar leksika deyiladi. Vokabulyar leksika nutqda uch guruh birliklarga ajratib o‘rganiladi: oson, nisbatan qiyin va eng qiyin so‘zlar. Birinchisiga, potensial leksika kiradi, ular nisbatan oson o‘zlashtiriladi. Talaba to‘plagan til tajribasi ko‘lami o‘rganishda qo‘l keladi. Ingliz tili o‘qitishda potensial leksika hosil bo‘lishi va qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga tasniflanadi: 1) shakli, qo‘llanishi va ma’nosi ingliz, o‘zbek va rus tillarida o‘xshash so‘zlar (sport - sport; football - futbol); 2) shakli va ma’nosi rus va ingliz tillarida o‘xshash so‘zlar (literature - literatura; culture - kultura, history - istoriya); 3) ingliz tili konversiyasi usulidagi so‘zlar (work - ishlamoq; ish; far - uzoq; uzoqda; on - ustida; -da); 4) qismlari oldin o‘rganilgan talabaga tanish qo‘shma so‘zlar (shoolboy, homework); 5) o‘zak va affiks qismlari tanish yasama so‘zlar (work+er; difficult+y, 6) to‘liq shakli tanish qisqartma so‘zlar UK – the United Kindom; RU – the Republic of Uzbekistan; the USA – the United States of America. Ikkinchi turga o‘zbek va rus tillari tajribalariga suyanmay o‘rganiladigan vazifaviy (functional) va ma’noviy (semantic) jihatdan leksik xatolarga sabab bo‘lmaydigan so‘zlar kiradi. Masalan: kitob - book; yozmoq – write; choy - tea. Ushbu so‘zlarning ma’no doirasi ikkala tilda bir-biriga to‘g‘ri keladi. O‘rganishga ko‘maklashadigan tomoni ma’no doirasidagi umumiylikdir. Biroq ingliz tilining mazkur leksik qatlami nisbatan qiyin hisoblanadi. Eng qiyin leksik qatlam ma’noviy, vazifaviy va tuzilish jihatidan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan turdir. Uchala til bo‘yicha tajriba mutanosibligi jihatidan eng qiyin leksika quyidagicha tasniflanadi: 1) ko‘p ma’noli so‘zlar; 2) tarkibiy qismlari oldin o‘rganilmagan yasama so‘zlar; ,,soxta“ o‘xshash so‘zlar. Masalan, (magazine – jurnal; champion champions of peace - tinchlik tarafdorlari; 3) funksional yordamchi so‘zlar - predlog, artikl, ko‘makchi/yordamchi fe’llar. Tadqiqot metodologiyasi. Nofilologik yo‘nalishlara ingliz tili leksik kompetensiyasini rivojlantirish ko‘p ma’noli so‘zlarni taqdimot chog‘ida umumlashtirib berish ayrim ma’nolarni ajratib o‘rgatish ishidan o‘qituvchini xalos etadi. ,,Ko‘p ma’noli so‘zlarni umumlashtirib o‘rgatish usuli“ni o‘zbek tadqiqotchilaridan H.Soynazarov tadqiq etgan. Ushbu metodik g‘oyaga binoan fe’l shakllarini o‘rganishda ikki va undan ortiq misol keltirilgandan so‘ng yangi o‘rganilayotgan o‘xshash shakllar oldingilari asosidagi qoidalarga tayanib, mustaq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada talabalarga ingliz tilida sohaviy (kasbiy) leksikani o‘rgatish, ingliz tilida kasbiy va sohaviy yo‘nalishlarda aktiv, passiv, real, vokabulyar va novokabulyar leksikasini o‘rgatishning metodik tahlili,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada talabalarga ingliz tilida sohaviy (kasbiy) leksikani o‘rgatish, ingliz tilida kasbiy va sohaviy yo‘nalishlarda aktiv, passiv, real, vokabulyar va novokabulyar leksikasini o‘rgatishning metodik tahlili,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
пассивной, активной, potential, этапы обучения профессиональной лексике (изложение, methodological selection of professional and occupational vocabulary, exercise, преподавание профессиональной и профессиональной лексики, Teaching professional and occupational vocabulary, real, passiv, sohaviy leksikani o‘rgatish bosqichlari (taqdimot (presentation), упражнение и применение) (употребление), vocabulary and new vocabulary, and usage)., реальной, потенциальной, vokabulyar va novokabulyar leksika turlari, passive, potensial, sohaviy va kasbiy leksikani o‘rgatish, mashq qilish (exercise) va qo‘llash (usage)., types of lexical units such as active, лексики и типов новолексической лексики, aktiv, методический подбор профессиональной и профессиональной лексики, stages of teaching professional vocabulary (presentation, kasbiy va sohaviy leksikani metodik tanlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники