К содержанию
РецензированоUZ2010

Zamonaviy ta'limni jismoniy tarbiya va sport vositasida takomillashtirish

Зулфия Декхкамбаева (TMC Institute)

Наука и инновации · 2010

Аннотация

Maqolada yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish zaruriyati, jismoniy tarbiya va sportning xususiyatlari masalalari tahlil etilgan. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga qaratilgan ustuvor vazifalarga oid fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: jismoniy tarbiya, sport, chidamlilik, epchillik, egiluvchanlik. 70 Mamlakatimiz yoshlarini har bir sohada qo‘llab-quvvatlovchi hamda ularning suyanchiga aylanuvchi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017 yil 30 iyun sanasida tashkil etildi hamda O‘zbekistonda 30 iyun “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi [1]. Shu bilan birga Prezidentimizning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surishlari yurtimizda yoshlarga ayniqsa ularning uyushmagan qatlamiga e’tibor davlat siyosati darajasida qaratilayotganligini yaqqol isbotidir. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi [2]. Jumladan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb qilishdir. Ushbu ustuvor vazifani bajarishda jismoniy tarbiya va sport alohida axamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya va sport inson tanasini chiniqtiribgina qolmay tanada ruhning tetikligini ta’minlaydi xamda imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi, inson vijdonini uyg‘otishda iymon- e’tiqodini butun qilishda, g‘ururli bo‘lishda, adolatsizlikka qarshi turishda va irodali bo‘lishga katta yordam beradi. Uning baquvvatligi o‘ziga ishonchni shakllantirish bilan birga adolatsizlikka qarshi kurashishga undaydi. Jismoniy tarbiya va sportning yuqoridagi xususiyatlarini inobatga olib, quyidagi takliflarni berishni ma’qul deb bildik: − mahalla fuqarolar yig‘inlari a’zolari shtat tarkibida oliy ma’lumotga ega jismoniy tarbiya va sport sohasi vakili ishlashini ta’minlash hamda o‘sha soha vakili boshchiligida tashabbuskor yoshlardan xamda faxriy sportchilardan iborat guruh tuzish; − guruh zimmasiga mahallalarda yoshlar qatlami orasida sport musobaqalarini tizimli o‘tkazishni xamda iste’dodli yoshlarni kashf qilishni, to‘y marosimlarimizda milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etishni va ommalashtirish vazifalarini yuklash; − yoshlar o‘rtasida maxallalar, sektorlar, tumanlararo va viloyat bosqichi musobaqalarini davomiy o‘tkazib borish; − MFY binolari oldida “Mahallamiz iftixorlari” nomli tasviriy oyna tashkil etib u yerda mahalladagi iqtidorli yoshlarni fotosuraftlarini o‘rnak sifatida ilib qo‘yish lozim. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda mutasaddi tashkilotlar, boshqarmalar, ta’lim muassasalari ayniqsa sektor rahbarlari ma’suliyat bilan o‘z nazoratiga olishlari ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zero yoshlar muammolarini umummilliy masala sifatida e’tiborga olinishi globallashuv davrining eng muhim talabidir. Zamonaviy ishlab chiqarish va hayot sharoitlari ancha darajada insonning harakatlanish faolligini kamaytirgan. Akademik A.I. Bergning ma’lumotlariga qaraganda (2000 yil) o‘tgan asrda mushak energiyasining ishlab chiqarishda sarflanishi 94 % ni, hozirgi paytda esa faqat 1 % ni tashkil etadi [4]. Harakatlarnig kamligi insonning salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish, ertalabki badantarbiya, jismoniy mashqlar tanaffuslari, sayrlar, sayyohlik gipodinamiyaning harakatga ochlik o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. AQShdagi Stenford universiteti mutaxassislarining tadqiqotlari buni tasdiqlaydi, amerikalik olimlar insonlarni jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga ishontiradigan ko‘plab fikrlarni keltiradilar. Jismoniy mashqlar asosli ravishda sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismidir, chunki jismoniy faolliksiz insonning nafaqat jismoniy, balki ruhiy ahvoli ancha yomonlashadi, insonning intellektual imkoniyatlari pasayadi [3]. Amerikalik mualliflar taklif etgan mashqlar tizimida ular mushaklarni maqsadli kuchaytirib ishlatish yoki biror jismoniy fazilatlarni (epchilik, chidamlilik, tezlik va hokazolar) maxsus rivojlantirishga doir biror alohidagi mashqlarni bermaydi. Sog‘lom turmush tarzini yuritish uchun, ularning fikricha, aerob mashqlar bajarilishi lozim. Aerob mashqlar – mushaklarning yirik guruhlarini ritmik ishlatuvchi mashqlar deyiladi. Ular jismoniy yuklar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmaydi, lekin to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishiga hamda uning ko‘proq iste’mol qilinishiga yordam berishi lozim. O‘rtacha kuchlanishli yuklar bilan yigirma minutdan kun ora yoki hech bo‘lmasa haftasiga uch marta shug‘ullansa, aerob mashqlarning istalgan turi yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi. Aerob mashqlarga piyoda yurish yoki sayrlarni, yugurish, joyida turib yugurish, suzish, konkida uchish, zinapoyada ko‘tarilish, eshkak eshish, skeytbordda, rolikli konkida uchish, raqs tushish, basketbol, tennis kiritiladi. Ko‘rib turganingizdek, bu mashqlarning barchasi hech qanday maxsus jismoniy malakalarni talab etmaydi. Ularning hammasi 71 o‘ziga xos, shug‘ullanuvchi uchun qiziqarli shaklda bajariladi. Tabi

Доказательный фрагмент

«Maqolada yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish zaruriyati, jismoniy tarbiya va sportning xususiyatlari masalalari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish zaruriyati, jismoniy tarbiya va sportning xususiyatlari masalalari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chidamlilik, гибкость, flexibility, выносливость, patience, Физическое воспитание, epchillik, jismoniy tarbiya, diligence, Physical education, egiluvchanlik, сила, спорт, sport, sports
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники